Bulut texnologiyasi nima va nega kerak



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/37
tarix12.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#154238
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
To’g’ri o’tirish 
 
Belingizda ahyon-ahyonda bo’lsa-da og’riq sezsangiz, to’g’ri o’tirishni 
o’rganishingiz zarur, yumshoq mebelni tanlamang. Qattiq stul yoki kursida 
o’tiring, shunda gavdangizning og’irligi umurtqa pog’onasiga tushmaydi.
Mebelga bo’lgan talablar:

oyoqlar polda turishi uchun stulning balandligi tizzalarning uzunligiga 
mos kelishi lozim;

bo’yi pastlar oyoqlari tagiga kurscha qo’yib olganlari ma’qul;

oyoqlaringiz bukilib qolmasligi uchun stol tagida yetarlicha joy bo’lishi 
kerak; 
Qo’llarning holati 
 
Qo’llar bo’shliqda bo’lmay, doimo biron narsaga tayanib turishi kerak. 
Sichqoncha bilan ishlayotganda, qo’lning tirsak va bilak qismlari doimo stolga 
tegib tursin. Shunda yelka kamari mushaklariga uncha og’irlik tushmaydi, bu esa 
bo’yin osteoxondrozi kasalligining oldini oladi. 
Belingiz og’rimasligi uchun quyidagi qoidalarga amal qiling:

uzoq o’tirib ishlashga majbur bo’lsangiz, har 15-20 daqiqada tanangizga 
bir oz dam bering, oyoqlaringiz holatini o’zgartiring; 

doimo stul yoki kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring; 

to’g’ri o’tiring, boshingizni pastga Ko’p egmang, tana mushaklari 
zo’riqmasligi uchun gavdangizni to’g’ri tuting; 

qog’ozdagi matn bilan uzoq vaqt ishlashingizga to’g’ri kelsa, stol ustiga 
qog’oz uchun moslama (pyupitr) qo’ying yoki uni ekranga biriktirib qo’ying; 


60 

bunda matn yetarlicha balandlikda bo’lishiga va gavdangiz bilan oldinga 
engashib o’timasligingiz uchun qulay bo’lishiga ahamiyat bering; 

zo’riqmay, bemalol o’tirish juda muhimdir. Buning uchun belingiz va 
suyanchiq orasiga yupqagina valik qo’yib oling. 
Boshingizni to’g’ri ushlang 
Bir xil holatda uzoq o’tirmang. Vaqt-vaqt bilan holatingizni o’zgartirib 
turing, bir oz dam olish uchun o’rningizdan turing, 1-1.5 soat davomida o’tirib 
ishlaganingizdan so’ng, o’rningizdan turib, 5 daqiqa badan tarbiya bilan 
shug’ullaning, hech bo’lmasa kursi suyanchig’iga o’zingizni tashlab, 
mushaklaringizni bo’sh qo’ying, bir necha marta chuqur nafas oling. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin