196
Kelgusi yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunning loyihasida:
1. Tavsiya etilayotgan assignovaniyani moliyalashtirish uchun
zarur bo‘ladigan, harakatdagi qonunchilikka to‘g‘ri
keladigan
daromadlar manbai, turi va hajmi ko‘rsatiladi;
2. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlarida ko‘zda
tutilgan, kelgusi moliya yilida byudjet mablag‘larini oluvchilarga
mablag‘ ajratishni ko‘zda tutuvchi assignovaniya;
3. Daromad va xarajatlar harakatdagi byudjet tasnifi tizimida
ko‘zda tutilgan holda kapital va joriy xarajatlarga bo‘lingan holda aks
ettiriladi;
4. Umumdavlat solig‘laridan Qoraqalpog‘iston Respublikasining
Respublika
byudjetiga,
Toshkent
shahri
va
viloyatlar
hokimiyatlarining byudjetiga ajratiladigan ajratmalar me’yori,
shuningdek,
daromadlar hajmi, dotatsiya va subvensiyalar bilan
birgalikda, va ko‘rsatilgan byudjetlarning xarajatlari;
5. Davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi byudjetlarning aylanma
kassa(naqd) hajmi aniqlanadi;
6.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining,
Qoraqalpogiston Respublikasining
Respublika byudjeti fondining,
Toshkent shahri va viloyatlar hokimiyatlarining ko‘zda tutilmagan
xarajatlarni qoplash uchun tuziladigan rezerv fondining hajmi
ko‘rsatiladi;
7. Davlat byudjeti taqchilligining yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan
hajmi va uni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi;
8. Davlat tomonidan beriladigan kreditlarning, davlatning tashqi
va ichki qarzlarining chegarasi ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining Raisi yoki
uning topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri
keyingi moliya yili uchun tuziladigan davlat byudjeti loyihasini
tayyorlash jarayonini koordinasiya va nazoratini amalga oshiradi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki
uning topshirig‘iga ko‘ra Moliya Vazirligi
birinchi noyabrdan
kechikmasdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga keyingi
moliya yili uchun byudjet loyihasini taqdim etadi.
Dostları ilə paylaş: