5.6. Nomoddiy aktivlar tushunchasi va ularni hisobga olib borish
Mamlakatimizda ularni etirof qilish, baholash va buxgalteriya hisobi
tartiblarini qatiy belgilovchi asosiy hujjatlar 7-son buxgalteriya hisobi milliy
standarti hisoblanadi.
18
Nomodliy aktivlar buxgalteriya hisobining asosiy holatlari: etirof qilish payti,
qiymatini baholash va foydalanish muddatini aniqlash, amortizatsiya yani hisobga
olish, balans qiymatining boshqa o‘zgarishlarni hisobga olish va ularning so‘nggi
bahosi hamda ularning chiqishidan keyingi moliyaviy natijalarni aniqlash,
shuningdek korxonaning moliyaviy hisobotidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha
axborotlarni ochib berishdan iborat.
Nomoddiy aktivlar — mahsulot ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning
mulk obektlaridan foydalanish maqsadida, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish
yoki tovarlarni sotish yoxud uzoq muddat davomida mamuriy va boshqa
vazifalarni amalga oshirish uchun mol-mulki saqlab turilmaydigan mulklarning
Identifikatsiya qilingan obektlaridir.
18
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan 7-son "Nomoddiy aktivlar" Buxgalteriya
hisobi milliy standarti. 2005 yil 27 iyun
159
Nomoddiy aktivlarni aniqlash, aktiv xo‘jalik foydalanilgani va jismoniy
mazmunga ega bo‘lmaganini talab etadi. Jismoniy ma’noga ega bo‘lmagan
aktivlar, agar ularning egalik huquqini qo‘shgan va ular uzoq muddat davomida
foydalaniladigan hollarda nomoddiy aktivlarni aniqlashga javob beradilar.
SHartnomaviy va boshqa yuridik huquqlar vujudga kelishidan qatiy nazar.
Agar:
- aktiv bilan bog‘liq kelgusida iqtisodiy manfaatdorlik korxonaga kelishiga
ishonch mavjud bo‘lsa;
- aktiv qiymati aniq hisoblangan bo‘lsa nomodliy aktivlar aktiv sifatida tan
olinali.
Korxona kelgusida faqat quyidagilar mavjud bo‘lgan taqdirda nomoddiy aktiv
bilan bog‘liq hisoblangan iqtisodiy foydalar olishi mumkin:
- kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning ko‘payishi
aktivning qobiliyati, shuningdek, korxonaning aktivdan shu maqsadda foydalanish
borasidagi niyati isbotlansa;
- etarli rusurslar mavjud bo‘lsa, yoki korxona kelgusida kutgan iqtisodiy
foydani chiqarib olishi uchun ularning qulayligi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobining birligi inventar obekt hisoblanadi.
Nomoddiy aktivlarning inventar obekti bitta patent, guvohnoma, huquqiy yon
berish shartnomasi va boshqalardan kelib chiqadigan huquqlar majmuidan iborat.
Bir inventar obekt boshqasidan farq qilishining asosiy belgisi uning mahsulot
ishlab chiqarishdagi mustaqil vazifasini bajarishda, ishlarni bajarish yoki xizmat
ko‘rsatish yoxud korxonaning ma’muriy yoki boshqa vazifalari bajarilishida
foydalanishga xizmat qilishidan iborat,
Ikki yoki bir nechta korxonaning egaligida bo‘lgan nomoddiy aktivlarning
obekti umumiy egalikdagi uning ulushiga qarab har bir korxonaga nomoddiy
aktivlarning tarkibida aks etadi.
YUqorida qayd etilgan barcha shartlarga javob beruvchi quyidagi obektlarni
nomoddiy aktivlarga kiritish mumkin:
160
−
ixtiroga patent, sanoat namunasi, foydali modelga egalik qiluvchining qat’iy
huquqi;
−
EHM uchun dasturlar, malumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik yoki
boshqa qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;
−
integral mikrosxemalarning topologiyasiga bo‘lgan mualliflik yoki boshqa
qonuniy egalik qiluvchilarning qat’iy huquqi;
−
tovar va xizmat qilish belgisiga qonuniy egalik qiluvchining qatiy huquqi,
shuningdek, tovar ishlab chiqariladigan joy nomidan foydalanish huquqi;
−
patentga egalik qiluvchining seleksiya yutug‘iga bo‘lgan qat’iy huquqi;
−
gudvill;
−
tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni er osti va tabiiy muhitning
boshqa resurslari, geologiya va tabiiy muhit haqidagi boshqa axborotlar
singarilardan foydalanish huquqi;
−
mol-mulkdan foydalanish huquqi, ya’ni er uchastkasi, binolar va
boshqalardan foydalanish huquqi;
−
boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va
xizmat ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish kabilarga bo‘lgan
huquq).
SHu bilan birga, qati’y huquq — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faqat
egalik qilish huquqiga ega shaxs tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi
shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquqdir.
Nomoddiy aktivlar tarkibida, shuningdek tasis hujjatlariga muvofiq tan
olingan tashkiliy xarajatlar ham hisobga olinadi.
SHuni nazarda tutish kerakki, nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona ishchi
xodimlarining aqliy va ishchanlik sifatlari, ularning mehnatga bo‘lgan malakasi va
qobiliyati qo‘shilmaydi, chunki bu xususiyatlar o‘z egalaridan ajralmaydigan
xususiyat bo‘lib, ulardan foydalanilmaslik mumkin.
Nomoddiy aktivlarning eng ko‘p tarqalgan ko‘rinishlari litsenziyalar,
patentlar, mualliflik huquqi, kompyuter dasturi bilan taminlanganlik, import
kvotalari, nouxau, franchayz, savdo markalari, tashkiliy xarajatlar, gudvill va
161
boshqalardir. Quyida nomoddiy aktivlarning subektlar faoliyatida ko‘proq
uchraydigan ba’zi ko‘rinishlarning tavsiflari keltiriladi.
Patent — u yuridik tomondan ro‘yxatga olingan va tan olingan qati’y huquq.
Patent huquqi egalik qiluvchiga boshqa shaxslarning aralashmasligida patent tatbiq
etiladigan jarayon va faoliyat yuritishga hamda mahsulotlardan foydalanish, ishlab
chiqarish, sotish va nazorat qilishga imkon yaratadi.
Sanoat dizaynini ro‘yxatta olish. Sanoat dizaynini ro‘yxatga olish patentning
ishlab chiqarilgan mahsulotning shakli, namunasi yoki bezagiga nisbatan
qo‘llanilishiga o‘xshashdir. Patent faoliyatni himoya qilsa, sanoat dizaynini
ro‘yxatga olish mahsulotning tashqi ko‘rinishini himoya qiladi. Masalan, komputer
terminalining yangi dizayni dizaynni ro‘yxatga olish tomonidan himoya qilinadi,
yangi "Rentium IV" kompyuteri esa patent tomonidan himoya qilinadi.
Mualliflik huquqi — qonun tomonidan adabiyot asarlari, musiqa, tasviriy
san’at kabi ijodiy ishlarning mualliflariga qaratilgan himoya shakli. Mualliflik
huquqi egalariga ma’lum ekskluziv huquq, shu jumladan o‘z ishlarini nashr qilish,
qayta nashr qilish va ko‘paytirish, o‘z asarlarini sotish va nusxalarini tarqatish, ijro
etish va yozish huquqi beriladi.
Savdo markalari va savdo nomlari. Savdo markalari (masalan, "Nestle",
"Adidas") va (yoki) savdo nomlari (Coka-Cola) — bu kompaniyalarga, mahsulot
yoki xizmatlarga berilgan nomlar, belgilar yoki boshqa belgilovchi aksiyalardir.
Ular egalik qilishni asoslash uchun ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Bunday
holatda mahsulotlarning nomi, belgisi yoki boshqa belgilovchi identifikatsiyalar
yuridik tomondan himoyalangan bo‘ladi.
Franchayz — ma’lum shakllar, texnologiyalar yoki tashqi ko‘rinishdan juda
yaxshi foydalanishga bo‘lgan huquq. Franchayzlar odatda davlat mulkidan
foydalanish yoki kommunal xizmatlar ko‘rsatish huquqini olish uchun hukumat
organlari tomonidan va aniq vazifalar hamda aniq xizmatlardan foydalanish
huquqini olish uchun xo‘jalik subektlari tomonidan beriladi. Franchayz haqidagi
har bir shartnoma u amal qiladigan davrdagi muddatni, shuningdek franchayz
162
(foydalanish huquqidagi imtiyozlarni beruvchi subekt) va franchayzlar (mazkur
imtiyozni oluvchi subektlar)ning huquq va majburiyatlarini aniqlashtiradi.
Tashkiliy xarajatlar — faoliyatni tashkil etishda vujudga keladigan sarflar.
Tashkiliy faoliyat, masalan, yuridik va ro‘yxatga olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mansub
bo‘ladigan sarflar tashkiliy xarajatlar sifatida kapitallashtirilishi mumkin. Tashkiliy
xarajatlarni kapitallashtirish uchun mazkur xarajatlar kelgusida foyda keltiradigan
dalillar asos bo‘lib hisoblanadi. Bir hisobot davrida tashkiliy xarajatlarning barcha
yig‘indisi faoliyatning foyda bilan xarajatga nomutanosiblikka olib keladigan
moliyaviy natijalarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarning ba’zilari ikkita maxsus tavsifga ega bo‘ladi: ular uzoq
muddatli bo‘nak to‘lovlari hisoblanadi va ular boshqa tarafga sotilishi mumkin
bo‘lgan egalik qiluvchining hech qanday huquqlari bilan taqsimlanmaydi.
Nomoddiy aktivlar quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanishi mumkin:
egalik qilish tavsifi bo‘yicha: ayirboshlanganlar, masalan, litsenziyalar,
patentlar, dasturiy ta’minlash, nouxau kabilar; ayirboshlanmaganlar, masalan,
tashkiliy xarajatlar va gudvill.
Identifikatsiyalash bo‘yicha:
a) alohida identifikatsiyalanganlar. Ba’zi nomoddiy aktivlar firmaning
aktivlaridan alohida tenglashtirilishi mumkin, masalan, litsenziyalar, savdo
markalari, franchayz, tashkiliy xarajat va boshqalar;
b)
alohila identifikatsiyalanmaydiganlar. Boshqa nomoddiy aktivlar
alohida identifikatsiyalanmaydi, balki aksincha — ularning qiymati firmaning
boshqa aktivlari bilan o‘zaro aloqalaridan olinadi. Masalan, mijozlarning
ishonchiga yoki xodimlar malakasining darajasiga asoslanadigan gudvil.
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi uchun ularning
dastlabki qiymat asos bo‘lishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ana shu qiymat
bo‘yicha qabul qilinadi.
Dastlabki qiymat — nomoddiy aktivlarni tashkil etish (ishlab chiqish) yoki
sotib olish, to‘langan va soliqlarga to‘lanmaydiganlarni qo‘shgan holda to‘langan
163
xarajatlar, shuningdek, uni vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun aktivni ish holatiga
keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlarning qiymati.
Qoldiq qiymat — moliyaviy hisobotda aks etadigan nomoddiy aktivning
dastlabki qiymati va amortizatsiya tufayli to‘plangan summa o‘rtasidagi farq
sifatida belgilangan hajmi.
To‘lash uchun olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati quyidagi
xarajatlardan shakllanishi mumkin:
a) egalik huquqiga ega shaxsga shartnomaga muvofiq yon berish huquqidan
to‘langan summa;
b) ro‘yxatga olish yig‘imlari, davlat bojlari, patent bojlari va egalik qilish
huquqiga ega shaxsning qat’iy huquqiga yon berish bilan bog‘liq bo‘lgan
o‘tkazilgan boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
v) bojxona bojlari va yig‘imlar;
g) nomoddiy aktivlarning sotib olish bilan bog‘liq soliqlar, yig‘imlar va
to‘lovlar;
d) nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq axborotlar va maslahat
xizmatlari uchun to‘lanadigan summa;
e) nomoddiy aktivlarni sotib olishda ishtirok etgan vositachilarga to‘langan
haq;
j) nomoddiy aktivlarni etkazib berish tavakkalchiligining sug‘urtasi bo‘yicha
xarajatlar;
z) aktivlardan vazifasi bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish
bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash, tayyorgarlik ko‘rish,
ro‘yxatga olish va sotib olish bo‘yicha shartnomalarni yopish bilan bog‘liq
xarajatlar, aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar
nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmaydi, balki o‘sha hisobot
davrida ular vujudga kelgan xarajatlar deb e’tirof etilishi kerak.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga to‘lash paytida, agar shartnoma shartlarida
uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, aniq xarajatlar
164
buxgalteriya hisobiga kredit oralik qarzining dastlab e’tirof etilgan summasi
bo‘yicha qabul qilinadi.
Kreditdan foydalanganlik uchun foiz ko‘rinishidagi xarajatlarga to‘liq yoki
qarz kapitali hisobiga qisman to‘lab sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki
qiymati qo‘shilmaydi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) kompyuter dasturiga qat’iy huquqning dastlabki qiymatiga: Dt 0830 -
«Nomoddiy aktivlarni xarid qilish", Kt 6010 - «Mol etkazib beruvchi va
pudratchilarga to‘lov schyoti" schyoti.
b) vositachi uchun sarflash summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni
xarid qilish", Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti.
v) etkazib beruvchi va vositachi oldidagi qarzni undirish: Dt 6010 - «Mol
etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lov schyoti", Dt 6990 - «Boshqa
majburiyatlar" , Kt «Pul mablag‘lari» schyoti.
g) bitim to‘lovi bo‘yicha bank xizmati xarajatlari summasiga: Dt 9430 -
«Boshqa operatsiyalar xarajati", Kt «Pul mablag‘lari» schyoti.
d) kompyuter dasturi taminotidan foydalanishga o‘tkazish: Dt «Nomoddiy
aktivlar», Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
CHet el valyutasida sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan
holda yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki kursi bo‘yicha chet el valyutasini hisoblash yo‘li bilan so‘mda
belgilanadi.
Misol. "Intellektual" MCHJ O‘zbekistonda doimiy vakolatxonasiga ega
bo‘lmagan chet el firmasidan O‘zbekiston Respublikasi hududida kompyuter
dasturini ko‘paytirish va tarqatishga maxsus huquq oladi. Olingan maxsus
huquqning qiymati 1000 AQSH dollarini tashkil etadi va bir yo‘la to‘lov bilan
amalga oshiriladi. SHartnoma shartlari bo‘yicha nomoddiy aktivga egalik huquqi
2017 yil 1 mayda xaridorga o‘tadi, to‘lov esa 2017 yil 30 - maygacha amalga
oshirilishi kerak.
165
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan AQSH dollariga
belgilangan kurs:
−
nomoddiy aktivning yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan sanada — 7800
so‘m (1 AQSH dollari);
−
nomoddiy aktiv bo‘yicha qarzning to‘lovi sanasida - 7815 so‘m (1 AQSH
dollari)ni tashkil etdi.
Nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi:
a) nomoddiy aktivlar obektlarini yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan
sanada Markaziy bank kursi bo‘yicha kirimni qayd etish: Dt 0830-
«Nomoddiy aktivlarni sotib olish", Kt 6010 - «Mol etkazib beruvchi va
pudratchilarga to‘lov schyoti" schyoti.
b) Nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladigan QQS
summasiga: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish", Kt 6410 - «Budjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlar bo‘yicha)" schyoti.
v) etkazib beruvchi oldidagi qarzni undirishda: Dt 9620 - «Valyuta kurslari
farqlaridan zarar" schyoti, Kt 6010 - «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lov schyoti" schyoti, Kt 5200 –“CHet el valyutasida pul mablag‘lari» schyoti.
Korxonalarning o‘zi tomonidan yaratilgan (tayyorlangan) nomoddiy
aktivlarning
dastlabki
qiymati
ilmiy-tadqiqot
va
tajriba-konstruktorlik
ishlanmalariga aniq sarflangan summa sifatida belgilanadi.
19
Aktivlarni nomoddiy sifatiga buxgalteriya hisobiga qabul qilishda bir yo‘la
quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
a) moddiy- mulkiy (jismoniy) mazmun (shakl)larning bo‘lmasligi;
b) o‘lchamlilik va ma’nolilik;
v) ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud korxonani uzoq muddat
davomida, ya’ni 12 oydan ko‘proq vaqt agar u foydali xizmat 12 oydan ko‘proq
19
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 591son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Ilmiy-tadqiqot va
tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflar" BHMS. 1998 yil 28 dekabr.
166
muddatdan ortiq davrda oddiy operatsiya jarayonida boshqarish ehtiyoji va boshqa
maqsadlarni bajarish paytida mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishligi;
g) mazkur mulkni keyinchalik olib sotish niyatning yo‘qligi;
d) ishonchlilik, ya’ni intellektual faoliyat natijasida korxonada qat’iy huquqni
va aktivning mavjudligini tasdiqlovchi tuzilgan zarur hujjatlarning mavjudligi;
e) korxonaning boshqa mol-mulkdan identifikatsiyalash imkoniyati, ya’ni u
foydalaniladigan ishlab chiqarishdan alohida foydalanish imkoniyati bo‘lishligi.
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish davrida ularni ishlab chiqish uchun
olingan kreditlar bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishlab chiqarilgan nomoddiy
aktivlarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi.
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari
buxgalteriya hisobida quyidagicha hisobga olinadi:
a) ishlanmalar mualliflariga ish haqi hisoblandi: Dt 0830 - «Nomoddiy
aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6710 - «Ish haqi bo‘yicha xodimlarga haq
to‘lash" schyoti.
b) ish haqi fondidan 25 % miqdorida yagona ijtimoiy to‘lov hisoblandi: Dt
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 6520 - «Davlat maqsadli
fondiga to‘lovlar" schyoti.
v) ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar bo‘yicha eskirish qo‘shib
yozildi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 0200 –“Asosiy
vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyot”.
g) ishlanmalarni tegishli davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq
xarajatlarni aks ettirish: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt
«Turli kreditorlar qarzini hisobga oluvchi» schyot.
d) intellektual faoliyat natijasida mutlaq huquqlarning dastlabki qiymati
bo‘yicha kirimni qayd etish; Dt 0400 - “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi»
schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
Korxonaning ustav kapitaliga ulush hisobida olingan nomoddiy aktivlarning
dastlabki qiymati, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqacha
167
nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning korxona ta’sischilari bilan kelishilgan pul
bahosiga asosan belgilanadi.
Mazkur xo‘jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks
ettiriladi
a) Ta’sischilar qarori bilan jamiyat ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar ro‘yxatga
olish organlarida ro‘yxatga olingan kunda ustav kapitalini oshirish: Dt 4610 -
«Ta’sischilarning ustav kapitaliga kiritmalari bo‘yicha qarzi" schyoti, Kt 8300 –
«Ustav kapitalini hisobga oluvchi» schyot.
b) ta’sischining ustav kapitaliga badal bo‘yicha qarzi unga tegishli nomoddiy
aktivni o‘tkazish yo‘li bilan qoplandi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish"
schyoti, Kt 4610 - «Ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushi bo‘yicha qarzi"
schyoti.
v) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlarni
hisobga oluvchi» schyot, Kt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti.
Korxona tomonidan boshqa shaxslardan beg‘araz va davlat subsidiyasi
hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati joriy qiymat
bo‘yicha aniqlanadi va bu qiymat nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun faol
bozorni, jumladan, ularni olishga bog‘liq tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda
aniqlangan taqdirda to‘g‘ri hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning mazkur turi uchun
faol bozor bo‘lmasa, ularning boshlang‘ich qiymati nominal qiymat yoki ularni
tashkil etishdagi haqiqiy sarf summasi bo‘yicha, shuningdek, nomoddiy aktivni
maqsadli foydalanishga tayyor holatga keltirish bilan bog‘liq sarflar bo‘yicha
belgilanadi.
Tekinga olingan nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi: Dt 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti, Kt 8530 - «Tekinga
olingan mulk" schyoti.
b) nomoddiy aktiv foydalanishga topshirildi: Dt 0400 - Nomoddiy aktivlar»
schyoti, Kt 0830 “Nomoddiy aktivlarni sotib olish" schyoti.
168
Qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga
almashtirib olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy
aktivning qoldiq qiymatiga teng.
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha haq to‘lab almashtirilganda, bir xil nomoddiy
aktivlarni almashtirish hisobiga sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich
qiymati berilgan nomoddiy aktivlarning almashtirish paytida o‘tkazilgan pul
mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko‘paytirilgan qoldiq
qiymatiga teng.
O‘xshash bo‘lmagan nomoddiy aktivga almashtirish yo‘li bilan olingan
nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati, qonun hujjatlarida ko‘rsatilganidek,
berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng bo‘ladi.
Nomoddiy aktivlar qo‘shimcha haq to‘lab almashtirilganda, bir xil bo‘lmagan
nomoddiy aktivlarga almashtirib sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich
qiymati berilgan nomoddiy aktivning almashtirish paytida o‘tkazilgan pul
mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga ko‘paytirilgan joriy qiymatiga
teng.
Qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda pulsiz vositalar bilan majburiyat
bajarilishini nazarda tutgan shartnoma bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlarning
boshlang‘ich qiymati deb korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan
qimmatli buyumlarning joriy qiymati tushuniladi. Korxona tomonidan berilgan
yoki berilishi lozim bo‘lgan qimmatli buyumlarning joriy qiymatini korxona
shunga o‘xshash boyliklarning hozirgi qiymatini taqqoslaganda paydo bo‘ladigan
narxdan kelib chiqib belgilaydi.
Korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan qimmatli
buyumlarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati bo‘lmasa, pulsiz vositalar bilan
majburiyatni bajarishni nazarda tutuvchi shartnomalar bo‘yicha korxona
tomonidan olingan nomoddiy aktivlarning qiymati o‘xshash holatlarda shu kabi
nomoddiy aktivlar sotib olinadigan joriy qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
Umumiy summaga sotib olingan nomoddiy aktivlardan har birining boshlang‘ich
169
qiymati bu summani alohida nomoddiy aktivning joriy qiymatiga proporsional
tarzda teng taqsimlash yo‘li bilan belgilanadi.
Korxonalarda qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda nomoddiy aktivlarni
ayirboshlash yo‘li bilan sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks
etiriladi:
a) qo‘shimcha haq to‘lamasdan almashtirish yo‘li bilan olingan nomoddiy
aktivlar obektini uning qoldiq qiymati yoki o‘xshash bo‘lmagan nomoddiy
aktivlarning joriy qiymati bo‘yicha kirim qilishda: Dt 0400
«Nomoddiy
aktivlar» schyotining turi bo‘yicha schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib
ketishi" schyoti.
b) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti bilan qo‘shimcha haq to‘lab
ayirboshlash tariqasida olingan nomoddiy aktivlarning obektini kirim daftarida
qayd etishda: Dt 0400«Nomoddiy aktivlar» turi bo‘yicha schyoti -o‘tkazilgan
nomoddiy aktivning qoldiq qiymati, Dt «Pul mablag‘lari yoki ularning
ekvivalenti» schyoti, Kt 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti
o‘tkazilgan nomoddiy aktivning qoldiq yoki hozirgi qiymati bo‘yicha; Kt 6990 -
«Boshqa majburiyatlar" schyoti ayirboshlash paytida to‘langan pul mablag‘lari
yoki ularning ekvivalenti summasiga.
v) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarini olish bilan ayirboshlangan
nomoddiy aktivlar obektini kirim daftarida qayd etishda:
Dt 0400
«Nomoddiy aktivlar» aktivning turi bo‘yicha schyoti - berilgan
nomoddiy aktivning qoldiq (joriy) qiymati va almashtirishda olingan pul
mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti summasi o‘rtasidagi tafovut summasiga Dt
4890 - «Boshqa debitorlarning qarzi" schyoti ayirboshlash paytida olingan
pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga, Kt 9220 - «Boshqa
aktivlarning chiqib ketishi" schyoti berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (joriy)
qiymati.
170
Buxgalteriya hisobiga qabul qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich
qiymati 7-sonli BHMS ko‘rsatilganlardan tashqari hollarda o‘zgartirilishi mumkin
emas.
20
Nomoddiy aktiv dastlab etirof etilgandan keyin moliya hisobotida to‘plangan
amortizatsiya (qoldiq qiymat) chiqarib tashlangandan keyingi boshlang‘ich qiymati
bo‘yicha yoxud qayta baholangan qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivni moliya hisobotida ifoda etishda qo‘llanilgan uslub
dastlabki etirofdan keyin korxonaning hisob-kitob siyosatida majburiy tartibda aks
ettirilishi kerak.
Nomoddiy aktivlar tashkil etilishi yoki korxonaga kelib tushishi va
rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga yaroqli holatga keltirish ishlari
tugatilishiga qarab qabul qilish dalolotnomasiga asosan nomoddiy aktivlar
tarkibiga kiritilishi kerak.
Nomoddiy aktivlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni rasmiylashtirish
uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich hisob hujjatlarining tasdiqlangan shakli yo‘qligi
sababli amaliyotda ko‘pincha nomoddiy aktivlarning kelib tushishi va chiqib
ketishi noto‘g‘ri rasmiylashtiriladi. SHuning uchun qonunning 9-moddasi va
boshqa meyoriy hujjatlar talablaridan kelib chiqqan holda nomoddiy aktivlar
bo‘yicha dastlabki hujjatlar shaklini mustaqil ishlab chiqish zarurati tug‘iladi.
21
Yirik korxonalarda nomoddiy aktivlarni kirim daftariga qayd etish bilan
bog‘liq barcha operatsiyalar, odatda, birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish
bo‘yicha majburiyat yuklangan doimiy harakatdagi komissiya ishtirokida amalga
oshiriladi. Birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirishning boshqa varianti muayyan
nomoddiy aktivni qabul qilib olish bo‘yicha alohida buyruq chiqarish bilan
bog‘liq.
20
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1485-son bilan ro‘yxatga olingan 7-sonli "Nomoddiy
aktivlar" BHMS. 2005 yil 27 iyun
21
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonunning 9-moddasi. 1996 y (2016yil yangi
tahrirda)
171
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash uni bozor narxining joriy darajasi bilan
mos keltirish maqsadida nomoddiy aktivlarning balans qiymatini muntazam
aniqlashtirib borishdan iborat.
Korxona qayta baholashni, faol bozor ma’lumotlari asosida joriy qiymatni
aniq belgilash mumkin bo‘lsa, qayta baholash kunidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi
hujjatlar asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshirishi
mumkin.
Balans qiymat balans hisoboti tuzilgan kundagi bozor qiymatidan qatta farq
qilmasligi uchun qayta baholash etarli darajada muntazam amalga oshirilishi kerak.
Nomoddiy aktivni qayta baholashda, bunday aktivlar uchun faol bozor
bo‘lgan hollardan tashqari holatlarda mazkur qayta baholanayotgan aktiv mansub
bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi ham qayta baholanishi kerak.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar joriy qiymati bo‘yicha
buxgalteriya hisob va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning mazkur turi
bo‘yicha faol bozor narxi asosida aniqlash mo‘mkin. Agar qayta baholanayotgan
nomoddiy aktivlar guruhidan bo‘lgan nomoddiy aktiv bunday nomoddiy aktivga
faol bozor bo‘lmaganligi uchun qayta baholana olmasa, bunday aktiv to‘plangan
amortizatsiya chiqarib tashlanib uning boshlang‘ich qiymati bo‘yicha hisobga
olinishi kerak.
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymati endilikda faol
bozor ma’lumotlari asosida aniqlanishi mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning
balans qiymati to‘plangan amortizatsiya chiqarib tashlangandan keyingi faol bozor
ma’lumotlari asosida so‘nggi qayta baholash kunidagi tiklovchi qiymati bo‘lishi
kerak.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda uning joriy qiymatini hujjat asosida
tasdiqlash uchun korxona ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi firmalar va ularning maxsus dilerlari, vakolatxonalardan
yozma shaklda olingan o‘xshash nomoddiy aktivga berilgan narxlar to‘g‘risidagi
malumotlar;
172
b) qayta baholash o‘tkazilgan va nomoddiy aktivlar sotib olingan kundagi
Markaziy Bank kurslari nisbatiga qarab belgilangan hisob-kitob koeffitsentini
qo‘llash bilan erkin muomaladagi valyutada sotib olingan kundagi (tasdiqlovchi
hujjat bo‘lganda) nomoddiy aktivlarning qiymati haqidagi ma’lumotlar;
v) qayta baholash davrida ommaviy axborot vositalari, maxsus adabiyot va
boshqalarda elon qilingan joriy narxlar darajasi haqidagi ma’lumotlar;
g) tegishli nomoddiy aktiv qiymati haqida baholovchining ekspert xulosasi.
Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati qayta baholanganda ularni qayta
baholash o‘tkazilgan kundagi to‘plangan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning
boshlang‘ich qiymati indeksiga moslashtiriladi va keyingi amortizatsiya ustamasi
qayta baholangan qiymatidan o‘tkaziladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy
aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarni qo‘shimcha baholash summasi
"Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi zaxira kapitali
tarkibiga kiritiladi.
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosini pasaytirish summasi
oldingi hisobot davrida o‘tkazilgan mazkur obektning baholashdan avvalgi
summasi doirasida "Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotidagi
zaxira kapitalining pasaytirilishiga kiritiladi. Obektni qo‘shimcha baholash
summasining uning kamaytirilgan summasidan ortig‘i boshqa operaiion
xarajatlarga kiritiladi.
Nomoddiy aktivlarni qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta
baholash o‘tkazilgan joriy davrdagi moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarning tiklovchi qiymatigacha bo‘lgan uning balans
qiymatining qayta baholanishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
a) nomoddiy aktivlar balans qiymatining ko‘payishi: Dt 0400 «Nomoddiy
aktivlar» schyoti, Kt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar"
schyoti.
173
b) nomoddiy aktivlarning oldingi qayta baholanishi doirasidagi summaga
balans qiymatini kamaytirish: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0400 «Nomoddiy aktivlar» schyoti.
Mazkur nomoddiy aktiv bo‘yicha avvalgi qayta baholashdagi ko‘payishdan
ortadigan arzonlashtirish summasi xarajat hisoblanib, 9430 - «Boshqa operaiion
xarajatlar" schyotida aks ettiriladi.
v) qayta baholashda nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining
ko‘payishi: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti,
Kt 0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti.
g) nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya summasining kamayishi: Dt
0500 «Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi» schyoti, Kt 8510 -
«Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyoti.
Nomoddiy aktivlar hisobi schyotida xususiylashtirishda tashkil topgan
Gudvill summasiga ega bo‘lgan xususiylashtirilgan tashkilotlar qayta baholash
natijalari bo‘yicha bu summani kamaytirishi va buxgalteriya hisobida quyidagi
tarzda aks ettirishi kerak: Dt 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha
tuzatishlar" schyoti, Kt 0480 – “Gudvil" schyoti.
Dostları ilə paylaş: |