D. Q. Usmanova


 Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

 
5.4. Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari va ularning 
buxgalteriya hisobi 
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda 
ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning 
amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida 
xo‘jalik yurituvchi subektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko‘rinishida 
muntazam taqsimlanadi. Bu erda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda 
aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang‘ich (qayta tiklash) 
qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan 
qolgan summasi tushuniladi. 
5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy 
vositalarning 
amortizatsiyalanadigan 
qiymatini(eskiish 
qiymati) 
uning 
tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr 
xarajatlariga 
muntazam 
ravishda 
taqsimlanadigan 
eskirishning 
qiymat 
ko‘rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. SHuni nazarda tutish 
kerakki, asosiy vositalar obekti bo‘yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy 
vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan 
boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘la qoplanguncha 
yoki u balansdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning 
obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi mazkur obekt qabul qilingan oydan 
keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo‘lsa, unga mos ravishda mazkur obekt 
15
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1334-2-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Inventarizatsiya 
jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizom". 2015 yil 7-iyul 


144 
bo‘yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to‘liq qoplangan yoki u 
balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi. 
Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya 
hisoblanishi 
to‘xtatilmaydi, 
qonunchilikda 
o‘rnatilgan 
tartibda 
ularni 
konservatsiyaga o‘tkazish hollaridan hamda obektning foydalanishi to‘liq 
to‘xtatilgan sharoitda ularning qo‘shimcha qurilishi, qo‘shimcha jihozlanishi, 
rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi 
davridan tashqari. 
Asosiy 
vositalar 
obektlari 
bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining 
hisoblanishi, korxonaning hisobot davridagi faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, 
amalga oshiriladi va u mos holatda hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks 
ettiriladi. 
21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obektlari bo‘yicha hisoblangan 
eskirish summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to‘plash yo‘li bilan 
asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi.
16
Xo‘jalik yurituvchi subektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obektlari 
bo‘yicha eskirish hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va 
xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt 2010 «Asosiy 
ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt 0200 «Asosiy 
vositalarning eskirishi» schyoti. 
b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar 
uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «YOrdamchi 
ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti,
K-t 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. 
v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, 
ma’muriy maqsadda, madaniy-marifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda 
16
21-sonli BHMS "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar 
rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha Yo‘riqnoma".


145 
ishlatilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 9400 «Davr xarajatlari» schyoti, Kt 
0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. 
Korxonaning mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi 
bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni 
umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 
0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi"; 
0212 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni 
obodonlashtirishning eskirishi"; 
0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi"; 
0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi"; 
0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi"; 
0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi"; 
0260 "Transport vositalarining eskirishi"; 
0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi"; 
0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi"; 
0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi"; 
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning 
eskirishi". 
Analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va 
xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim. 
Asosiy vositalarning eskirishini hisoblash O‘zbekiston Respublikasi Soliq 
kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2003 yil 10 
oktyabrda 114-son bilan tasdiqlangan (5-BHMS) "Asosiy vositalar" Buxgalteriya 
hisobining milliy standartida (20.01.2004 y. 1299-sonli ro‘y., "O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2004 y., 3-son, 35-modda) belgilangan 
me’yor va usullar asosida amalga oshiriladi. 
Quyidagi asosiy vositalarga eskiish hisoblanmaydi: 
a) mahsuldor hayvonlarga; 
b) kutubxona fondlariga; 


146 
v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga; 
g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga; 
(O‘zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zR MV Buyrug‘i 
taxriridagi kichik band) 
d) muzey qiymatliklariga; 
e) san’at va arxitektura yodgorliklariga; 
j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga; 
z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga. 
0211-0290 schyotlarda mulkchilik huquqi korxonaga tegishli bo‘lgan asosiy 
vositalarning eskirishi hisobga olinadi. 
0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning 
eskirishi" schyotida uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi 
xususiy asosiy vositalarga eskirish hisoblash tartibi kabi bir xil tartibda hisobga 
olinadi. 
Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning 
eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) kreditida, xarajatlarni hisobga 
oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda olib boriladi. 
Ijaraga beruvchi korxonalar joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar bo‘yicha 
hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga 
oluvchi schyotlarning (0200) krediti va 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" 
schyotining debetida aks ettiradilar. 
Korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalarni tugatish, sotish, tekinga berish, 
ustav kapitaliga ulush sifatida berish, uzoq muddatli ijaraga berish, kamomad yoki 
buzilish natijasida hisobdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi 
tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarning (0200) 
debetidan 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditiga 
hisobdan chiqariladi. 
Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200)ning 
bog‘lanishi(5.2.jadval) 


147 
5.2.jadval 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin