Birinchi yo‘nalish . Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq
siyosati. Bu yerda eng avvalo, korxonalarning bozor munosabatlari
sharoitidagi erkinligini hisobga olish zarur. Ya’ni ular tovar va xiz-
matlarga erkin baho begilaydilar, moliyaviy mustaqillikka egadirlar.
Shularni hisobga olib soliq siyosati yo‘nalishini belgilash lozim
bo‘ladi.
Ikkinchi yo‘nalish . Aholining turli ijtimoiy qatlamlariga
nisbatan soliq siyosatida turlicha yondoshish zarurligi. Nochor, kam
ta’minlangan oilalarga soliq imtiyozlarini keng joriy qilish, ko‘p
daromad oluvchi yoki nisbatan yengil daromad oluvchilarga esa
progressiv soliq stavkalarini qo‘llash maqsadga muvofiq.
5. Zamonaviy sharoitlarda tashqi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Har bir mamlakatda soliq yuridiksiyasini kengaytirish va uni
muhofaza etish, shuningdek, tovar, xizmat va kapitalni eksport
qiluvchilarga soliq imtiyozlari berish bilan bog‘liq tadbirlarning
umumiy yig‘indisi mamlakatning
tashqi soliq siyosati deyiladi.
Ushbu siyosatning qaysi tomonga yo‘nalishi muayyan vaziyatdan
kelib chiqadi. U byudjet daromadlarini oshirish nuqtai nazaridan yoki
eksportni qo‘llab-quvvatlash maqsadidan kelib chiqishi mumkin.
Ammo, shu narsani yoddan chiqarmaslik lozimki, bu sohada
manyovrlashtirish imkoniyatlari ancha chegaralangan: yuqorida
aytilganidek, hech bir mamlakat o‘z fuqarolari yoki kapitali uchun
boshqa mamlakatdan, mahalliy aholiga qo‘llanilayotgan soliqqa
tortishga nisbatan imtiyozliroq bo‘lgan tartibni talab qilishga haqli
emas. Xuddi shuningdek, hech bir mamlakat o‘z hududida faoliyat
yuritayotgan xorijiy fuqaro va shaxslarga, soliq yukini mahalliy
aholidan keskin farq qiluvchi nisbatlarda oshirishga haqli emas.
Bunday holatning yuz berishi, mazkur mamlakatning xorijiy
bozorlaridagi faoliyatiga nisbatan ham xuddi shunday chora-tadbirlar
qo‘llanilishiga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda halqaro miqyosda soliq siyosatini takomillash-
tirishga qaratilgan ikkita konsepsiya mavjud.