148
10
Uzoq muddatli ijara shartnomasining muddati
tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan
asosiy vositalarning eskirishni hisobdan chiqarish
0299
0310
11
Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda
b) qiymati kamaytirilganda
8510
0211-0299
0211-0299
8510
12
Asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish,
ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli
ijaraga berish, kamomad
yoki buzilish natijasida
ularga haqiqatda hisoblangan eskirishni hisobdan
chiqarish
0211-0290
9210
5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya summasi
quyidagi usullardan birini qo‘llash yo‘li bilan hisoblanishi mumkin:
1) eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash;
2) eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab
chiqarish usuli);
3) ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli;
4) yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Eskirishni bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulining
mohiyati shundan
iboratki, asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqib,
ularning foydali xizmat qilish muddati davomida eskirish bir tekisda va teng
ulushlarda hisoblab boriladi. Ushbu usulga muvofiq,
asosiy vositalar obektining
amortizatsiyalanadigan qiymati uning foydali xizmat muddati davomida tegishli
xarajatlarga bir maromda (tekisda) olib boriladi (taqsimlanadi). Mazkur usul
bo‘yicha amortizatsiya qilish me’yorining miqdori foydali xizmat muddatining
davomiyligiga bog‘liq bir davr uchun amortizatsiya
ajratmasi summasi
amortizatsiyalanadigan qiymatini obekt foydalaniladigan hisobot davrlari soniga
bo‘lish yo‘li bilan hisob-kitob qilinadi.
Eskirish hisoblashning bir tekisda (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulida
amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalar obektining
149
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning tugatish
qiymatini ayirish orqali
va mazkur obektning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: