61
45 daqiqa davomida kompyuterda ishlang, 15 daqiqa dam oling, xonani tez-
tez shamollatib turing. Ish joyingizni to’g’ri yoritish yodingizdan chiqmasin.
Ekranga nurlar tushmasligi uchun yorug’lik chap tomondan tushishi kerak.
Texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling. Umuman, agar o’z
xavfsizligingiz va sog’ligingiz haqida qayg’ursangiz, o’zingizga g’amxo’rlikni
sifatli texnika sotib olishdan boshlang. Yaxshi monitorlarda turli yo’nalishda nur
taralishini kamaytirish maqsadida ekran usti va korpus ichi himoya qoplamasi
bilan qoplanadi.
Yoritish
Ish joyini loyihalash vaqtida sun’iy va tabiiy yoritish masalasi hal qilinishi
kerak. Yoritish nafaqat ishlab chiqarish masalalarini hal qilish balki u ishlayotgan
odamning psixologik hamda fizik holatiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish
joylaridagi ratsional yoritilganlikka qo’yilgan talablar:
yorug’lik manbai va yoritish tizimini to’g’ri tanlash;
ishlab chiqarish tepaliklarini kerakli darajadagi yorug’lik darajasi
bilan ta’minlash;
ko’zni oladigan yorug’likni cheklash;
tekis yorug’likni tashkillash;
yorug’lik oqimining vaqtda tebranishini yo’qotish va cheklash .
Ish joyidagi yoritilganlik gigiyenik talablarga binoan mehnatning ko’rish
sharoitlariga to’g’ri kelishi kerak.Obyektda displey bilan ishlash vaqtida
yoritilganlik 200 lk hujjatlar bilan ishlash paytida 400lk bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: