652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR
Soliq strategiyasi – davlatning keng miqyosdagi va uzoq
muddatga mo‘ljallangan soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari-
dir.
Soliq taktikasi – soliq strategiyasini amalga oshirishning joriy
davr uchun belgilangan chora-tadbirlaridan iborat bo‘lib, amaliyotda
asosan soliq tizimini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlash,
qonunchilik bazasiga o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish orqali
amalga oshiriladi.
Miqyosiga ko‘ra
ichki va
tashqi soliq siyosatini ajratib ko‘rsa-
tishimiz mumkin.
Soliq siyosatini faollashtirish maqsadida soliqlar harakati
chegarasini kengaytirish, ularni chuqur tahlil qilib borish va ilmiy
xulosalar asosida yangi soliqlar joriy etish talab etiladi. Bunda
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Soliq sohasidagi xato va kamchiliklari takrorlamaslik uchun
soliqqa tortish nazariyasi va amaliyotini puxta o‘rganish lozim
bo‘ladi.
2. Soliqqa tortish va undirish ishlarini arzonga tushirishni
unutmaslik kerak.
3. Soliq obyekti aniq, ixcham bo‘lishi va soliqni hisoblash
uchun to‘lovchilarga va soliqni tekshirish idoralariga oson va qulay
bo‘lishi zarur.
4. Byudjetga soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida tushishini rag‘bat-
lantirish maqsadida byudjetga ko‘p salmoqli soliq to‘lovchilarga
soliqdan ma’lum hissasini qoldirish ham maqsadga muvofiqdir.
Bunday chora-tadbirlar yig‘indisi soliqlar orqali bozor
iqtisodiyotini boshqarish imkoniyatini kengaytiradi va unga muvaf-
faqiyatli o‘tishga zamin tayyorlaydi.
Hozirgi davr soliq siyosati negizida mamlakatimizda amalga
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning barcha ustuvor tamoyillari
ko‘zda tutilgan. Soliq siyosati ana shu tamoyillardan kelib chiqqan
holda amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda soliq siyosati ikki
yo‘nalishga qaratilgan.