Bulut texnologiyasi nima va nega kerak


-rasm. Bulutli hisoblashdagi asosi PaaSprovayderlar  Bulut xizmatlaridagi birinchi qatlam - IaaS (Infratuzilma)



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/37
tarix12.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154238
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37
 
3.2-rasm. Bulutli hisoblashdagi asosi PaaSprovayderlar 
Bulut xizmatlaridagi birinchi qatlam - IaaS (Infratuzilma) 
 
IaaS - bu kompyuter va tarmoq infratuzilmasini iste’molchilarga taqdim 
etish va virtualizatsiya sifatida xizmat ko’rsatish. Boshqa so’zlar bilan aytganda 
ma’lumotlar markazi yoki ma’lumotlarga ishlov berish markaz provayderi 
iste’molchilarga servis sifatida virtual infratuzilma yaratadi. Virtualizatsiya 
vositalari ma’lumotlar markazi fizik infratuzilmasini virtuallashtirish imkoni 
beradi va shu yo’l bilan birinchi bulutli xizmat qatlami IaaS yuzaga keladi. 
Virtualizatsiyani o’zi nima? Resurslarni virtualizatsiyalash texnologiyasi 
fizik uskunalar (serverlar, ma’lumotlar saqlash bazasi, ma’lumotlarni uzatish 
tarmog’i ) ustidan ish olib borish uchun mo’ljallangan. Ular iste’molchilar 
o’rtasida bir - necha qismlarga bo’linadi. Misol tarzda: bitta fizik serverdan, 
yuzlab virtual serverlar ishlashi mumkin.Virtualizatsiyani taqbiq etishda dasturiy 
va apparat darajada bo’ladi. 
Iaas yaratishda virtualizatsiyadan tashqari avtomatizatsiya ham ishlatilinadi, 
unda provayder ishtrokisiz resurslarni dinamik taqsimlash imkoniyatini beradi. 
Avtomatik tizim virtual serverlar soni ko’paytirish yoki kamaytirish, 
ma’lumotlarni saqlash uchun disk maydoni yoki tarmoq kanallar aloqasini 


30 
o’zgartirish mumkin. Virtualizatsiya va avtomatizatsiya bulut xizmati IaaS da 
hisoblash resurslari samarali foydalanish, ijara narxini pasaytirish imkonini beradi. 
IaaS da korparativ iste’molchilar uchun arenda mavjud. Iste’molchilar o’z 
hisoblash infratuzilmasini yaratishda, ularga integratsiyalangan resurslar taqdim 
etiladi. Bunday holatlarda is’temolchining o’zi OS va ishlab chiqish vazifalari 
uchun zarur bo’lgan dasturlarni, ilovalarni o’rnatishi va sozlashi zarur xisoblanadi. 
Iaas konsepsiyasi is’temolchi faqatgina aniq vazifalarni bajarishu uchun shu 
hisoblash kuchini sotib olish imkoniyatini beradi. IaaS ni qo’shimcha xizmatlari 
tarkibiga har bir is’temolchining fizik uskunalariga bulut platformasi orqali 
ulanishni va uni ma’lumotlar markazi tarmog’iga joylashtiradi. 
Xizmat sifatida infratuzilma - bu keng qamrovdagi korxonalar uchun 
korparativ yechim. Infratuzilma ma’lumotlarga ishlov berish markazida, ham va 
tashqi ma’lumotlar markazida joylashtirilgan bo’lishi mumkin. IaaS xizmati 
xususiy, ijtimoiy, gibrid bulutlarni yaratish, va himoya etish uchun 
tashkillashtirilgan. Provayder gibrid bulut konfiguratsiyasni qurishni taminlashda 
buyurmachining offisi bilan bulutli tarmoq platformasiga lokal tarmoqni 
birlashtiradi. Bundan tashqari, IaaS bulutli hisoblash xizmatlariga bulutli xosting 
ham kiradi. Bulutli xosting - bu xosting resurslarni dinamik ajratadi, resurslarni 
avtomatik mashtablashtiradi va yuqori barqarorlikni rad etadi. Bulutli xosting 
vitual xostinga, virtual serverdagi VPS/VDS xostinga va ajratilgan serverdagi fizik 
xostinga alternativ hisoblanadi. 
Bulutli xosting provayderi, sayt egalariga faqatgina zarur sayt resurslari: 
virtual serverlar, operativ xotira soni va qattiq disk xajmi, xosting infratuzilmani 
boshqarishdagi imkoniyatlar (misol uchun, tanlash imkoniyatlari, operatsion tizim, 
RAM lar soni, HDD xajmi va turi, CPU yader soni, taktlash chastotasi va kirish 
tezligi). Bulutli xosting ijarasni to’lash resurslarni sarflanganligi va faktlar asosida 
amalga oshiriladi: protsessor vaqtlari soni, disklar soni, sarf qilingan operativ 
xotira soni va saytlarni ochish tezligi. Shu bilan birga bulutli xosting ijarachisi 
(sayt egasi) xosting resurslarini o’zgartirishi va bosim kuchi oshganda resurslarni 
ham avtomatik tarizda ko’tarilishini sozlash qo’yishi mumkin. Shunga qaramasdan 


31 
iste’molchilar faqatgina o’zlari sarflagan resurslarga to’laydilar. Bulutli xosting 
barqarorlikni rad etganda udagi joylashtirilgan sayt bir vaqtning o’zida boshqa 
virtual serverlarda ish faoliyati davom etadi ulardan birini rad etilishi sayda olib 
borilayotgan ishga xalaqit bermaydi. Hozirgi vaqtga kelib xosterlar bulutli xosting 
bilan tayyorlangan CMSni ijaraga berishni maqul ko’ryabdilar. Xosting - 
provayderlar, bulutli xostingni tashkilashtirishda , o’z serverlarini infrasutruktura 
sifatidagi platformaga CMS o’rnatilgan Jelastiga almashtiradilar. Funksional 
platform Jelastik bir urinishda undagi joylashgan CMS va optimalashtirilgan 
saxifani ham o’rnatadi. 
Jelastik o’z ichiga PaaS funksionaligini va IaaS infrasutrukturasni tez 
konfiguratsiya qilinganligini o’zida aks etuvchi maxsulot xisoblanadi. Jel astic - bu 
Java va PHP - ilovalarini ishga tushuruvchi platform xisoblanib, u nafaqat 
xosterlar tomonidan bulutli xostinglar tashkil etishda, balki korparatsiyalar muhit 
(xususiy yoki gibrid bulutlarda) va veb-ilovalarni ishlab chiqishida ishlatilinadi. 
Bulutli xostinglarda, bulutli saytlar - bu zamonaviy ilovalar xisoblanadi. bulutli 
saytlarda ma’lumotlar, server ilovalari, bulutli MB da saqlanadi va hammasi 
virtual bulutli serverlarda bajariladi, saytning klient qismi is’temolchining 
bravzerida bajariladi. Bulut hisoblash muhitida bulut masalalarni yaratishimiz 
mumkin: Amazon EC2, IBM x86, Microsoft Azure, EMC, VMware larni open - 
source bazalarida echimi topiladi. Qaysiki dinamik IT- muhitida ma’lumotlarga 
ishlov berish markazi namoyon bo’ladi. Bundan tashqari bulutli hisoblashda 
bulutli ma’lumotlar bazasi qo’llaniladi. 
Bulutli ma’lumotlar bazasining asosi SQL va NoSQL ma’lumotlar modeli 
xisoblanadi. IaaS xizmati AQSH da keng tadbiq etiladi. Ukrayinaning De Nova 
kompaniyasida bulutli infratuzilmani VMware, EMC, Microsoft Azure bazasida 
korparativ mijozlar uchun taqbiq etilgan. Ukrainaning eng katta ma’lumotlar 
markazlaridan biri VOLIA, IT - infratuzilma VoliaCloud VMware kompaniyasi 
tomonidan qurilgan (VMware bulutli masalalarga asoslangan xolda ). Hozirga 
kelib ushbu VoliaCLOUD kompaniyasi 500 dan ortiq virtual ma’lumot - 
markazlariga ega. Asosiy IaaS Solution/Vendor: Amazon Web Services/Amazon, 


32 
IBM SmartCloud/IBM, Softlayer IaaS/IBM, Azure Virtual Machines/Mixrosoft, 
Google Compute Engine/Google, HP Cloud/HP, EMC/EMC Corporation, Oracle 
Cloud Infrastructure Services/Oracle. Shuni aytish joizki, IBM ishonchli va ochiq 
IBM SmartCloud infratuzilmasi IaaS ni boshqarishda yoki o’z o’ziga xizmat 
ko’rsatishda amalga oshiradi. 
3.3-rasm Bulutli hisoblashda asosiy IaaSprovayderlar 
Hozirgi kunlarga kelib provayderlar bulutli tayanch tarmoqlarini yaratishda 
keng qamrovli mobil aloqalar(mobil aloqa operatori) IaaS xizmatlari tadbiq 
etishyabti. Bunday xizmatlarga, misol tariqasida bulutli telekomunikatsion 
platforma, Huawei kompaniyasidan va NSN Telco Cloud yechimi bo’lib Nokia 
Siemens Networks xizmat qiladi. 
Huawei kompaniyasidan FusionSphere platformasi hisoblash resurslari, 
saqlash resurslari, tarmoq reserslarini virtualizatsiya qilish bilan taminlaydi va 
yagona mexanizmni boshqarish va rejalashtirish bilan konfiguratsiyalangan
hisoblash resurslarini yagona pulga birlashtiradi. Nokia Siemens Networks 
kompaniyasi tovush uzatilayotganda uni ushlab qolayotgan LTE (VoLTE) asosiy 
mobil xizmatlarni kompleks testlashni tashkil etdi. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin