Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


 Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon banki va



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
3. Xalqaro moliya bilan bog‘liq munosabatlar. Jahon banki va 
Xalqaro valyuta fondi. 
Qat’iy belgilangan paritet tizimiga o‘tilgunga qadar, ya’ni oltin 
va oltin deviz standarti sharoitida barcha global xarakterga ega 
bo‘lgan moliyaviy muammolar xalqaro konferensiyalarda hal qilinar 
edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi 
ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish 
tamoyillarini ishlab chiquvchi va mamlakatlarga iqtisodiy muam-
molarni hal qilish uchun moliyaviy ko‘mak beruvchi organlar mav-
jud emas edi. 1944-yilda AQShdagi Bretton Vuds konferensiyasida 
Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
bankining (XTTB) tashkil etilishi xalqaro moliya va valyuta 
tizimining rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi. 
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot 
banki (International Bank for Reconstruction and Development) va 
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasini (International Development 
Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta 
tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi 
(International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash 
bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment 
Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish 


219 
markazini (International Center for Settlement of Investment 
Disputes) o‘z ichiga oladi
11

XTTBga a’zo bo‘ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo 
bo‘lishi talab etiladi. XTTBga a’zolik esa, o‘z navbatida, Jahon banki 
guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo bo‘lish uchun dastlabki 
shart-sharoitlardan hisoblanadi. 
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq 
uning maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi: 
– a’zo davlatlarning xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirishga 
ko‘maklashish; 
– kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning 
investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy 
investitsiyalarni rag‘batlantirish; 
– jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar 
to‘lov balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash. 
XTTBning faoliyati o‘rta daromadli va kreditga layoqatli 
rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish 
mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali qashshoqlikni qisqartirishga 
qaratilgan. 2018 -il 1-yanvar holatiga unga a’zo mamlakatlar soni 
195 tani tashkil etgan. 
XTTBning asosiy mablag‘lari hozirgi kunda o‘rta va uzoq 
muddatli qarz majburiyatlarini emissiya qilish orqali xalqaro moliya 
bozorlaridagi operatsiyalar hisobidan shakllanadi. XTTB qimmatli 
qog‘ozlari yuqori kredit reytingiga (AAA) ega bo‘lib, dunyoning 100 
dan ortiq mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari qarz 
oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni 
xalqaro darajada to‘lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda 
ajratiladi. 
XRA 1960-yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning sust 
rivojlangan, qashshoq davlatlariga moliyaviy ko‘mak beradi.
XRA Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq, uning 
maqsadi iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, samaradorlikni 
oshirish va shuning asosida, sust rivojlangan a’zo mamlakatlarda 
aholi turmush tarzini oshirish, shuningdek, ana’naviy kreditlarga 
_______________________________ 
11
Noeth, Bryan, and Rajdeep Sengupta, “Global European Banks and the FinancialCrisis,” 
Economic Research: 
Federal Reserve Bank of St. Louis Review 
94(6), November/December 2012, pp. 457–480. 


220 
nisbatan og‘ir bo‘lmagan qulay shartlarda moliyaviy ko‘mak berish 
hisoblanadi. 
XRA foizsiz kreditlar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga 
qaratilgan grantlar ajratish orqali qashshoqlikni qisqartirish, ijtimoiy 
tengsizlikni kamaytirish va aholi turmush tarzini oshirishni ko‘zda 
tutadi. XRA moliyaviy yordamlaridan aholi jon boshiga YaIM 
ko‘rsatkichi 1025 AQSh dollaridan (2019-moliyaviy yil uchun) kam 
bo‘lgan davlatlar foydalanishi mumkin. Hozirgi kunda 82 ta 
mamlakat XRA xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega. 
XRA kreditlarining qaytarish muddatlari 20, 35 va 40 yilni 
tashkil etadi, shundan dastlabki 10 yili imtiyozli davr hisoblanadi va 
bu davrda asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi. 
Ta’kidlash lozimki, XRA kreditlariga foiz to‘lanmaydi, biroq xizmat 
ko‘rsatish uchun kam miqdordagi (hozirda ajratilgan kredit 
summaning 0,75 foizi) xarajatlar qarz oluvchi tomonidan qoplanadi. 
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 1956-yilda tashkil 
etilgan bo‘lib, uning bosh maqsadi rivojlanayotgan davlatlarda 
xususiy sektor investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy 
o‘sishni rag‘batlantirish hisoblanadi. 
XMK 
hukumat 
kafolatini 
talab 
qilmagani 
bois, 
benefisiarlarining kreditga layoqatliligini sinchkovlik bilan tahlil 
qiladi. Shuningdek, XMK kreditlarining moliyaviy shartlari, XTTB 
va XRA bilan taqqoslaganda, sezilarli darajada og‘ir hisoblanadi. 
XMK kreditlarining katta qismi 7-12 yil muddatga qat’iy va suzuvchi 
stavkalarda turli valyutalarda ajratiladi. 
Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik 
(MIGA) 1988-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Jahon banki guruhining 
eng yosh a’zosi hisoblanadi. Bu tashkilotning bosh maqsadi – 
notijorat 
(siyosiy) 
risklarga 
qarshi 
kafolat 
berish 
orqali 
rivojlanayotgan davlatlardagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarga 
ko‘maklashishdir. Bundan tashqari, u rivojlanayotgan davlatlar 
hukumatlariga xorijiy investitsiyalarga ko‘maklashish dasturlarini 
ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar beradi.
Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazi esa, 
davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni 


221 
mustahkamlash orqali investitsiya sohasidagi bahslarni hal qiladi va 
muvofiqlashtiradi. 
XVFning bosh maqsadi xalqaro valyuta tizimi, ya’ni 
mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlarning erkin ayirboshlanishiga 
xizmat qiladigan valyuta kurslari va xalqaro to‘lovlar tizimi 
barqarorligini ta’minlash hisoblanadi.
XVF kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, 
uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
– xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida 
maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut 
orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish; 
– xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini 
qo‘llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning 
yetarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning 
bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining 
samaradorligini oshirishga hissa qo‘shish; 
– a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama 
to‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga 
to‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor 
qilishga ko‘maklashish;
– a’zolarning umumiy resurslari hisobidan yetarlicha xavfsiz 
asosda mablag‘ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, 
va shuning asosida ularga to‘lov balansidagi nomuvofiqliklar 
(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan 
chora-tadbirlarsiz to‘g‘rilash imkonini berish; 
– yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar 
balanslaridagi nomuvofiqlik (muvozanatsizlik)larning davomiyligini 
qisqartirish va uning darajasini pasaytirish. 
XVFni tashkil etish mobaynida qat’iy belgilangan paritet 
tizimining tamoyillari shakllantirilgan bo‘lib, ularga valyutalarning 
oltin paritetiga muvofiq tarzda ularning rasmiy almashuv kursini 
o‘rnatish, a’zo mamlakatlar tomonidan almashuv kurslarining 
valyuta yo‘lakchasi doirasida bo‘lishini ta’minlanishi, oltinning 
jahon puli funksiyasini saqlanishi bilan birga, AQSh dollariga ushbu 
funksiyani bajaruvchi valyuta maqomining berilishi kabilarni kiritish 
mumkin.


222 
Bretton – Vuds tizimi tanazzulga uchragach, majburiy valyuta 
yo‘lakchalari bekor qilindi va valyuta kursining erkin suzish tizimiga 
o‘tildi. Shuningdek, oltin demonetizatsiya qilindi, ya’ni oltin 
standarti, halqaro hisob-kitoblarda va Markaziy bankning zahiralarini 
shakllantirishda oltindan majburiy foydalanish amaliyoti, AQSh 
dollarining oltinga erkin ayirboshlanishi bekor qilindi. Bundan 
tashqari, har bir mamlakat valyuta kursini rejimini mustaqil tanlash 
huquqiga ega bo‘ldi. Shunday bo‘lsada, XVF nizomiga muvofiq, a) 
mamlakatda moliyaviy va valyuta siyosati barqarorligini qo‘l-
lab-quvvatlash hamda Markaziy bank tomonidan valyuta kursining 
kuchli tebranishi yuz berganda intervensiyadan foydalanilishi; b) bir 
tomonlama ustunlikka ega bo‘lishga qaratilgan valyuta kursining 
manipulyatsiyasidan voz kechish; v) valyutani tartibga solish va 
valyuta kursi mexanizmida ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlar haqida 
XVFni zudlik bilan xabardor qilish; g) valyutalarni oltinga bog‘lab 
qo‘yish tartibidan voz kechish talab etiladi.
XVF bu taraqqiyot instituti emas, kelishuvlar moddasiga 
muvofiq, qashshoq mamlakatlarga infratuzilmani shakllantirish, 
ekport va boshqa sektorlarni diversifikatsiya qilish yoki ta’lim va 
sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish maqsadida kreditlar 
ajratmaydi.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo‘lsin, xoh u sust 
rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda halqaro 
to‘lovlarni amalga oshirish va zahiralarning muvofiq darajasini 
ta’minlash uchun yetarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, 
to‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun 
moliyviy yordam so‘rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF 
Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ravishda 
loyihalarni moliyalashtirmaydi. 
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga 
ajratish mumkin:
12
1. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin