–
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanat
va barqaror iqtisodiy o’sishni saqlab qolish;
–
xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligini
saqlab qolgan holda Davlat
byudjeti balansliligini ta’minlash;
–
mahalliy byudjetlarning daromadlar qismini mustahkamlash va
kelgusida mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijro etishda mahalliy organlarning
rolini
yanada
oshirishga
yo’naltirilgan
byudjetlararo
munosabatlarni
takomillashtirish va boshq.
Islohotlarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati salohiyatini ishga solish va
shu asosda davlat moliyasini boshqarish
samaradorligini oshirish, jamoatchilik
nazoratini ta’minlash, olib borilayotgan byudjet siyosatini qo’llab-quvvatlash va
unga bo’lgan ishonchni oshirish uchun sa’y-harakatlarni
quyidagilarga qaratish
zarur:
byudjet tizimi, barcha darajalardagi byudjetlarni,
davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarini shakllantirish va ijro etish to’g’risida jamoatchilikni
keng xabardor qilish orqali byudjetning ochiqligini va byudjet to’g’risidagi
boshqa
axborotini oshirish;
fuqarolar bilan aksincha aloqalarni yo’lga qo’yish (maslahatlashish), bu esa
hukumat va aholi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning birinchi bosqichi
hisoblanadi (fuqarolarning
fikrlari sharhlari, qabul qilingan byudjet,
uni ijro etish
bo’yicha fikr-mulohazalar);
fuqarolarni byudjetni muhokama qilish va uning ijrosini nazorat qilish
jarayoniga jalb qilish uchun shart-sharoitlar va vositalar yaratish.Bu
fuqarolarni
muhokama qilish va byudjet bo’yicha qarorlar qabul qilish jarayoniga faol jalb
qilishni nazarda tutadi hamda hukumat va aholi o’rtasida
odinga tashlangan ikki
tomonlama munosabat hisoblanadi (byudjetni ochiq tarzda eshitish va muloqot
qilishning boshqa shakllari).