188
kreditlaridan samarali foydalanishni nazorat qilish imkoniga ega
bo‘ladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
hukumati
uchun
ikkinchi
metodologiyaning katta ahamiyatga ega ekanligiga asosiy sabab
shundaki, hozirgi kunga qadar mamlakatimiz
iqtisodiyotiga jalb
qilingan kreditlarning 80 %dan ortiq qismi respublika hukumatiningi
kafolati asosida olingan kreditlardan iboratdir. Demak, ulardan
foydalanishda nazoratni kuchaytirish davlat byudjet defitsiti
oshishining oldini oladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan qayta qurishning
zarurligi yirik investitsion xarajatlarni talab qildi. Xususiy sektorga
mansub korxonalarning xorijiy investitsiyalarni
va investitsion
kreditlarni jalb qilish imkoniyati cheklangan sharoitda, davlat bosh
islohotchi sifatida xorijiy investitsiyalar
va kreditlarni jalb qilish
muammosining chuqurlashuviga yo‘l quymaydi. Bu esa o‘z
navbatida mamlakatimiz hukumatining xorijiy valyutadagi majbu-
riyatlarining ko‘payishiga olib keldi. Demak, byudjet defitsitining
iqtisodiyotni muvozanatlashtirishdagi roliga
baho berishda har bir
mamlakatning moliya-byudjet siyosatidan kelib chiqish lozim.
Byudjet defitsitining o‘sishi natijasida makroiqtisodiy ko‘rsatkich-
larida qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berganligini aniqlash lozim.
Masalan, davlat byudjet defitsitining yuqori darajada o‘sishi davlat
investitsiya xarajatlarining o‘sishi oqibatida yuzaga keladi. Bunday
sharoitda byudjet defitsitining iqtisodiyotga ta’sirini baholash uchun
iqtisodiy o‘sish suratidagi soliq tushumlaridagi o‘zgarishlarni va
ishsizlik
darajasini baholash lozim, chunki investision xarajatlar
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini
yaratish imkonini beradi. Ayni vaqtda
investitsiya xarajatlarini
samarasiz tarzda amalga oshirish byudjet defitsitining iqtisodiyotga
nisbatan salbiy ta’sirini yuzaga keltiradi. Xususan, davlat mablag‘lari
hisobiga moliyalashtirilgan investitsion loyihalarning o‘zini
oqlamasligi qilingan xarajatlarni tuliq kapitalga aylanishiga, hukumat
to‘lovlarining oshib ketishiga olib keladi. Buning oqibatida byudjet
defitsitini qoplash muammosi yanada chuqurlashadi va ko‘pchilik
hollarda hukumat defitsitni qoplashning inflyatsion manbalaridan
foydalanishga majbur bo‘ladi. Bunda byudjet defitsitining oshishi
189
hisobiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga
erishilsa, u holda
byudjet defitsiti faol shaklga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: