151
Chunki davlatning majburiyatlarini ko‘pgina qismi aholining
badavlat qismiga to‘g‘ri keladi. Davlatning ichki qarzlarini
qaytarilishi aholining kam ta’minlangan qismi “hisobidan” badavlat
aholi cho‘ntagiga tushishiga olib keladi va natijada badavlat aholi
yana badavlatroq bo‘ladi. Ikkinchidan, davlatning ichki qarzlarini
qaytarish yoki uni kamaytirish vositasi sifatida soliq stavkalarini
oshirilishi ishlab chiqarish rivojlantirishning iqtisodiy stimullariga
putur yetkazilishiga, yangi tavakkalchilikka asoslangan korxona-
larga, innovatsiyalarga mablag‘ yo‘naltirishning kamayishiga va
jamiyatda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Shu yo‘l bilan davlatning katta ichki qarzlarini to‘lash iqtisodiy
rivojlanishga putur yetkazishi mumkin. Uchinchidan, chet el
davlatlariga qarzlar bo‘yicha foizlarni yoki qarzning asosiy
summasini to‘lash, mamlakatning real mahsulotlarini ma’lum
qismini chet elga o‘tkazib berilishiga olib keladi. To‘rtinchidan,
davlat o‘zining qarzini real iqtisodiy yukini kelgusi avlodlar
zimmasiga o‘tkazishi mumkin. Bu esa davlatning tashqi qarzining
ko‘payishiga, mamlakatning xalqaro obro‘ining pasayishiga va
iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: