Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
Kalit so‘zlar:
iste’mol, pirovard, jamiyat va qarindoshlik.
Mashg‘ulotning maqsadi:
Iqtisodiy ma’noda uy xo‘jaliklari 
deganda qarindoshlik munosabatlari bilan bog‘langan va oilaviy 
iste’mol uchun birgalikda xo‘jalik yuritadigan shaxslar guruhi 
jarayonini yoritib berish. 
O‘qitish vositalari: 
yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot 
materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: 
darslik, o‘quv qo‘llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo‘llanma va 
shu kabilar
O‘qitish usullari: 
Talabalarni ma’ruza materiallari bilan 
tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob 
berish. O‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini 
qo‘llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni 
qo‘shimcha yoritish.
 
1. Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy 
xo‘jaliklari moliyasi va uning ta

rifi 
Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining 
ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari 
tizimida uy xo‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy 
jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan,
uy xo‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, 
tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi 
va xuddi shu asosda o‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy 
tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy 
xo‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar 
sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab 


201 
(aniqlab) beradi. Bir vaqtning o‘zida, uy xo‘jaliklari jamiyat yalpi 
daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni 
sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq 
to‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy 
fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o‘ynaydi. 
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan 
(kishilar to‘plamidan) iborat bo‘lgan institutsional birlikni ifodalash 
uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar 
Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar 
tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy 
xo‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) 
birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o‘zlarining daromadlari va 
boyliklarini to‘liq yoki qisman o‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim 
tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol 
mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan 
kishilarning katta bo‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi)
8

Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xo‘jaligi” 
atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga 
yo‘l qo‘yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo‘jaligi moliyasi” 
iborasining o‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari 
ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu 
munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq 
(farqlamoq) lozim. Eng avvalo, “uy xo‘jaligi” aniqlilik darajasining 
“oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega 
ekanligini qayd etib o‘tmoq lozim. Masalan, o‘zlarining o‘g‘illariga 
tegishli bo‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy 
xo‘jaligining a’zolari bo‘lsalar-da, uning oilasi bo‘la olmaydi. Xuddi 
shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo‘ja-
ligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kira olmaydi va h.k. 
Boshqacha aytganda, uy xo‘jaligi qarindosh bo‘lmaganlarni ham o‘z 
ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo‘lishi mumkin. 
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy 
xo‘jaligining 
iqtisodiy 
jihatdan 
aniqliligini 
(aniqlanishini) 
belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bo‘la olmaydi. Buning 
_______________________ 
8
Финансово-кредитный энциклопедический словарь / Под общ. Ред. А.Г.Грязновой. – М.: 2002. С. 299.


202 
ustiga, uy xo‘jaligining miqdoriy tarkibi ham o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgila-
nadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xo‘jalikni yuritayotgan 
shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning o‘zida, o‘zining 
iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) 
ham uy xo‘jaligi bo‘lib hisoblanishi mumkin. Uy xo‘jaligini xo‘jalik 
yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida 
ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim: 

birgalikda (bir joyda) yashash; 

umumiy byudjetning mavjudligi; 

iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish. 
Uy xo‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi 
hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xo‘jaliklarida iste’mol 
maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini 
shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) 
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir. Ana shuni 
e’tiborga olgan holda uy xo‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif 
berish mumkin. 
Uy xo‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish 
uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va 
foydalanishga 
tegishli 
(oid) 
bo‘lgan 
iqtisodiy 
(moliyaviy) 
munosabatlar majmuiga uy xo‘jaliklari moliyasi deyiladi . 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin