Xonani tanlash
Xona keng, me’yorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo’lishi
kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy ta’sir etadi.Qorong’i xonada faqat
ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir.
Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo’lmasin. Agar
buning iloji bo’lmasa, u holda qalin parda yoki jalyuzi sotib oling, shunda
derazadan tushayotgan yorug’lik sizga xalal bermaydi. Agar oyna yon tomonda
bo’lsa, yana parda yoki jalyuzi joningizga oro kiritadi.
Chang va issiqlik salomatlikka putur yetkazibgina qolmay, texnikaga ham
yomon ta’sir o’tkazadi, shuning uchun xonaga konditsioner o’rnatgan ma’qul.
4.1-rasm.Xonani tanlash.
58
Kiyim haqida
Inson organizmiga kompyuter moslamalarining muntazam ravishdagi
elektrostatik potentsiali ham zarar etkazadi. Elektr maydonining doimiy ta’siri
ostida organizmda elektrogipnoz holati ro’y beradi. Natijada bosh og’rig’i, holdan
toyish, bosh aylanishi kabi holatlar vujudga keladi.
Sintetikadan
tayyorlangan
matolar
tabiiy
mato
va
badan
bilan
ishqalanganida statik elektr tokini hosil qiladi, bu esa texnika uchun zararlidir va
yerda o’rnatilgan detallarga tegib ketganingizda yoqimsiz tuyg’uni his qilasiz,
shuning uchun polga tabiiy jundan to’qilgan palosni to’shab qo’ying, o’zingiz esa
tabiiy matodan tikilgan kiyim-kechakda bo’ling.
Jihozlarni tanlash
Stol imkoni boricha katta bo’lishi lozim. Bu asosiy shartdir, chunki agar
barcha moslamalarni o’rnatish uchun joy kamlik qilsa, ergonomika to’g’risida
eslamasa ham bo’ladi. Stolning balandligi qorin o’rtasi bilan bir sathda bo’lishi,
oyoqlar polda tekis turishi, bo’ksa pol bilan parallel bo’lishi, gavda esa tik holatda
bo’lishi kerak.
Mabodo maxsus kursingiz bo’lsa:
Nimaning ustida va qanday o’tirishingiz oyoqlar va asosiysi, umurtqa
pog’onasining holati va qulayligi uchun juda muhimdir. Agarda sizda maxsus kursi
bor bo’lsa, ayni muddao: g’ildirakchalar, fiziologik suyanchiq va balandlikni
o’zingizga moslab olishingiz uchun tayyorlangan moslama sizga qulaylik yaratadi.
Yagona tavsiyamiz shu-ki, gavda holatini tez-tez o’zgartirib turing, ya’ni bir oz
klaviaturaga engashib o’tirgach, kursi suyanchig’iga suyanib o’tiring va hokazo.
Mabodo kursi bo’lmasa:
Shunday qilib, to’g’ri o’tiring. Hamma narsa qo’l ostida. Ancha ishladingiz,
“sichqoncha” bilan ovora bo’ldingiz, endi gavdangizni orqaga tashlab, o’zingizni
bo’sh qo’ying. Kursining orqa oyoqlarida chayqalib o’tiring. Bu holatda ham
59
barchasi qo’l ostingizda va qulay bo’lishi juda muhimdir. Klaviaturani tizzalaringiz
ustiga qo’yib olishingiz mumkin. Hech narsa sizni ishdan chalg’itmasligi, hech
narsa sog’ling’izga putur yetkazmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |