«Научный импульс» сентябр, 2022 782 ijtimoiy ishda oila blain bog’liq kasbiy axloq masalalari abduraxmonova Shahnozabonu



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.10.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#154229
1   2   3   4   5
Abduraxmonova Shahnozabonu,.pd f


часть
2
 
«
Научный импульс
»
сентябр
, 2022
783 
qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini оshirish jаrаyonining аsоsiy ishtirоkchisi 
hisоblаnаdi. Ishlаb chiqаrish kаdrlаr tаyyorlаshning yo’nаlishlаrini bеlgilаydi, ulаrning 
sifаtigа yangichа tаlаblаr qo’yadi, tа’lim sоhаsini mоliyalаshtirishgа o’zining hissаsini 
qo’shаdi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng, asosiy ustivor 
yo‘nalishlaridan biri alohida ko‘mak va e’tiborga muhtoj insonlarga manzilli yordam 
ko‘rsatish bo‘lgan ijtimoiy himoya va aholiga xizmat qilishning prinsipial jihatdan yangi 
tizimi shakllandi. Bu sharoitda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlami bilan ishlashda 
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan yuqori malakali xodimlarga ehtiyoj va tegishli tarzda yangi 
kasbiy faoliyat – “Ijtimoiy ishchi”ga zaruriyat yuzaga keladi. Shu o‘rinda yetim va ota-ona 
qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun muassasalar va ularda tarbiyalanayotgan bolalarning 
o‘ziga xos xususiyatlari tarbiyalanuvchilarning turli yosh va davrlaridagi ruhiy, ijtimoiy 
rivojlanish xususiyatlarini chuqur tushunish, mazkur bolalarga profilaktik, sog‘lomlashtirish, 
abilatsion va reablitatsion choralarning majmuini ta’minlash, ularning huquq va qonuniy 
manfaatlarini himoyalash, muassasadan so‘ng mustaqil hayotga tayyorlash kabilarni talab 
etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017 yil 7 fevral kuni 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi 
to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. 
Harakatlar strategiyasidagi to‘rtinchi yo‘nalishida aynan aholini ijtimoiy qilishga katta 
e`tibor berildi. 
Shuningdek, mustaqillik yillarida yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar bilan 
ijtimoiy-profilaktik ish olib borishni yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 
Oliy majlisi hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Ular asosida 
“Mehribonlik”, “Bolalar” uyilari hamda “Bolalar shaharchasi” to‘g‘risidagi Nizomlar qabul 
qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasida ham 
boquvchisini yo‘qotgan bolalar haqida shunday deyilgan. “Yetim bolalarni va ota-
onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarning vasiyligisiz qolgan bolalarni o‘qitish va ularni 
boqish davlatning to‘la ta’minoti asosida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi”. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus Davlat 
dasturlarining qabul qilinganligi va amaliyotga joriy etilganligi, aholini ijtimoiy himoya 
qilish, jumladan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha 
yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar respublikamizda ijtimoiy soha rivojlanishi 
dalolatdir. Zamonaviy jamiyatda ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy 
hamoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalasiga e’tibor ortgani sayin ular bilan 
samarali ishlay oladigan yuqori malakali mutaxassislarga – ijtimoiy ish xodimlariga bo‘lgan 
talab ham ortmoqda. 


Международный
научный
журнал

2
(100), 
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin