Axborot tizimlari



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/96
tarix11.10.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#154125
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96
G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023

Shaxsiy 
kompyuterlar.
Shaxsiy 
kompyuterlar 
(SHK) 
mikrokompyuterlar guruhiga taalluqli bo‘lib, lekin ular ommaviy 
tarqalganligi uchun alohida diqqatga sazovordir. SHK tatbiq etilishdagi 
ommaboplik va universallik talablarini bajarish uchun quyidagi 
sifatlaiga ega bo‘lishlari kerak: 
• narxning arzon bo‘lishi; 
• atrof-muhitga maxsus talabsiz alohida ishlata olishlik; 
• arxitekturasining moslashuvchanligi, boshqarishda, ilm-fanda, 
ta’limda, ro‘zg‘orda va boshqa turli sohaiarda tatbiq etilishiga uni 
moslashtirib beradi; 
• hech qanday maxsus tayyorgarchiliksiz foydalanuvchining 
operatsion tizimining va boshqa dasturiy ta’minotlarining do‘stonaligi 
(ishlata olishligi); 
• ishlashining yuqori ishonchliligi (birinchi buzulishgacha ishlash 
vaqti 5000 soatdan ko‘p). 
Shaxsiy 
kompyuterlar 
orasida 
birinchi 
navbatda 
IBM 
(International 
Business 
Machine 
Corporation) 
firmasining 
kompyuterlarini qayd qilib o‘tish kerak: 

IBM PC XT (Personal Computer extended Technology); 

IBM PC XT (Personal Computer Advanced Technology) 80286 
(16-raziyadli) mikroprotsessorlarida; 

IBM PS/2 8030 - PS/2 8080 (PS Personal System, 
quyidagilardan tashqari barchasi PS/2 8080, - 16- razryadli, PS/2 8080 
- 32- razryadli); 


25 

IBM PC AT 80386 va 80486 mikroprotsessorlarida (32 - 
razryadli); 

IBM PC AT Pentium mikroprotsessorda - Pentium 4 (64-
razryadli); 

IBM PC AT VLIW turidagi mikroprotsessorda: Itanium, 
Crusoe (64- razryadli); 

IBM PC AT Core (64-razryadli) mikroprotsessor oilasida. 
Amerikada quyidagi firm alar tomonidan ishlab chiqariladigan 
kompyuterlar ham keng tarqalgan va taniqli: Apple (Macintosh), 
Compaq Computer, Hewlett-Packard, Dell, DEC (Digital Equipment 
Corporation), shuningdek Angliya firmalari: Spectrum, Amstrad; 
Fratsiya: Micral; Italiya: Olivetti; Yaponiya. Toshiba, Matsushita 
(Panasonic) va Partner; 
Hozirgi vaqtda eng ko‘p tarqalgan shaxsiy kompyuterlar IBM 
firmasining kompyuterlaridir, ularning birinchi modellari 1981-yili 
ishlab chiqarilgan va ularga o‘xshashini boshqa firmalar ham ishlab 
chiqargan. Lekin ular unchalik ko‘p tarqalmagan Apple (Macintosh) 
firmasi ishlab chiqargan kompyuterlari dunyoda tarqalganligi bo‘yicha 
2-o‘rinni egallaydi. 
Shaxsiy kompyuterlarni qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga 
ajratish mumkin. Avlodlar bo‘yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagi 
tartibda guruhlarga bo‘linadi: 
• 1-avlod 

8-bitli protsessorlar ishlatilgan; 
• 2-avlod 

16-bitli protsessorlar ishlatilgan; 
• 3-avlod 

32-bitli protsessorlar ishlatilgan, 
• 4-avlod 

64-bitli protsessorlar ishlatilgan. 

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin