159
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq
qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga
oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog‘langan
holda ijro etishga imkon yaratib beradi.
Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va
umumdavlat soliqlaridan ajratmalar hisobiga shakllanadi. Respublika
va mahalliy byudjetlari o‘rtasidagi
munosabatlarni, bog‘liqlikni
yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlan-
tirish ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar
barham berishdan iborat. Bundan tashqari,
mahalliy byudjetlarga
tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning
progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini
takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan
bo‘lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu
sababli mahalliy byudjet faoliyatini
hamda mahalliy byudjet
daromadlari bazasini o‘rganib chiqish va tahlil qilish zarurdir.
Mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini mustahkamlashga oid
muammolarni hal qilishda va ularning hozirgi holatini tahlil qilishda
rivojlangan
davlatlar
tajribasiga
tayanib,
bu
tajribalarni
Respublikamizning mahalliy sharoitidan kelib chiqqan holda tadbiq
qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish muhimdir. Ushbu kurs ishi
loyihasida mahalliy byudjetlar daromadlarning amaldagi bo‘linish
tamoyillarini o‘rganish va mahalliy byudjetlarni tartibga solish
amaliyoti
yuzasidan
tegishli
takliflar
kiritish,
amaliyotda
qo‘llanilayotgan soliqlar, mahalliy byudjetga tushadigan soliqlar
turini kamaytirish asosida yangi soliq bazalarini yaratish yo‘llarni
aniqlash va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Byudjet daromadlarini
shakllantirishda mahalliy soliqlar
rolini oshirishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri sifatida ularning shu jarayondagi salmog‘ini
oshirish e’tirof etilgan va unga, bir tomondan, soliqqa tortish bazasini
kengaytirish va ikkinchi tomondan, tegishli mahalliy soliqlarning
stavkalarini o‘zgartirish orqali erishish ko‘zda tutilgan ekan,
to‘g‘risini aytganda, unga osonlikcha o‘z-o‘zidan erishib bo‘lmaydi.
Bu ancha murakkab bo‘lgan yo‘nalish hisoblanib,
uning
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, ko‘p jihatdan, byudjet va soliq
to‘lovchilar manfaatlarining mushtarakligiga bog‘liq. Ana shunday
160
mushtaraklilikka
erishilmas ekan, byudjet daromadlarini shakllan-
tirishda mahalliy soliqlar rolini oshirishning birinchi yo‘nalishi o‘z
samarasini ko‘zlanganidek bera olmaydi. Bunday sharoitda, albatta,
ushbu maqsadga erishishning boshqa yo‘nalishini qidirib topishga
ehtiyoj tug‘iladi. Bizning fikrimizcha, ana shunday yo‘nalishlardan
biri mahalliy soliqlarning undirish mexanizmini takomillashtirish
orqali ularning byudjet daromadlarini
shakllantirishdagi rolini
oshirish hisoblanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: