Masalan:
Kompyuterning boshlang‘ich qiymati 1100000 so‘m, uning
foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatuvchi) qiymati 100000 so‘m, foydali
xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya me’yori amortizatsiyalanadigan
qiymatning 20 % ni yoki 200000 so‘m ((1100000-100000)/5=200000) so‘mni
tashkil etadi.
Eskirishni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab
chiqarish usuli). Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli asosiy
vositalar obektining har bir konkret yildagi ishlab chiqarish hajmiga asoslanadi.
Mazkur usul bo‘yicha har yillik eskirish summasini hisoblab chiqish uchun
foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab
chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur.
Ishlab chiqarilgan mahsulot birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan
tonnakilometr miqdori va shunga o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida
qabul qilinishi mumkin.
Eskirishni
hisoblashning
ishlab
chiqarish
usulida
amortizatsiya
ajratmalarining yillik summasi hisobot davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)
hajmining tabiiy ko‘rsatkichi hamda asosiy vositalar obektining tugatish qiymati
chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu asosiy
vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab
chiqariladigan mahsulot (ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga
bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-
texnika taraqqiyoti kuchli tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishi
amortizatsiyani tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida keltirilgan ikkita
usul orqali hisoblanadi: ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib
boruvchi qoldiq usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli
bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash davrida aktivning amortizatsiyalanadigan
150
qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo‘yicha amortizatsiyani bir tekisda (to‘g‘ri
chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiya me’yori ikki
karraga oshirilib, mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq
qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib
boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda taxminiy baholangan
tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirib tashlanmaydi.
Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida
yillik amortizatsiya ajratmalari summasi asosiy vositalar obektining hisobot yili
boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obektning foydali xizmat muddatidan kelib
chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan amortizatsiya meyoriga asoslangan
holda aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga
teng edi. Mos holatda, to‘g‘ri chiziqli usulda yillik amortizatsiya me’yori 20 %
(100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali amortizatsiya me’yori bilan kamayib
boruvchi qoldiq usulida, amortizatsiya me’yori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi.
Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga
nisbatan ishlatiladi.
5.3-jadval
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
Amortizatsiya
ajratmalari
davri
Boshlang‘ich
(qayta tiklash)
qiymat
Amortizatsiyaning yillik
summasi
To‘plangan
amortizatsiya
Qoldiq
qiymati
1-yil oxiri
1 100 000
40% x 1100000= 440000
440 000
660 000
2-yil oxiri
1 100 000
40% x 660000= 264 000
704 000
396 000
3-yil oxiri
1 100000
40% x 396000=158 400
862 400
237 600
4-yil oxiri
1 100000
40% x 237600=95 040
957440
142 560
5-yil oxiri
1 100 000
(40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida")
100000-57440= 42560
1000 000
100 000
151
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun
amortizatsiya
me’yori amortizatsiya muddatining oxirigacha qoladigan
amortizatsiyalanadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush,
amortizatsiya ajratmalari tugashigacha qolgan to‘liq yillar raqami (soni)ni
amortizatsiya muddatini tashkil qiluvchi yillarning tartib raqami yig‘indisiga
bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik amortizatsiya ajratmalari
summasi asosiy vositalar obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob’ektning foydali xizmat
muddati yillari yig‘indisi va suratida obektning foydali xizmat muddati oxirigacha
qolayotgan yil soni (raqami) bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega
edi. Foydalanish yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni
tashkil etadi.
5.4-jadval
Kompyuter bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari
Amortizatsiya
ajratmalari davri
Amortizatsnya
kilingan kiymat
Amortizatsiyaning yillik
summasi
To‘plangan
amortizatsiya
1-yil oxiri
1000 000
(5/15x1000000)= 333333,3
333333,3
2-yil oxiri
1 000 000
(4/15x1000000)= 266666,7
600000,0
3-yil oxiri
1 000 000
(3/15x1000000)= 200000,0
800000,5
4-yil oxiri
1000 000
(2/15x1000000)= 133333,3
933333,3
5-yil oxiri
1000 000
(1/15x1000000)= 66666,7
1000000,0
Keyinchalik
har
bir
kasrni
1000000
so‘mga
teng
bo‘lgan
amortizatsiyalanadigan qiymatga ko‘paytirish yo‘li bilan har yilgi amortizatsiya
summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy
vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik
amortizatsiya me’yori belgilangan bo‘lib, ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.
|