Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Soliq siri (Soliq kodeksi 29-modda)



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

Soliq siri (Soliq kodeksi 29-modda): 
Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq sirini tashkil etadi, quyidagilar 
bundan mustasno: 
1) hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan 
egasining roziligi bilan shunday foydalanish imkoni yaratilgan 
ma’lumotlar; 
2) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
3) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishlari va bu 
qoidabuzarliklar 
uchun 
javobgarlik choralari 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
4) soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladigan soliq rejimlari 
va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar sifatida hisobga 
qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar;


250 
5) to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari 
haqidagi ma’lumotlar; 
6) yuridik shaxsning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
7) xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar; 
8) moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va 
xarajatlar summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb 
etiladigan mutaxassislar va ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mum-
kin emas, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq to‘lovchining 
tijorat sirini (ishlab chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat 
organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan mutaxassisga yoki 
ekspertga ular o‘z majburiyatlarini bajarishi chog‘ida ma’lum bo‘lib 
qolgan axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga 
muvofiq boshqa davlatlarning soliq organlariga yoki boshqa tegishli 
organlariga soliq to‘lovchi to‘g‘risida so‘ralgan ma’lumotlarni 
taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi.
Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi 
ma’lumotlar maxsus saqlash va foydalanish rejimiga ega. 
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan 
mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega. 
Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan 
hujjatlarning yo‘qotilishi yoki bunday ma’lumotlarning oshkor 
etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Ushbu moddaning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
soliq qo‘mitasi tasarrufidagi, soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan tashkilotlar 
tomonidan 
olingan 
ma’lumotlarga, 
shuningdek, 
mazkur 
tashkilotlarning xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin