D. Q. Usmanova


 Hisob – kitob valyuta va boshqa schetlar bo‘yicha operatsiyalarni



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

4.3. Hisob – kitob valyuta va boshqa schetlar bo‘yicha operatsiyalarni 
hisobga olish 
YUridik shaxs sifati faoliyat ko‘rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo‘lgan 
korxonalar tijorat banklaridan birida o‘zlarining hisob–kitob schyotini ochadilar. 
Markaziy Bank yo‘riqnomasiga binoan korxona o‘zi tanlagan bankda pul 
mablag‘larini saqlash, barcha turdagi hisob-kitoblarni, kredit va kassa
operatsiyalarini amalga oshirish uchun so‘mda va talab qilib olgungacha valyuta
depozit schyotini ochishlari mumkin.
7
Talab qilib olgungacha bo‘lgan so‘mdagi 
depozit schyotlarini ochish uchun yuridik shaxs – rezidentlar bankka quyidagi 
hujjatlarni topshiradilar: 

yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaning 1 – ilovasida keltirilgan shaklda schyot 
ochish uchun ariza; 

statistika organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat 
ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning 
ko‘chirmasi; 

yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan 
notariusda tasdiqlangan ko‘chirma, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida hujjat: 

notariusda tasdiqlangan ko‘chirma yoki qonunchilikda belgilangan tartibda 
ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma. Davlat ro‘yxatidan 
o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat faqat mazkur obekt uchun qonunchilikda nazarda 
tutilgan bo‘lsa topshiriladi; 

soliq organida ro‘yxatdan o‘tganligi va idensifikatsiyalashgan soliq to‘lovchi 
raqami berilganligi to‘g‘risida notariusda tasdiqlangan guvohnoma ko‘chirmasi 
yoki shaxs soliq to‘lovchi subekt emasligi to‘g‘risida ma’lumot; 

imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka; 
7
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida yo‘riqnoma. O‘zR AV 
24.03.2017 y. 1948-12-son bilan ro‘yxatga olingan. 


99 

yuqorida aytib o‘tilgan yo‘riqnomada belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. 
Davlat korxonlari, aksioner jamiyatlari, qishloq xo‘jalik uyushmalari 
(shirkatlar), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, uyushmalar, birlashmalar, 
konsernlar, korporatsiyalar, qo‘shma korxonalar, xalqaro birlashmalar va boshqa 
korxonalar tomonidan talab qilib olguncha depozit schyotlarini ochish uchun zikr 
qilingan hujjatlarga qo‘shimcha qilib bankka yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaga 
binoan yana boshqa hujjatlar topshiradilar. 
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng bank xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha 
shartnoma imzolanadi va bank boshqaruvchisining buyrug‘i bilan korxonaga 
tegishli hisob–kitob schyoti raqami belgilanadi va bankning buxgalteriya apparati 
tomonidan pul mablag‘lari harakatini hisobga olish uchun shaxsiy schyot ochiladi. 
Boshqa shahar yoki aholi punktlarida joylashgan xo‘jalik hisobida bo‘lmagan 
filiallar, magazinlar, ishlab chiqarish birligi va boshqa bo‘linmalarga mahalliy 
bank muassasasida cheklangan operatsiyalarni aks ettirish uchun joriy schyot 
ochiladi. Bu cheklanish asosiy hisob–kitob schyotini idora qiluvchi bosh korxona 
tomonidan belgilanadi. 
Ochilgan hisob–kitob schyotida bo‘sh pul mablag‘lari va mahsulot (ish va 
xizmat) lar sotishdan tushgan pul, bankdan olingan uzoq va qisqa muddatli 
kreditlar hamda boshqa tushumlar saqlanadi. 
Hisob–kitob schyotidan korxonaning olingan materiallar, asosiy vositalar 
uchun mol yuboruvchiga to‘lanmalari, budjetdan, ijtimoiy sug‘urtadan bo‘lgan 
qarzni to‘lash, ish haqi berish uchun kassaga olingan pul va boshqa zaruriyatlar 
uchun to‘langan pul mablag‘lari aks ettiriladi. 
Odatda bank tomonidan har qanday pul o‘tkazib berish yoki naqd pul berish 
korxona yoki hisob–kitob schyotini tasarruf etuvchining buyrug‘i yoki u bilan 
kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Lekin 
bank 
quyidagi 
hollarda 
korxona 
roziligini 
olmay 
boshqa 
tashkilotlarning hujjatlari bo‘yicha uning hisob–kitob schyotidan pulni majburiy 
o‘tkazib beradi: moliya va soliq organlarining buyrug‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq 
va yig‘imlar, shuningdek ular bo‘yicha jarima va boqimandalar summasini; 


100 
qondirilgan da’volar summasini – ijro varaqalari, xo‘jalik sudining bo‘yrug‘i 
bo‘yicha; kreditdan foydalanganligi uchun foiz summasini, muddatida to‘lanmagan 
kredit summasini; bank tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar summasini. 
YUridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida etarli darajada pul 
mablag‘lari bo‘lsa, pul o‘tkazib berish uning buyrug‘i yoki boshqa to‘lov hujjatlari 
bilan amalga oshiriladi. 
YUridik shaxsning talab qilib olguncha depozit schyotida pul mablag‘lari 
etarli bo‘lmasa, amaldagi yo‘riqnomaga binoan birinchi navbatda budjetga, 
pensiya fondiga va ish haqiga to‘lashni nazarda tutuvchi hujjatlar bo‘yicha 
mutanosib to‘lanadi.
8
YUridik shaxsning bankdagi schyotiga bo‘lgan boshqa barcha to‘lanmalar 
yuqorida ko‘rsatilgan talablar qondirilgandan so‘ng to‘lanadi. Hisob–kitob 
schyotida sodir bo‘ladigan pul mablag‘lar harakati (pulni qabul qilish va berish 
yoki naqd pulsiz kirim va chiqim) bank tomonidan chiqarilgan mahsus hujjatlar 
shakllariga asosan rasmiylashtiriladi. 
Ularning kengroq tarqalganlari quyidagilar: naqd pul topshirish e’loni, pul 
cheki, hisoblashish cheki, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi. Pul to‘lash 
to‘g‘risidagi ushbu e’lon hisob-kitob schyotiga naqd pul o‘tkazishda yoziladi. 
Pulni qabul qilib olganligi to‘g‘risida bank pul to‘lovchiga isbotlovchi hujjat 
sifatida kvitansiya beradi. 
To‘lov topshirig‘i hisob–kitob schyotidan pul oluvchining schyotiga tegishli 
summani o‘tkazib berish to‘g‘risida bankka berilgan buyruq bo‘lib hisoblanadi. 
Turli mol yuboruvchi korxonalar, tashkilotlar, moliya organlari, sug‘urta va boshqa 
tashkilotlar pul oluvchilar bo‘lishi mumkin. Pul oluvchining hisob–kitob schyoti 
bankning qaysi filialida bo‘lishiga qarab to‘lov topshirig‘i ikki yoki uch nusxada 
yoziladi. SHahar ichidagi va shaharlararo hisoblashishlarda ham korxona 
tomonidan to‘lov topshirig‘ining yagona shakli qo‘llaniladi. 
8
O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
bank schetlaridan pul mablag‘larini chiqarish tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma. 1998 yil 12 fevral. 


101 
Bir vaqtning o‘zida bir necha tashkilotlarga pul o‘tkazib berilsa, korxona 
tomonidan topshiriqning mahsus yig‘ma shakli qo‘llaniladi. U bitta bank bo‘limi 
xizmat qiladigan bir necha pul oluvchilar uchun yozib beriladi. O‘tkazib 
beriladigan summaning jamiga bir marta imzo qo‘yilib muhr bosiladi. Bu hisob - 
kitob va boshqa schyotlar bo‘yicha operatsiyalarni rismiylashtirish jarayonini 
anchaga qisqartiradi. 
Hisoblashishning aksept shaklida jo‘natilgan mahsulotlar uchun mol 
yuboruvchilar to‘lov talabnoma–topshiriq yozadi. 
Bank belgilangan vaqtda korxonaga uning hisob–kitob schyotidan tegishli 
dastlabki hujjatlarni ilova qilib ko‘chirma berib turadi. 
Hisob–kitob schyotining ko‘chirmasida mablag‘larning qoldig‘i va hisob–
kitob schyotiga kirim kreditiga yoziladi, chunki bank korxonaning pulini saqlab 
o‘zini korxonadan qarzdor deb biladi, o‘zining qarzini kamayishi esa – Debetiga 
yoziladi. Buxgalter ko‘chirmani ishlab chiqishda bu xususiyatni esda tutib qoldiq 
va tushum hisob–kitob schyotining debetiga, chiqimi esa – kreditiga yoziladi. 
Hisob-kitob schyotidan beriladigan ko‘chirma ma’lum ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘lib, yozuvlarni qisqartirish maqsadida ularning bir qismi kodlashtirilgan. 
Ko‘chirmani ishlab chiqayotgan buxgalter bu kodlar ma’nosini bilishi kerak. 
Ko‘chirmalar olingan kuni ular tekshiriladi va ishlab chiqiladi. Bunda barcha 
yozuvlar ilovada keltirilgan hujjatlar bilan solishtiriladi va xato yozuvlar bo‘lmasa 
bu hujjatlarga «Qayd etildi» degan shtamp qo‘yib o‘chiriladi. Tekshirilgan 
ko‘chirmaning har bir summasining to‘g‘risiga va hujjatlarga 5110 - «Hisob-kitob 
schyoti» bilan bog‘lanuvchi schyotlarning raqamlari qo‘yib chiqiladi. Bundan 
tashqari, hujjatlarga ko‘chirmada keltirilgan yozuvlarning tartib raqami yozib 
qo‘yiladi. Bularning hammasi pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish, hisob 
ishlarini avtomatlashtirish va hujjatlarni saqlash uchun kerak. 
Hisob-kitob schyotidan noto‘g‘ri chiqarilgan yoki unga xato o‘tkazilgan 
summalarni aniqlash maqsadida ular 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan 
schyotlar» schyotida hisobga olinadi, aniqlash va tegishli o‘zgarishlar kiritish 
uchun bankka xabar beriladi. To‘g‘rilangan summa bankning navbatdagi 


102 
ko‘chirmalarida aks ettiriladi, korxona buxgalteriya hisobida esa bu qarz 4860 - 
«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyotidan hisobdan chiqariladi. 
Ko‘chirmaga ilova qilingan xarajatlar hujjatda nizomga binoan qo‘shimcha xarajat 
elementlari va moddalarining raqamlari qo‘yiladi
9
Buning zaruriyati shundaki, 
ko‘p schyotlar bo‘yicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari bo‘yicha 
tashkil etiladi. Xarajat elementlari va moddalari bo‘yicha guruhlash ma’lumotnoma 
varaqalarida olib boriladi. Ular har oyda ishlab chiqarish bo‘linmalari bo‘yicha 
ochilib, tegishli jurnal-orderlar hujjatlar ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldiriladi. 
Hisob-kitob schyoti bo‘yicha sodir bo‘ladigan operatsiyalarni hisobga olish 
uchun korxonada 5110 - «Hisob-kitob schyoti» ochiladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, 
uning Debetida hisob-kitob schyotiga tushgan barcha tushumlar, kreditida esa - 
hisob-kitob schyotidan barcha sarflangan pul mablag‘lari aks ettiriladi. Bu 
schyotning Debet saldosi hisob-kitob schyotida pul mablag‘larining qolgan 
qoldig‘ini ko‘rsatadi. Bu schyotda boshqa aktiv schyotlar kabi kredit qoldiq 
bo‘lmaydi. 
5110- «Hisob-kitob schyoti» bo‘yicha operatsiyalar tekshirilgan bank 
ko‘chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan aks ettiriladi. 5110-
schyotning saldosi hisob-kitob schyotidan berilgan ko‘chirmada ko‘rsatilgan 
qoldiqqa teng kelishi shart. Bu schyot bo‘yicha analitik hisob bankning 
ko‘chirmalari bo‘yicha yuritiladi. Basharti korxonada boshqa hisob-kitob analitik 
schyoti bo‘lsa, operatsiyalar shu analitik hisob bo‘yicha yuritiladi. 
Buxgalteriya hisobi jurnal-orderlarda yuritilsa, 5110 - schyotning kredit 
oborotlari 2 - jurnal-orderida aks ettiriladi. 5110 - schyotning Debet oborotlari turli 
jurnal-orderlarga yoziladi va undan tashqari, 2-qaydnomaga yozib nazorat qilinadi. 
Bu registrlar tekshirilgan va ishlab chiqilgan bank ko‘chirmalariga asosan 
to‘ldiriladi. 
9
O‘zR VMsining «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarinining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida»gi Nizomi. 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori. 


103 
Hisob-kitob schyotidan olingan ko‘chirmada ko‘rsatilgan bir xildagi 
bog‘lanuvchi schyotlarning summalari 2–jurnal-order va 2–qaydnomaga jamlab 
yoziladi. 
2 - jurnal-order va 2 - qaydnomani yuritish bir oyga mo‘ljallanganligi uchun 
bankdan olingan har bir ko‘chirma ma’lumotlari bir qatorga yoziladi. Demak, 2 -
jurnal-order va 2 - qaydnomada band qilingan qatorlar soni shu davr ichida 
bankdan olingan ko‘chirmalar soniga teng bo‘lishi kerak. Registrlarda summalar 
5110-schyotning Debeti va krediti bilan korrespondentlashgan schyotlar bo‘yicha 
yoziladi. bir hisobot (kun, oy) davriga bunday ko‘rsatkichlarning mavjudligi 
buxgalteriya xodimlariga korxona hisob-kitob schyotiga pul mablag‘larining kelib 
tushish manbalarini tahlil qilish, maqsadli foydalanilishini, tasdiqlangan moliyaviy 
to‘lanmalar kalendar grafigiga binoan budjetga va boshqa organlarga mablag‘ 
o‘tkazilishi ustidan nazorat qilish imkoniyatini beradi. 
Xorijiy valyuta dagi pul mablag‘larini va xorijiy valyuta operatsiyalarini har 
bir korxona amalga oshirishi mumkin. Xorijiy valyuta operatsiyalarini 
rasmiylashtirish uchun bankda valyuta joriy schyotini ochish kerak. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga 
oshirishga ruxsat (litsenziya) berilgan banklarda valyuta schyoti ochish mumkin. 
Bunday litsenziya olgan banklarni vakillik banklari deyiladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining vaqti-vaqti bilan chop etiladigan byulletenida 
keltirilgan xorijiy valyutalarda schyotlar ochish mumkin. 
Valyuta schyotini ochish uchun bank quyidagi hujjatlarni talab qiladi: 

valyuta schyotini ochish to‘g‘risida ariza; 

ta’sis hujjatlar ko‘chirmasi (notariusda yoki ro‘yxatga oluvchi organ 
tomonidan tasdiqlangan ustav, ta’sis shartnomalari); 

notariusda tasdiqlangan ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi hujjatlarning 
ko‘chirmasi; 

korxonani ro‘yxatdan o‘tgan joyidan soliq inspeksiyasi va pensiya fondida 
hisobga olinganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma; 

imzolar nusxalari qo‘yilgan va yumoloq muhr tushirilgan kartochka; 


104 

qo‘shma korxonalar va xorijiy firmalar qo‘shimcha qilib O‘zbekiston 
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan ularni xorijiy investitsiyali korxonalar 
reestriga kiritilganligi to‘g‘risida beriladigan guvohnoma topshiradilar. 
Valyuta schyoti ochilgandan so‘ng bank bilan korxona o‘rtasida hisoblashish-
kassa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Unda bankning 
ko‘rsatadigan xizmatlar ro‘yxati, xizmatlari uchun to‘lanadigan haq tariflari, 
mablag‘larni joylashtirish shartlari, tomonlarning huquq va burchlari va boshqalar 
ko‘rsatiladi. 
Amaldagi Nizomga binoan mulk shaklidan qat’iy nazar O‘zbekiston 
Respublikasi xududida xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi barcha 
xo‘jalik yuratuvchi subektlar 2001 yil 1 noyabrdan boshlab xorijiy valyuta dagi 
operatsiyalarni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirish tartibi belgilangan.
10
Xorijiy valyuta mablag‘lari, qiymatliklari va operatsiyalari xo‘jalik 
operatsiyalari sodir bo‘lgan sanaga Markaziy bank kursi bo‘yicha so‘m 
ekvivalentida aks ettiriladi. Jumladan quyidagilar bo‘yicha: a) kassadagi valyuta
mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar, valyuta ssuda 
qarzlari; b) xorijiy valyuta dagi debitor va kreditor qarzlar; v) tuzilgan 
shartnomalar bo‘yicha yuk boj deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import 
qilingan tovar-material qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi; g) bojxona 
to‘lovlarining amalga oshirilishi; d) xorijiy valyuta ko‘rinishidagi pulli hujjatlar; 
e) xorijiy valyuta dagi qimmatli qog‘ozlar. 
Xorijiy valyutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida operatsiya sodir 
bo‘lgan sanaga bo‘lgan Markaziy bank kursi bo‘yicha aks ettiriladi. 
Xorijiy valyutani sotish (sotib olish)da sodir bo‘ladigan kursdagi farq (ijobiy 
yoki salbiy) ijobiy bo‘lsa – 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotida, 
salbiy bo‘lsa – 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotida hisobga olinadi. 
10
O‘zR Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, makroekonomika va statistika Vazirligi va Markaziy bankning 119, 
2001-11, 34 va 205-8 sonli qarori bilan tasdiqlangan «Buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotda xorijiy 
valyutadagi operatsiyalarni aks ettirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomi. 2001 yil 7 noyabr 


105 
Xorijiy valyutaning sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks 
ettiriladi: 
a) valyuta schyotidan xorijiy valyutani Markaziy bank kursi bo‘yicha 
o‘tkazilishi: Dt 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti, Kt 
-5020 «Valyuta schyoti». 
b) Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani «Blokschyot» dan 
chiqarilishi: Dt 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi», 
Kt 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti. 
v) valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha sotilgan xorijiiy valyuta ning 
so‘m ekvivalentini hisob-kitob schyotiga o‘tkazilishi: D-t 5110 «Hisob-kitob 
schyoti», K-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» 
schyoti. 
g) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank 
kursidan ortig‘ini aks ettirilishi: D-t 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va 
boshqacha chiqib ketishi», K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan daromadlar» 
schyoti. 
d) Xorijiy valyutani sotishda hosil bo‘lgan salbiy kurs farqini (Markaziy bank 
kursidan kam) aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs farqlaridan zararlar», K-t 9220 
«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi» schyoti. 
O‘zining mahsulot (ish, xizmat)lari narxi (tariflari)ni xorijiy valyuta
ekvivalentida belgilaydigan xo‘jalik yurituvchi subektlar o‘zaro hisob-kitoblarni 
milliy valyuta -so‘mda olib boradilar. Xizmat ko‘rsatgan sanadan to‘lanmalarni 
tushgan sanasigacha markaziy bank kursining o‘zgarishi natijasida sodir 
bo‘ladigan farq moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat) sifatida 
xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy natijalariga olib boriladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subektlar har bir hisobot oyining oxirgi sanasiga 
balansning valyuta – moddalarini Markaziy bank kursi bo‘yicha qaytadan 
baholaydi va sodir bo‘lgan kurs farqlari ijobiy bo‘lsa 9540 «Kurs farqlaridan 
olingan daromadlar» schyotiga, salbiy bo‘lsa - 9620 «Kurs farqlaridan zararlar» 
schyotiga o‘tkaziladi. 


106 
Balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiritiladi: a) kassadagi, bankning 
depozit, ssuda schyotlaridagi, shu jumladan akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari; 
b) xorijiy valyutadagi pulli hujjatlar; v) xorijiy valyuta ko‘rinishidagi qisqa va 
uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar; g) xorijiy valyuta ko‘rinishidagi debitor va 
kreditor qarzlar, kreditlar va qarzlar 
Quyidagi qiymatliklar qaytadan baholanmaydi: a) xo‘jalik yurituvchi subekt 
tomonidan xorijiy valyutaga sotib olingan mulk (asosiy vositalar, nomoddiy 
aktivlar, tovar-material qiymatliklar, inventar va xo‘jalik jihozlari); b) xorijiy 
investitsiyali korxona ham qo‘shilgan holda, xo‘jalik yurituvchi subektning ustav 
kapitali hajmi va ta’sischilarning ulushlari. 
Oldindan yig‘ilib kelingan va har oygi balans valyuta moddalarini qayta 
baholashdan hosil bo‘lgan ijobiy va salbiy kurs farqlari tegishli «Kelgusi davrlar 
daromadlari» va «Kelgusi davrlar xarajatlari» schyotlarida aks ettirilib quyidagi 
tartibda moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga o‘tkaziladi: 
a) xorijiy valyuta debitor va kreditor qarzlar bo‘yicha ularning qaytarilishiga 
qarab; 
b) qolgan boshqa hollarda – balansning tegishli valyuta moddalari bilan 
xo‘jalik operatsiyalarini sodir bo‘lishiga qarab. 
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalariga o‘tkazilgan ijobiy kurs farqi 9540 
«Kurs farqlaridan olingan daromadlar» schyotining krediti bo‘yicha aks ettirilib 
daromad (foyda) solig‘iga tortiladigan bazani ko‘paytiradi, salbiy kurs farqi esa 
9620 «Kurs farqlaridan zararlar» schyotining Debetida aks ettirilib daromad 
(foyda) solig‘iga tortiladigan bazadan chegirib tashlanadi. 
YAlpi daromaddan soliq to‘lovchilar uchun kurs farqi qismida soliqqa tortish 
obekti bo‘lib «Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda va zarar» schyotining saldosi 
hisoblanadi. 
YAgona soliq to‘lovchilar uchun kurs farqi qismida soliqqa tortish obekti 
bo‘lib ijobiy kurs farqi hisoblanadi. Bunda yagona soliqni hisoblab chiqarishda 
salbiy kurs farqi soliqqa tortiladigan bazani kamaytirmaydi. 


107 
Korxona ustav kapitalining shakllanishida ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish sanasi bilan ustav kapitaliga mablag‘lar qo‘yilgan haqiqiy sanadagi 
Markaziy bank kurslari orasidagi farqi buxgalteriya hisobida qo‘shilgan kapital 
hisoblanib 8410 «Emission daromad» schyotida hisobga olinadi. 
Valyuta operatsiyalarini tartibga solish qonuniga binoan korxonalar vakolatli 
banklar orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 
tartib va maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi ichki valyuta bozoridan 
xorijiy valyuta sotib olishi mumkin. CHunonchi, safar xarajatlari uchun, 
shartnoma-kontrakt majburiyatlarining bajarilish operatsiyalari va boshqalar uchun 
xorijiy valyutalar sotib olishi mumkin.
Xorijiy valyutani sotib olish operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi 
yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi: valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha 
xorijiy valyutani sotib olish kuniga. 
a) Xorijiy valyutani sotib olish uchun hisob-kitob schyotidan so‘m 
ko‘rinishidagi mablag‘larni valyuta bozorida kelishilgan sotib olish kuniga 
bo‘lgan kurs bo‘yicha o‘tkazib berilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» 
schyotining «Tranzit» schyoti,
K-t 5110 «Hisob-kitob» schyoti. 
b) Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutaning valyuta schyotiga 
o‘tkazilishi: D-t 5210 «Valyuta schyoti», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» 
schyotining «Tranzit» schyoti. 
v) Xorijiy valyutani Markaziy bank kursidan past kursda sotib olish natijasida 
sodir bo‘lgan ijobiy kurs farqining aks ettirilishi: D-t 5530 «Boshqa maxsus 
schyotlar» schyotining «Tranzit» schyoti, K-t 9540 «Kurs farqlaridan olingan 
daromadlar» schyoti. 
g) Xorijiy valyutani Markaziy bank kursidan yuqori kursda sotib olish 
natijasida sodir bo‘lgan salbiy kurs farqining aks ettirilishi: D-t 9620 «Kurs 
farqlaridan zararlar», K-t 5530 «Boshqa maxsus schyotlar» schyotining «Tranzit» 
schyoti. 


108 
Xorijiy valyuta harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga 
valyuta schyotidan ko‘chirma berish yo‘li bilan xabar beradi. 5210 «Mamlakat 
ichidagi valyuta schyotlar»ni kredit oboroti 2/1 – jurnal-orderida aks ettiriladi. Bu 
schyotning Debet oboroti 2/1 qaydnomaini yuritish bilan nazorat qilinadi. Valyuta
schyoti bo‘yicha analitik hisob kartochkalarda valyuta larning nomlari bo‘yicha 
yuritiladi. 
YUridik shaxslar orasidagi hisob-kitoblar mahsulot (ish va xizmat) lar 
bo‘yicha sotuvchi va xaridorlar va faqat pul mablag‘larining harakati bilan bog‘liq 
bo‘lgan tovarsiz operatsiyalar (budjetdan, bankdan, ijtimoiy sug‘urta organlaridan 
bo‘lgan qarzlarni to‘lash) bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin. 
Tovar operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblar, ularning joylashgan joylariga 
qarab, shahar ichidagi va shaharlararo bo‘lishi mumkin. O‘zaro hisob-kitob 
munosabatlarining zaruriy sharti bo‘lib, vujudga keladigan o‘zaro majburiyatlar 
uchun pulni o‘z vaqtida o‘tkazib berish hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda korxonalarda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi: to‘lov 
topshiriqlari, to‘lov talabnoma-topshiriqlari, akkreditivlar va maxsus schyotlar, 
rejali to‘lovlar, aloqa vazirligi korxonalari orqali pul o‘tkazishlar, pul chek 
daftarchalari orqali amalga oshiriladi.
11
Mol sotib oluvchilar tomonidan material qiymatliklarni olgan vaqti bilan pul 
to‘lash vaqtidagi oraliqni qisqartirish, debitor va kreditor qarzlarning vujudga 
kelishi va yo‘ldagi tovar-material qiymatliklar qoldig‘ini ko‘payishiga barham 
berish maqsadida hisob-kitobning eng qulay shakllarini tanlab olish zarur. 
To‘lov topshiriqlari bilan hisob-kitoblar. To‘lov topshiriqnomasi - bu 
to‘lovchi mijozning bankdagi depozit hisobvarag‘idagi pul mablaqlarining ma’lum 
bir summasini boshqa mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazish haqida o‘ziga xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka bergan topshirig‘idir. To‘lov topshiriqnomasi 0505411002 
shakldagi maxsus blanka bo‘lib, to‘lovchi tomonidan rasmiylashtiriladi va
11
“O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi” Nizom. O‘zR AV tomonidan 13.12.2004 
yilda 1122-2-son bilan ro‘yxatga olingan (yangi tahriri). 


109 
quyidagi to‘lovlarni: tovarlar va xizmatlar uchun qisob-kitoblar; notovar 
operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblar; markaziy bankning meyoriy hujjatlarida 
ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bank kreditlari va unga hisoblangan foizlarni undirish 
uchun mablag‘larni o‘tkazishda; hukumat qarorlari va bank qoidalarida 
belgilangan hollardagi to‘lovlarini amalga oshirishda qo‘llaniladi. 
SHuningdek, transport va aloqa tashkilotlari, shuningdek zarur bo‘lgan 
hollarda olingan tovar va foydalanilgan xizmatlar bo‘yicha bir yo‘la hisob-kitoblar 
olib borish uchun bank tomonidan akseptlangan, ko‘rsatilgan summa oldindan 
bankda deponentlangan holda, to‘lov topshiriqlari qo‘llanilishi mumkin. 
Ish haqi va ayrim shaxslarga alimentlar summasi o‘tkazib berilganda aloqa 
bo‘limlari orqali pul o‘tkazish shaklidan foydalaniladi. Bunda oluvchilarni, 
ularning oladigan pulini, turar joylarini ko‘rsatib ro‘yxat tuziladi. O‘tkaziladigan 
pulning umumiy summasiga to‘lov topshirig‘i tuzilib ro‘yxat bilan birga bankka 
topshiriladi. Bankda bu hujjat akseptlanadi. 
Bank tomonidan akseptlangan to‘lov topshirig‘i ro‘yxat bilan birga pochta 
bo‘limiga o‘tkazib berilgan pulni rasmiylashtirish uchun topshiriladi. Pul o‘tkazib 
berish bo‘yicha pochta bo‘limining ko‘rsatgan xizmat xarajatlari topshiriq 
summasiga qo‘shiladi yoki pochtaga naqd pul bilan to‘lanadi. To‘lov topshirig‘i 
bilan pul o‘tkazib berilganda quyidagi yozuvlar beriladi: Dt 6410 «Budjetga 
to‘lovlar bo‘yicha qarz», Dt 6520 «Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar», Dt 
6990 «Boshqa majburiyatlar», Kt 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyotlari. 
To‘lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag‘ oluvchilarning 
belgilangan summani to‘lovchi bank orqali to‘lashi to‘g‘risidagi talabnomani o‘z 
ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To‘lov talabnomasi bo‘yicha hisob-kitoblar 
“aksept” shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi. 
Aksept shaklida hisoblashish asosida to‘lov talabnomasi-topshiriqlari bilan 
olib boriladigan hisob-kitoblar vujudga keladi. Ularning mohiyati quyidagilardan 
iborat: mol yuboruvchi molni jo‘natib mol sotib oluvchi nomiga to‘lov 
talabnomasini to‘ldirib unga jo‘natadi. Mol oluvchi (to‘lovchi) to‘lov 
talabnomasini olib uning ikkinchi qismi-to‘lov topshirig‘ini to‘ldiradi. SHu bilan 


110 
to‘lovchi o‘zining hisob-kitob schyotidan, mol yuborish yoki xizmat ko‘rsatish 
bo‘yicha mol yuboruvchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilganligi uchun 
ko‘rsatilgan summani o‘tkazib berish bo‘yicha bankka topshiriq beradi. O‘z 
navbatida bank to‘lovchining hisob-kitob schyotidan pulni chiqarib uni mol 
yuboruvchilar schyotiga o‘tkazib berish uchun hujjatlarni mol yuboruvchining 
bankiga jo‘natadi. 
To‘lovchi pul to‘lashni rad etish huquqiga ega. To‘lashni rad etish to‘liq va 
qisman bo‘lishi mumkin. To‘lashni to‘liq rad etish quyidagi hollarda sodir bo‘lishi 
mumkin: mol oluvchining roziligini olmay tovarlar muddatidan oldin kelib tushsa; 
tovarlarni komplekt emasligi va sifatsizligi hujjatlar bilan tasdiqlansa; tovarlarning 
narxlari to‘g‘risida kelishilmagan bo‘lsa; to‘langan tovarlar uchun yana qaytadan 
talabnoma taqdim etilsa. To‘lashni qisman rad etish quyidagi hollarda sodir 
bo‘lishi mumkin: buyurtilgan tovar bilan birga buyurtilmagan tovar kelib tushsa; 
schyotda ko‘rsatilgandan ortiqcha tovar kelib tushsa; past navli bo‘lsa; qisman 
tovarlar bo‘yicha narxlari kelishilmagan bo‘lsa; talabnomada arifmetik xatolar 
bo‘lsa; tovarlar kam kelsa. Istemol qilingan kommunal xizmatlari (gaz, suv), 
elektroenergiya, telefon bo‘yicha abonement to‘lovlari summalari to‘lovchining 
roziligisiz to‘lanadi. 
To‘lash rad etilsa, kelib tushgan tovarlarni mol oluvchi mas’uliyatli saqlashga 
qabul qilib 002-«Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy boyliklar» 
balansdan tashqari schyotida, mol yuboruvchidan boshqa joyga jo‘natish 
to‘g‘risida ko‘rsatma kelguncha, hisobga oladi. 
Tovarlarni jo‘natish va pul mablag‘larini hisob-kitob schyotlariga o‘tkazish 
bilan 
bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagicha 
rasmiylashtiriladi: tovarlar jo‘natilishi bilan mol yuboruvchida – D-t 4010 
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar», K-t 9010-«Tayyor 
mahsulotni sotishdan olingan daromad», 9020 -«Tovarlarni sotishdan olingan 
daromad», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» 
schyoti. 


111 
Mol yuboruvchining hisob-kitob schyotiga pul o‘tkazilganda: D-t 5110 
«Hisob-kitob schyoti», K-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan 
schyotlar» schyoti. 
Agar materiallar kelib tushganda mol oluvchilarda: D-t 1010 «Xom-ashyo va 
materiallar», K-t 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar» schyoti. 
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazilganda: D-t 6010 
«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar», K-t 5110 
«Hisob-kitob schyoti» schyoti. 
Akkreditiv - mijozning topshirig‘iga ko‘ra shartnoma bo‘yicha uning 
kontrogenti foydasiga berilayotgan bankining shartli pul majburiyatidir. Unga 
ko‘ra, akreditiv ochgan bank mahsulot etkazib beruvchiga to‘lovni bajarishi yoki 
boshqa banklar tomonidan akkreditivda ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim qilinganda 
va akkreditivning boshqa shartlari bajarilganda ularga bu to‘lovlarni bajarish uchun 
vakolat berishi mumkin. Akkreditiv so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli” 
degan ma’noni bildiradi.
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va uning amal 
qilish muddati to‘lovchi va mablag‘ni oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga 
asosan belgilanadi. SHartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim: bank-emitentning 
nomi; akkreditivning turi va uni bajarish usullari; akkreditiv ochilganligi 
to‘g‘risida mablag‘ oluvchini xabardor qilish usuli; akkreditivlar bo‘yicha 
mablag‘larni olish uchun mablag‘ oluvchi tomonidan taqdim qilinadigan 
xujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifnomasi; mahsulotlar yuklab 
jo‘natilgandan (bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat) keyin hujjatlarni taqdim 
qilish muddati, ularni rasmiylashtirishga doir talablar.
Akkreditiv shaklidagi hisob-kitob mol sotib oluvchilar uchun qulay emas, 
chunki hisob-kitob schyotidagi bo‘sh pul mablag‘larini tovar olmasdan turib 
chetga jalb qilib, akkreditivlar schyotiga o‘tkazib qo‘yishga majbur qiladi. Mol 
sotib oluvchi akkreditiv harakatini mol yuboruvchining bankida 15 kun muddati 


112 
(undan ortiqroq muddat ham bo‘lishi mumkin) bilan cheklab qo‘yganiga qaramay 
odatda pul mablag‘larini chetga jalb qilish bu muddatdan ikki-uch marta ko‘p. 
Akkreditiv summasidan qisman foydalanilgan hollarda, uning foydalanilmay 
qolgan qismi qaytarib hisob-kitob schyotiga topshiriladi. Hisob-kitobning bu shakli 
ayniqsa bozor munosabatlariga o‘tish davrida ishonarli bo‘lib hisoblanadi, chunki 
u mol yuboruvchilar o‘z vazifalarini bajarganlaridan so‘ng tezda pul olish 
imkoniyatini beradi. 
Korxona maxsus schyotni o‘z vakili orqali uzoq muddat ichida xo‘jalik 
faoliyatini qaysi ma’muriy xududda olib boradigan bo‘lsa, o‘sha joyning bankida 
ochadi. Mahsus schyot mazkur hududda yuborgan mahsuloti, bajargan ishi 
bo‘yicha mol yuboruvchilar va boshqa tashkilotlar va shaxslar bilan hisoblashish 
uchun foydalaniladi. Talablar faqat mol sotib oluvchining vakili tomonidan 
akseptlangandan so‘ng to‘lanadi. Bu schyotdan korxona vakiliga tovarlarni qabul 
qilish va jo‘natish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun naqd pul berilishi mumkin. 
Akkreditiv va maxsus schyotlar bo‘yicha hisob-kitoblar 5510 «Akkreditivlar» 
schyotida hisobga olinadi. Bu hisob-kitoblarning sintetik va analitik hisobi 
bankning ko‘chirmasiga asosan 3 – jurnal-orderda yuritiladi. 
Rejali to‘lovlar tartibidagi hisob-kitoblar korxonalar orasida muttasil tovar-
material qiymatliklar jo‘natilib yoki xizmatlar ko‘rsatilib (non magazinlariga non 
mahsulotlarini jo‘natish, kundalik iste’mol qilinadigan mahsulotni korxonalar 
omborida saqlash huquqiga ega bo‘lmay jo‘natib turish) turilganda amalga 
oshiriladi. 
Iste’molchi va mol yuboruvchi shartnomaga binoan har kuni to‘lab turiladigan 
mahsulot yoki xizmatlar qiymatining reja summasini belgilaydilar. Pul to‘lash 
to‘lov topshirig‘i yoki to‘lov talabnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
Hisob-kitoblar shartnomada belgilangan muddatlarda tartibga keltiriladi, ya’ni 
o‘tkazib berilgan summa haqiqiy olingan mahsulot yoki foydalanilgan xizmatlar 
qiymati (hajmi) bilan taqqoslanib farqi aniqlanadi. 
To‘langan summa kam chiqsa qo‘shimcha to‘lanadi, ortiqcha chiqsa, yoki mol 
sotib oluvchiga qaytarib beriladi yoki keyingi to‘lovlarda hisobga olinadi. Rejali 


113 
to‘lovlar orqali olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi mol yuboruvchining 
balansida 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» 
schyotining «Rejali to‘lovlar hisob-kitobi» analitik schyotida yuritiladi. Mol 
yuboruvchi o‘z vazifasini bajarsa bu analitik schyotni Debetlab 9010 «Tayyor 
mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar» schyotini kreditlaydi, jo‘natilgan 
mahsulotlar uchun pul kelib tushsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti 
debetlanib, 4010 – schyotning rejali to‘lovlar analitik schyotini kreditlaydi. 
Analitik hisob 7- qaydnomada har bir debitor bo‘yicha yuritilsa, sintetik hisob 11 – 
jurnal-orderda (krediti bo‘yicha oboroti) yuritiladi. 
Mol sotib oluvchining hisob-kitob schyoti holatidan qat’iy nazar pul o‘tkazib 
berishni kafolatlovchi muttasil hisob-kitoblarni olib borish zaruriyati tug‘ilganda 
hisoblashish cheklari qo‘llaniladi. Hisoblashish cheklar daftarchasida 10, 20, 25, 
50ta cheklar bo‘lib ular bank tomonidan beriladi. 
Limitlashtirilgan chek daftarchalari olti oygacha muddatga berilib, unda 
hisoblashish chek daftarchasidan o‘tkazib berilishi mumkin bo‘lgan summa 
ko‘rsatiladi. CHek, yozib berilgan kunni hisobga olmaganda, 10 kungacha o‘z 
kuchini yo‘qotmaydi. Oldindan elon qilingan limit summasi to‘lovchining hisob-
kitob schyotidan maxsus schyotga o‘tkazib qo‘yiladi, shuning uchun limitdan 
ortiqcha summaga yozib berilgan chek bekor qilinadi va bank tomonidan 
to‘lanmaydi. Limitlashtirilgan chek daftarchasi bo‘yicha summa 100 so‘mdan kam 
bo‘lmasligi kerak. 
Limitlashtirilmagan chek daftarchalari bir yil muddatiga berilib, ularni bergan 
bankning ssudasi bilan ta’minlanadi. Ular mablag‘larni maxsus schyotda oldindan 
deponentlashni talab qilmaydi. 
Hisoblashish cheklari olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning aniq 
summasiga yozib beriladi. Ularni bank hujjatlarini imzolash huquqiga ega bo‘lgan 
shaxslar yoki ishonch qog‘ozi bilan vakolat qilingan lavozimli shaxslar 
imzolaydilar. CHek daftarchasidan foydalanish muddati tugagach foydalanilmagan 
limit summasi daftarchani tasarruf etuvchining hisob-kitob schyotiga o‘tkaziladi. 
CHek daftarchasini tasarruf etuvchining iltimosiga ko‘ra daftarcha bo‘yicha 


