Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

 
6. Byudjet jarayoni 
 
Byudjet jarayoni
– hukumat (moliyaviy) organlarining 
faoliyati: byudjetni tuzish, ko‘rib chiqish, nazorat qilish, qonun bilan 
tartibga solishlardir. Byudjetni tuzish va amalda bajarish ijro etuvchi 
hokimiyat tomonidan, uni tasdiqlash esa qonun chiqaruvchi organ 
tomonidan bajariladi. 
1. Davlat byudjeti loyihasini tayyorlash. 
Shaharlar va 
tumanlar hokimiyatlari (uning tarkibiga kiruvchilar) keyingi moliya 
yili uchun ko‘rsatilgan hududlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, Viloyatlar hokimiyati va Toshkent 
shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan byudjet loyihalarini 
kelishilgan muddatlarda (ammo yigirma beshinchi iyundan kechik-
masdan) yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim etadi. Qora-
qalpog‘iston Respublikasining vazirliklari va boshqarmalari
Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining bo‘lim va boshqar-
malari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Respublika 
byudjetidan, Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining 
byudjetidan mablag‘ oluvchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasining 
Moliya Vazirligiga, Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlari 
moliya bo‘limlariga kelgusi moliya yili uchun Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengisi, viloyatlar hokimiyati va Toshkent 
shahri hokimiyati qarorlari bilan aniqlangan muddatlarda (ammo 
birinchi iyundan kechikmasdan) o‘zlarining arizalarini topshiradilar. 


195 
Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengisi, 
viloyatlar hokimiyati va Toshkent shahri hokimiyati o‘z hududlari 
bo‘yicha byudjet loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan muddatlarda (ammo birinchi iyuldan kechikmasdan) 
taqdim etadilar. Vazirliklar va respublika byudjetidan moliyalashtirila-
digan byudjet mablag‘ini oluvchilar xuddi yuqoridagi ko‘rinishda o‘z 
arizalarini taqdim etadilar. Moliya vazirligi kerakli ma’lumotlarni va 
hujjatlarni talab qiladi va kelgusi moliya yili uchun joriy yilning 
birinchi oktyabrigacha davlat byudjetining loyihasini tuzadi. 

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin