Muhofaza muddatini uzaytirish – birlik mahsulot uchun zarur bo‘lgan TMZ
o‘zgarish koeffitsentini qoplash uchun zarur bo‘lgan muddat.
Nazorat - hisob nuqtasi – o‘ zi ishlab chiqargan yarimfabrikatlarning
nazoratini amalga oshirish va hisob yuritish bo‘yicha tugallanmagan mahsulotning
joyini aniqlash.
Progressiv xarajatlar – subektning ishbilarmonlik faoliyatiga nisbatan tezroq
o‘sadigan xarajatlar.
Relevant xarajatlar – muqobil boshqaruv qarorini qabul qilishni tanlashda
etiborga olinadigan xarajatlar. Zaxiralarni saqlash va buyurtmalarni bajarish bilan
bog‘liq kelgusidagi xarajatlar.
Samarali xarajatlar – tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun
sarflangan xarajatlardan olingan mahsulotlarni sotish natijasida daromad (foyda)
keltiradigan xarajatlar.
Samarasiz xarajatlar – ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lmagan ya’ni
ularning ta’sirida mahsulot ishlab chiqarmagan xarajatlar.
SBB (Strategik biznes-birlik – Strategic Business Unit) – xo‘jalik
yurituvchi subektning tashkiliy tarkibini mukammallashtirishga imkoniyat
yaratadigan konsepsiya. Bir biznes birligi uchun mustaqil strategiyani ishlab
chiqishni taqozo qiladi.
Segmentlar bo‘yicha hisobot – xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyatining ayrim
segmentlari (sexlar, bo‘limlar, ishlab chiqarish, sotish, ta’minot) bo‘yicha hisobot.
Standart kost (Standard Costs) – hamma xarajatlarni qattiq meyorlashtirgan
va mahsulotning standart (me’yoriy) tannarxini hisoblash imkoniyatini yaratadigan
kalkulatsiya qilish tizimi. Xarajatlarning sarflanishi jarayonida chetga chiqishlarni
nazorat qilish, mas’uliyat va xarajat markazlari, xarajat moddalari bo‘yicha
hisobga olish, chetga chiqishning sabablarini aniqlash maqsadida chuqur tahlil
qilish hamda nazoratni o‘rnatish imkoniyatini yaratadigan tizim. Hozirda
amaliyotda qo‘llanilayotgan meyoriy hisobga olish va tannarxni kalkulatsiya qilish
usuliga o‘xshaydi.