114 
sarflash limiti ko‘paytirilishi mumkin. Korxonada chek daftarchalari qat’iy 
hisobot blankalari sifatida saqlanadi. 
Limitlashtirilgan chek daftarchalari bo‘yicha sodir bo‘ladigan operatsiyalar 
5520 «CHek daftarchalari» schyoti bo‘yicha 3 – jurnal-orderda yuritiladi. 
Korxonaning barcha yuridik va jismoniy shaxslar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblari, shuningdek ichki xo‘jalik hisoblashishlari to‘g‘risidagi axborotlarni 
hisobga olish va umumlashtirish uchun schyotlar rejasida quyidagi schyotlar 
ajratilgan: 6010 «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan 
schyotlar». Bu schyot mol yuboruvchi va pudratchilar bilan olingan tovar-material 
qiymatliklar, bajarilgan ish va foydalanilgan xizmatlar bo‘yicha olib boriladigan 
hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4310 «TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan 
bo‘naklar» schyoti moddiy qiymatliklar yoki bajariladigan ishlar uchun berilgan 
avanslar bo‘yicha hisob-kitoblar to‘g‘risidagi, shuningdek buyurtmachilardan 
olingan qisman tayyor bo‘lgan ishlarni to‘lash bo‘yicha axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti mol 
oluvchi va buyurtmachilar bilan jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmatlar) bo‘yicha 
olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
4860 «Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar» schyoti mol yuboruvchi, 
pudratchi, transport va boshqa tashkilotlarga taqdim etilgan da’volar bo‘yicha 
hisob-kitoblar, shuningdek ularga taqdim etilgan va tan olingan yoki hukm etilgan 
jarima, boqimanda, neustoykalar bo‘yicha axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar» schyoti moddiy 
qiymatliklarni etkazib berish uchun yoki bajariladigan ishlar uchun olingan 
avanslar bo‘yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayor 
bo‘lgan mahsulot va ishlarni to‘lash bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar 
to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 


115 
6510 «Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyoti korxona mulki va xodimlari 
sug‘urtasi bo‘yicha korxona sug‘urtachi bo‘lib hisoblangan hollarda olib 
boriladigan 
hisob-kitoblar to‘g‘risidagi 
axborotni umumlashtirish uchun 
tayinlangan. 
6520 «Maqsadli davlat jamg‘armariga to‘lovlar» schyoti maqsadli davlat 
fondlariga ajratmalar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan.
6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti korxona tomonidan 
to‘lanadigan soliqlar va shu korxona xodimlaridan olinadigan soliqlar bo‘yicha 
budjet bilan olib boriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
4200 «Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oladigan schyotlar» 
hisobotini keyinchalik topshirish yo‘li bilan ma’muriy - xo‘jalik va operatsion 
xarajatlari, shuningdek xizmat safarlari uchun berilgan summalar bo‘yicha korxona 
xodimlari 
bilan 
olib 
boriladigan 
hisob-kitoblar 
to‘g‘risidagi axborotni 
umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4700 «Boshqa operatsiyalar bo‘yicha xodimlar qarzlarini hisobga oluvchi» 
schyotlar mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar va hisobdor shaxslar bilan hisob-
kitoblardan tashqari, korxona xodimlari bilan olib boriladigan barcha hisob-
kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. 
4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi», 6610 
«To‘lanadigan dividendlar» va 6620 «CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari 
bo‘yicha qarz» schyotlari korxona ta’sis etuvchilari bilan olib boriladigan barcha 
turdagi 
hisob-kitoblar; 
korxona ustav 
kapitaliga 
qo‘yilmalar bo‘yicha, 
daromadlarni to‘lash bo‘yicha va boshqalar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish 
uchun tayinlangan. 
4800 «Turli debitorlik qarzlari» va 6900 «Turli kreditorlarga bo‘lgan 
majburiyatlar» schyotlarda yuqorida keltirilgan schyotlarda aytilmagan barcha 
operatsiyalar bo‘yicha debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan o‘zaro hisob-
kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan: tijorat 


116 
xarakteriga ega bo‘lmagan operatsiyalar bo‘yicha turli tashkilotlar, o‘quv yurtlari, 
ilmiy tashkilotlar va h. k. bilan; cheklar bilan to‘lanadigan transport 
tashkilotlarining xizmatlari uchun; mukofat va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar 
summasi bo‘yicha; sud organlarining ijro hujjatlari yoki xukumlariga asosan 
korxona xodimlari ish haqidan turli tashkilot va shaxslar foydasiga ushlangan 
summalar va boshqalar hisobga olinadi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin