197
Majlisi davlat byudjeti loyihasiga ilova qilingan byudjet taqchilligini
hisobga olgan holda davlat byudjeti
loyihasining daromadlar va
xarajatlarining har qanday moddasini qaytadan ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan xarajatlar
moddasining oshirilishi boshqa xarajat moddalarining mos ravishda
qisqarishini ko‘zda tutishi yoki daromadlarining ortishiga asoslangan
bo‘lishi kerak. Xuddi shunday daromad
moddalarining qisqarishi
boshqa daromad moddalarining ortishini yoki ma’lum xarajatlarning
qisqarishini ko‘zda tutishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
davlat byudjeti
qonuni tasdiqlangandan so‘ng
uch kunlik muddat ichida
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga,
Toshkent
shahri va viloyatlar hokimiyatlariga ularning daromad va xarajatlari,
shuningdek, ularga respublika byudjeti tomonidan ajratiladigan
byudjet dotatsiya va subvensiyalarining hajmi to‘g‘risida ma’lumotni
beradi. Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jo‘qg‘ori
Kengesi va Toshkent shahri, viloyatlar xalq deputatlari kengashi ikki
haftalik muddatda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti
doirasida
o‘z
byudjetlarni
tasdiqlaydi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Jo‘qg‘ori Kengesi va Toshkent shahri,
viloyatlar
xalq deputatlari uch kunlik muddat ichida shahar va tumanlar
hokimiyatlar ular byudjetining daromad
va xarajatlari shuningdek,
yuqori turuvchi byudjetdan ularga ajratiladigan dotatsiya va
subvensiyalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazadi.
4. Tasdiqlangan daromad va xarajatlarning hajmi bo‘yicha
ma’lumot berish.
Davlat byudjeti haqidagi qonun qabul qilingandan
keyin, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
Vazirligi bir haftalik
muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi va Bojxona
qo'mitasini tasdiqlangan daromadlar hajmi bo‘yicha ma’lumotni
beradi. 10 kunlik muddat ichida Moliya vazirligi Respublika
byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarni belgilangan daromad
va xarajatlar hajmi bo‘yicha ma’lumotni beradi. Mahalliy darajadagi
korxona va tashkilotlarga byudjet daromad va xarajatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotni berish xuddi shu tarzda
bir haftalik muddat ichida
amalga oshiriladi.