Bulut texnologiyasi nima va nega kerak


Yassi ekranli monitorda ishlash



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/37
tarix12.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154238
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Yassi ekranli monitorda ishlash 
 
Transportda ketayotib, o’qish ko’z uchun juda zararlidir.Xuddi shuningdek, 
bo’rtib chiqqan ekranli monitor bilan ishlash ham sog’liq uchun ziyondir, uzoq 
vaqt davomida ekran markazidan uning chetlariga qarab ishlaganda gavhar 
mushaklari xuddi transportda o’qiyotgandagi kabi ishni amalga oshiradi. Gavhar 
mushaklarining toliqishi spazmaga olib keladi va natijada ko’rish qobiliyati 3ta 
birlikkacha yo’qolishi mumkin. 
Monitorni qanday tanlamoq va o’rnatmoq kerak? 
 
Ish joyingizni tashkil etishga alohida ahamiyat bering: monitorgacha 
bo’lgan masofa 40-50 smdan kam bo’lmasligi; 2ta ishlayotgan kompyuter 
orasidagi masofa 1 metrdan kam bo’lmasligi shart, aks holda ulardan chiqayotgan 
magnit maydonlari birlashib, nur taratishni kuchaytiradi. Nur kamroq taralishi va 
ko’zlarga yuk kamroq tushishi uchun monitordagi tasvir ravshanligi minimal 
darajada bo’lishi kerak.


61 
45 daqiqa davomida kompyuterda ishlang, 15 daqiqa dam oling, xonani tez-
tez shamollatib turing. Ish joyingizni to’g’ri yoritish yodingizdan chiqmasin. 
Ekranga nurlar tushmasligi uchun yorug’lik chap tomondan tushishi kerak. 
Texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qiling. Umuman, agar o’z 
xavfsizligingiz va sog’ligingiz haqida qayg’ursangiz, o’zingizga g’amxo’rlikni 
sifatli texnika sotib olishdan boshlang. Yaxshi monitorlarda turli yo’nalishda nur 
taralishini kamaytirish maqsadida ekran usti va korpus ichi himoya qoplamasi 
bilan qoplanadi. 
Yoritish 
 
Ish joyini loyihalash vaqtida sun’iy va tabiiy yoritish masalasi hal qilinishi 
kerak. Yoritish nafaqat ishlab chiqarish masalalarini hal qilish balki u ishlayotgan 
odamning psixologik hamda fizik holatiga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish 
joylaridagi ratsional yoritilganlikka qo’yilgan talablar: 

yorug’lik manbai va yoritish tizimini to’g’ri tanlash; 

ishlab chiqarish tepaliklarini kerakli darajadagi yorug’lik darajasi 
bilan ta’minlash; 

ko’zni oladigan yorug’likni cheklash; 

tekis yorug’likni tashkillash; 

yorug’lik oqimining vaqtda tebranishini yo’qotish va cheklash . 
Ish joyidagi yoritilganlik gigiyenik talablarga binoan mehnatning ko’rish 
sharoitlariga to’g’ri kelishi kerak.Obyektda displey bilan ishlash vaqtida 
yoritilganlik 200 lk hujjatlar bilan ishlash paytida 400lk bo’lishi kerak. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin