2. Xalqaro moliya(ning) asoslari va rivojlanish tendensiyalari
Xalqaro moliya xalqaro moliya bozorlari, xalqaro bank
faoliyati, xalqaro korporatsiyalarning moliyasi, qimmatli qog‘ozlar
portfelini boshqarish va shular bilan bog‘liq munosabatlarni
o‘rganadi. Bundan tashqari, xalqaro moliya umumjahon darajasidagi
moliyaviy operatsiyalar va ularning o‘zaro aloqadorligi, yirik
industrial davlatlar, rivojlanayotgan yoki o‘tish davlatlarida ularning
qanday xususiyatlar kasb etishini va ulardagi doimiy o‘zgarishlarni
tushuntiradi.
“Xalqaro moliya”ga doir xorijiy adabiyotlarda xalqaro moliya
bozorlari va risklarni boshqarish, TNK va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
investitsiyalar, xalqaro qarz inqirozlariga asosiy urg‘u beriladi.
Shuningdek, xalqaro moliya doirasida dunyo mamlakatlarining
xalqaro moliya tizimidagi o‘rni, holati, tashqi moliyalashtirish
mexanizmi, rivojlanayotgan moliya bozorlarining xususiyatlari
ko‘rib chiqiladi.
XXI
asrning
boshlarida
milliy
xo‘jalik
aloqalarining
integratsiyalashuvi bilan, globalizatsiya jarayonlarining jadallashuvi
yuz berdi. Globalizatsiya natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy
qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda.
Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlar
yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy
iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funksional aloqalarini
tatbiq etilishiga olib kelmoqda.
214
Mamlakatlar hayotidagi globalizatsiya – iqtisodiy munosabat-
lardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo
va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon
bo‘lmoqda. Tashqi savdo aloqalari erkinlashtirilayotgan mamlakatlar
soni yil sayin ortib bormoqda.
Jahon iqtisodiy tarixida moliyaviy muhitining shakllanishiga
ta’sir etgan sezilarli o‘zgarishlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish
mumkin:
1) 1957-yili Londonda Britaniya hukumatining funt sterling
ustidan nazorat o‘rnatishiga javob tariqasida yevrodollar bozorining
yuzaga kelishi;
2) 1958-yilda dastlab, «Umumiy bozor» deb atalgan Yevropa
Iqtisodiy Hamkorligi (YeIH) – hozirgi Yevropa Ittifoqining (YeI)
tashkil topishi;
3) Amerika korporatsiyalari xorijiy faoliyatlarini kengaytirishga
intilishi (1950-yillardan boshlab). Jahon bozorida Yevropa va
Yaponiya korporatsiyalari faoliyatining sezilarli o‘sishi, shuningdek,
xalqaro
maydonda
Amerika
korporatsiyalari
bilan
ushbu
mamlakatlar o‘rtasida raqobatning kuchayishi;
4) O‘tgan asrning 60-yillarida Yaponiya iqtisodiyotini tez
sur’atlar bilan o‘sishi, uzoq Sharq biznes faoliyatida yangi
imkoniyatlarning ortishi;
5) 1971-1973-yillarda Brettonvud tizimini qulashiga olib
kelgan jahon moliya inqirozlari, valyutaning belgilangan kursi
tizimidan, suzuvchi valyuta kurslariga o‘tish;
6) 1971-1979-yillardagi birinchi va ikkinchi neft inqirozlari
jahon iqtisodiy tizimiga bosim o‘tkazishi. Ushbu sanalarda neft
eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) neft narxini sezilarli
darajada oshirshi;
7) Rivojlanayotgan
mamlakatlarning
1982-yilda
tashqi
qarzlarga xizmat ko‘rsatishi bilan bog‘liq jahon qarzdorlik
inqirozining boshlanishi;
8) 1980-yillarda Yaponiyaning xalqaro moliyaviy kuch va
jahon kapitalining manbasi sifatida yetakchi mamlakatga aylanishi;
9) 1987-yilda yettita mamlakatning (“Katta yettilik”) Parijda
Luvr bitimini imzolashi. Ular o‘z valyuta kurslarining dollarga
215
nisbatan tor tebranish doirasida sun’iy ravishda almashtirish orqali,
kuchsizlanib borayotgan dollarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtir-
dilar. Shuningdek, ushbu mamlakatlar kelishilgan iqtisodiy siyosat
yuritishni mo‘ljalladilar;
10) 1987-yilda YeI yagona Yevropa aktini qabul qilish orqali
1992-yilda yaxlit Yevropa bozorini tashkil qilishni rejalashtirilishi.
Bunda, mazkur tashkilotning G‘arbiy Yevropa moliyaviy va
iqtisodiy holatiga sezilarli ta’sir etishi kutildi;
11) 1989-1992-yillarda Sharqiy Yevropa mamlakatlari o‘z
siyosiy yo‘nalishlarini o‘zgartirishi. Ularning kommunistik dunyo
qarashdan ko‘p partiyaviylikka, markazdan rejalashtiriladigan
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, jahondagi siyosiy,
iqtisodiy va moliyaviy holatga chuqur ta’sir etdi;
12) 1992-yildan keyin yaxlit Yevropa bozorining yuzaga
kelishi, 1993-yil noyabr oyidan erkin savdo bo‘yicha Shimoliy
Amerika bitimining kuchga kirishi, 1993-yilda Osiyo tinch okeani
iqtisodiy hamkorligi konferensiyasi va boshqa jarayonlar, o‘tgan
asrning 90-yillarida hududiy rivojlanishni jadallashtirdi.
13) Yevropa Ittifoqining yagona valyutasi – Yevroning
muomalaga kiritilishi, xorijiy valyuta zahiralarining diversifikasiya
darajasi, valyutaviy bitimlar hajmi va ko‘lamiga sezilarli darajada
ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, yevrodagi hosilaviy moliyaviy vositalar
hajmi dunyoda yetakchi o‘rinni egalladi.
XXI asrda jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tarkibiy
tendensiyalar kuzatildi:
Birinchidan, xom ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati
rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabat-lardagi o‘zgarishlar.
Xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan
mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib,
ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom ashyo
yetkazib beruvchi mamlakatlar, xom ashyoni eksport qilib, olingan
valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalash-
tirganlar.
O‘tgan asrning 70-yillarida «Rim klubi» nomi bilan mashhur
G‘arbiy Yevropa olimlari «dunyo miqyosida tez orada tabiiy
216
resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi», deb bashorat qilgan
edilar.
Ushbu mulohazalarga asoslanib ko‘pgina xom ashyo yetkazib
beruvchi mamlakatlar xom ashyo sotish evaziga valyuta tushumini
oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo, sanoat
texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi, xom
ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi va natijada
xom ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga
asoslangan ishlab chiqarishdan, innovatsion, bilim va malakaga
asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi.
Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida
bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga
ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali mutaxassislarga talab pasayib
bordi. Axborot almashuvining osonligi – tadbirkorlik faoliyatini,
kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
Ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan foydalanish, bilimni va
yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish
samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun, inson
kapitaliga investitsiya qilish muhimligi ortdi
10
.
Uchinchidan, jahon savdosida xalqaro kapital harakatining
sezilarli darajada ortishi. Ushbu o‘zgarish xalqaro savdoga nisbatan
xalqaro kapital harakatining tez sur’atda o‘sishi bilan yuz berdi.
To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalar(TMK)ning qo‘shma
korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik
bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi.
TMKlar o‘zlarining tashkiliy, ishlab chiqarish va marketing
tizimlarini chet mamlakatlar hududlariga yoyib, shu yo‘l bilan tovar,
xizmat, kapital va texnologiyalarini ishlab chiqarishga jalb etib,
ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro harakatlarga ta’sir etdi.
Qo‘shma korxonalar xalqaro biznes integratsiyasining keng
tarqalgan shakliga aylandi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayon-
larida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur.
_____________________________________
10
Kodres, Laura E., “What Is Shadow Banking?”, Finance & Development 50(2), June 2013.
217
O‘tish davrini boshdan kechirayotgan mamlakatlarning jahon
bozoriga integratsiyalashuvi uzoq muddatli jarayon hisoblanadi.
Ba’zi milliy bozorlarning ochiq, ba’zilarining qattiq tartibga
solinadigan bo‘lgan hozirgi holati bilan, globallashuvning asosiy
tamoyillaridan bo‘lgan erkinlashuv, bir-biriga nomuvofiq bo‘lgan
ko‘rinishni hosil qilmoqda.
Xalqaro tovarlar, xizmatlar va kapitallar almashinuvining
erkinlashish an’anasi kengayayotgan bir paytda, har bir davlat
eksport va importni tartibga solishning ma’lum instrumentlarini
saqlab qolmoqdalar. Ularning asosiy maqsadi — tarkibiy qayta
qurish va inqiroz davrining qiyinchiliklarini yengib o‘tish, milliy
xavfsizlikni ta’minlash – takror ishlab chiqarish uzluksizligini
ta’minlovchi (energetika, transport, aloqa va h.k.) va mamlakat
mudofaa qobiliyati kabi strategik sohalarni moliyaviy ta’minlash,
shuningdek, savdo sheriklardan munosib imtiyozlar olish hamda
byudjet tushumlarini oshirishdan iborat bo‘lmoqda. Amaldagi
bunday proteksionizm fiskal muammolarni hal etishdan ko‘ra,
ko‘proq tarkibiy siyosat o‘tkazish vositasi hisoblanadi.
Hozirgi sharoitda nafaqat erkin savdo g‘oyasi (erkinlashuv) bilan
proteksionizm o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga chiqmoqda, balki
milliy xo‘jalikni jahon xo‘jaligiga kirish samarasini maksimal tarzda
ta’minlash maqsadida, xo‘jalikni tartibga solishning yuqoridagi ikki
instrumentining optimal aralashmasidan foydalanilmoqda. Bunday
aralashmaning shakl va nisbatlari, ma’lum vaqtdagi pragmatik
manfaatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
Halqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya bilan birga,
integratsiya jarayonlarining yana bir shakli – ma’lum geografik
joylashuvga asoslangan hududiy integrasiya yuz bermoqda.
O‘sib boruvchi globallashuv, hududiylashuv, iqtisodiyotning
transmilliylashuvi va integrasiya natijasida, eski – davlatlararo
tartibga solish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Mamlakatlar o‘rtasidagi
iqtisodiy aloqalar ikkiyoqlama munosabatlar chegarasidan chiqib,
ko‘pyoqlama tus olmoqda.
Ammo, «milliy xo‘jalik majmui», «mamlakatning milliy
iqtisodiy manfaatlari» tushunchalari o‘z ma’nosini saqlab qolmoqda.
218
Milliy xo‘jalik hamon ishlab chiqarish, almashuv, taqsimot va
iste’mol, shuningdek, iqtisodiy faoliyatning asosiy markazidir.
Har bir davlatning yillar davomida shakllangan o‘z tarixiy,
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanish xususiyatlari mavjud bo‘lib,
boshqa mamlakatlarning tajribalarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish,
yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan, iqtisodiy
rivojlanishning hamma uchun umumiy retseptlarini qo‘llash,
samarasiz va iqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi mumkin.
Umuman olganda, moliyaviy globallashuv sharoitida jahon
xo‘jaligiga integratsiyalashuvda rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or
tajribalariga tahliliy yondashish va ushbu tajribalarni milliy
xususiyatlar bilan eng optimal tarzda uyg‘unlashtirish maqsadga
muvofiq sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |