Axborot tizimlari



Yüklə 3,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/96
tarix11.10.2023
ölçüsü3,4 Mb.
#154125
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
G.H.To\'rayueva, D.H.Fayziyeva AXBOROT TIZIMLARI (o\'quv qo\'llanma) 2023

Jadval-munosabat
relyatsion modellarning universal ob’ekti 
hisoblanadi. Bu relyatsion modeli turli MBBTlardagi ma’lumotlarini 
mosligini ta’minlash imkonini beradi. Relyatsion modellarni ishlash 
operatsiyalari munosabatlar algebrasi va relyatsion hisob-kitoblarning 
universal apparatidan foydalanishga asoslangan. 
Jadval
relyatsion model ma’lumotlari (ob’ekti)ning asosiy turi 
hisoblanadi. Jadvalning tuzilishi ustunlarning yig‘indisi bilan 
belgilanadi. Jadvalning har bir satrida tegishli ustunga mos keluvchi 
bittadan mazmun joylashgan bo‘ladi. Jadvalda ikkita bir xil satr bo‘lishi 
mumkin emas. Satrlarning umumiy soni chegaralanmagan. 
Ustun
ma’lumotlarining ba’zi tarkibiy qismi − atributga mos 
keladi. Atribut ma’lumotlarning eng oddiy tuzilmasidir. Jadvalda 
yuqorida ko‘rib o‘tilgan tarmoqli va ierarxik modellardagi kabi ko‘p 
tarkibiy qismlari guruh yoki takrorlanuvchi guruh kabilar belgilanishi 
mumkin emas. Jadvalning har bir ustinining ma’lumotlari tegishli 
tarkibiy qismi (atribut)ning nomiga ega bo‘lishi kerak. Ma’nosi jadval 
satriga teng bo‘lgan bir yoki bir nechta atributlar jadvalning kaliti 
hisoblanadi. 
Ma’lumotlar bazasini tuzishda relyatsion yondashuv munosa-
batlar nazariyasining terminologiyasi qo‘llaniladi. Eng oddiy ikki 
o‘lchamli jadval munosabat sifatida belgilanadi. Tegishli atribut 
mazmuniga ega bo‘lgan jadval ustini domen deyiladi. Turli atributlar 
mazmuniga ega bo‘lgan satrlar esa kortej deb ataladi. 
Relyatsion jadval-munosabati.
3.3-rasmda R relyatsion jadval 
munosabatining ko‘rinishi berilgan. R munosabat (relyatsion jadval) 
ning formal ta’rifi uning domenlari Di (ustunlari), kortejlari Ki (satrlari) 
haqidagi tushunchaga tayanadi. Ko‘plab domenlar{Di} belgilangan R 
munosabat deb, D1

D2

D3...... Dn domenlarini dekart (bevosita) 
ishlab chiqaruvchi ko‘plikka aytiladi. 


65 

munosabat 

{K1, 
K2..........} 
Atributlar (ustunlar) nomi 
Kortej K2 = {d12, d22, d32, 
d42, d52, d62} 
Domen D5 = {d51, d52, 
d53, d54,..} 

Yüklə 3,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin