Kalit so‘zlar:
soliq ma’murchiligi, soliq organlari.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Soliq ma’murchiligining maqsad va
vazifalari, soliq ma’muriyatchiligi tizimini isloh qilishning asosiy
yo‘nalishlarini yoritish, soliq ma’muriyatchiligi organlarining
vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda soliq organlarining tarkibi,
tuzilishi va vakolatlarini tushuntirib berish.
O‘qitish vositalari:
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot ma-
teriallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar:
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va
shu kabilar.
O‘qitish usullari:
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanish-
tirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O‘qi-
tishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo‘llash: aqliy hujum,
taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo‘shimcha yoritish.
1. Soliq ma’murchiligi: maqsad va vazifalari
Jahon iqtisodiy rivojlanishida soliq sohasida turli xil fikrlar
mavjud bo‘lishi bilan birga, soliq ma’murchiligini xususida, uni
talqin etish xususida ham turli xil fikrlar mavjud. Iqtisodiy
adabiyotda soliq ma’murchiligining mohiyatini anglash bo‘yicha
bir-biridan
farqlanuvchi
qarashlar
mavjud.
Ingliz
olimi
O.Noginaning fikriga ko‘ra
18
, soliq ma’murchiligi soliqlarni undirish
_______________________
18
Миляков Н.В. Налоги и налогообложение: Учебник. — 7-е изд., перераб. и доп. — М.: ИНФРА-М, 2008.
- 520 с
239
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlar majmuidir. Boshqa bir guruh
iqtisodchilar, xususan, AQShlik olim A.Teyt
19
soliq ma’murchiligini
barcha soliqlarni minimal xarajat qilib maksimal darajada yig‘ib
olishga qaratilgan tadbirlarning yig‘indisi sifatida qaraydilar.
Ayrim mutaxassislar soliq ma’murchiligining ko‘rinishlaridan
biri soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog‘liq
faoliyatidir deb hisoblaydilar. Umuman olganda soliq ma’murchili-
gini soliq sferasida o‘ziga xos boshqarish mexanizmi sifatida ham
qarash mumkin. Shu sababli, soliq ma’murchiligining muhim
elementlaridan biri soliq nazorati hisoblanadi. O‘z navbatida soliq
nazorati soliqlar va yig‘imlarni byudjetga o‘z vaqtida va to‘liq
tushishini nazorat qilishni anglatadi.
Davlatning o‘z funksiyalarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli
bajarilishini ta’minlash maqsadida soliqlarning mavjud bo‘lishi va
ularning o‘z vaqtida hamda to‘liq miqdorda (belgilangan tasdiq
etilgan muddatlarda) undirilishini taqazo etadi. Shunga mos ravishda
bu narsa o‘z vaqtida undirilgan soliqlarning boshqa bir tomondan, o‘z
egasiga (davlatning ixtiyoriga) o‘z vaqtida (belgilangan va
tasdiqlangan muddatlarda) o‘tkazilishi lozimligini anglatadi.
Shuning uchun ham soliqlarni undirilishning zarurligi, soliqlarning
o‘z vaqtida belgilangan summalarda undirilishi, soliq summalarining
o‘z vaqtida byudjet ixtiyoriga o‘tkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
jarayonlarni alohida-alohida emas balki, bir-biri bilan uzviy
bog‘liqlikdagi jarayon sifatida qaramoq lozim.
Har bir alohida olingan soliq to‘lovchi tomonidan to‘lanishi
lozim bo‘lgan soliqlarning ixtiyoriy yoki erkin shaklda bo‘lmasdan,
aksincha, aniq belgilangan shaklda bo‘lishi, soliqni to‘lash muddati,
to‘lash uslubi va to‘lov so‘mmasi soliq to‘lovchi va boshqalar uchun
tushunarli va aniq bo‘lishi kerak, har qanday soliqning, eng avvalo,
soliq to‘lovchiga to‘lash qulay bo‘lgan muddatda va uslubda
undirilishi lozimligi soliqlarning byudjetga o‘z vaqtida tushib
turishini ta’minlashning mohiyatini ochib berishda xizmat qiladi.
Soliq tizimiga asos sifatida olingan mumtoz tamoyllarining
___________________________
19
Никулкина И.В. Общая теория налогообложения: учеб.пособ. – М.: Эксмо, 2010. – 176 с
240
(adolatlilik, aniqlilik, qulaylilik, iqtisodlilik) oldiga ham, jumladan,
xuddi shunday vazifalar quyilgan.
Soliq ma’murchiligi – davlatning soliq sohasidagi qonun hujjat-
lariga amal qilinishi va soliq xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan soliq
munosabatlarini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv institutidir.
Dostları ilə paylaş: |