2.2.3-jadval
O’zbekiston va Islom Taraqqiyot banki aloqalari
Maqsadi
Miqdori (AQSH
dollari)
yil
“Qishloq
joylarda
uy-joy
qurilishini rivojlantirish” loyihasini
moliyalashtirish uchun
100 mln
2014 yil
kichik
biznes
loyihalarini
moliyalashtirish uchun
83 mln
2014 yil
Sirdaryo
viloyatidagi
kanalizatsiya
tizimini
modernizatsiya qilish uchun
57,5 mln
2015 yil
Manba: internet ma’lumotlari asosida muallif tomonidan mustaqil tuzildi.
Izoh: O’zbekiston Respublikasi va ITB aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan
bo’lib, bugungi kunga qadar sog’liqni saqlash, energetika, qishloq xo’jaligi,
qurilish, transport yo’llarini qurish va ta’mirlash va shu kabi boshqa sohalarda
1221 ming AQSH dollari miqdorida 32ta dastur amalga oshirilgan.
12
Arab
muvofiqlashtirish guruhi a`zolari – Islom taraqqiyot banki, Saudiya taraqqiyot
jamg`armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi, Abu Dabi
taraqqiyot jamg`armasi va OPEK ning Xalqaro taraqqiyot jamg`armasi,
shuningdek, mamlakatimizning vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etdi. Davra
suhbati doirasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari tomonidan energetika,
yo`l infratuzilmasi, kommunal xo`jalik, ta`lim, ekologiya, irrigatsiya, qishloq
infratuzilmasini rivojlantirish va boshqa sohalarda umumiy qiymati 1,6 milliard
AQSh
dollaridan
ziyod
25
ta
loyiha
taqdimoti
o`tkazildi.
Shuningdek,
Arab
muvofiqlashtirish
guruhining
ushbu
loyihalarni
moliyalashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir yakunida O`zbekiston
12
www.mfer.uz “Xalqaro hamkorlik\Xalqaro tashkilotlar”
22
Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o`rtasida “Qishloq joylarda uy-joy
qurilishini rivojlantirish” loyihasini moliyalashtirish bo`yicha qiymati 100
million dollarlik zayom bitimi imzolandi.
ITB rahbarining O'zbekistonga bu galgi tashrifi asnosida qiymati 36 million
AQsh dollariga teng “Toshkent shahrining tashqi yoritish tizimlarini
modernizatsiya qilish va ularga energiya tejaydigan texnologiyalarni tatbiq
etish” loyihasi bo'yicha moliyaviy bitim imzolandi. O'zbekistonning ITB
hamkorligiga bu yil 10 yil to'ladi. Bu davr ichida qator amalga oshirilgan
loyihalarning natijalari bilan tasdiqlanuvchi uzviy hamkorlikka erishildi. Joriy
yilda mamlakatimizda ITB bilan munosabatlarning o'n yilligi nishonlanmoqda.
O'tgan davr mobaynida yuksak darajadagi o'zaro anglashuv va mazmunan qator
muvaffaqiyatli loyihalar bilan to'ldirilgan yaqin hamkorlik qaror toptirildi.
Ushbu nufuzli xalqaro moliya tashkiloti bilan hamkorlik doirasida qiymati 186,4
million AQsh dollariga teng 10 loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda qiymati
640,9 million dollarlik yana 10 loyihaning ijrosi davom etmoqda. 9 loyihani
amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda, ularning moliyaviy qiymati 877,9
million dollarga teng. Shuningdek, texnikaviy hamkorlik doirasida ITB
tomonidan O'zbekistonga 12 loyiha uchun 2,7 million dollarlik grantlar
ajratilgan.
Islom taraqqiyot banki mamlakatimiz sanoatini modernizatsiyalash,
texnik va texnologik qayta jihozlashga hamda infratuzilmaga oid loyihalarni
amalga oshirishda Arab muvofiqlashtirish guruhining moliya institutlari,
jumladan, Saudiya taraqqiyot jamg'armasi, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot
jamg'armasi, OPEK jamg'armasi, Abu Dabi taraqqiyot jamg'armasining
investitsiya va kreditlarini jalb qilish borasida asosiy muvofiqlashtiruvchidir.
Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan kichik biznes
va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga doir loyihalarni amalga oshirish
Islom taraqqiyot banki guruhi bilan hamkorlikning muhim yo'nalishlaridandir.
Korporatsiya tomonidan kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun
ajratilgan mablag'larning umumiy hajmi 83 million dollarni tashkil etadi.
23
Islom taraqqiyot bankining ijrochi direktorlari kengashi 2015 yil 10-mart
kuni Sirdaryo viloyatidagi kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish uchun
O‘zbekiston hukumatiga 57,5 million dollar ajratilishini ma’qulladi.
Umumiy qiymati 157 million dollar bo‘lgan loyiha Guliston, Shirin va
Yangiyer shaharlarining kanalizatsiya tizimlarini kengaytirish va rekonstruksiya
qilishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish muddati – 4 yil.
Modernizatsiyani
moliyalashtirish,
shuningdek,
xalqaro
moliyaviy
institutlarning kreditlari va O‘zbekiston tomonining mablag‘lari evaziga amalga
oshiriladi.
24
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida
xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni
tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni
moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar
mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom
Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning
bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln
dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi.
Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar
amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan
dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB
tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a
’
zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan
musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta
’
sir
o
’
tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:
aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
a
’
zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish;
(nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular
jumlasidan)
moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo
’
naltirish va
depozitlarini qabul qilish;
a
’
zo davlatlarga texnik yordam ko
’
rsatish;
musulmon davlatlarning rivojlanishi bo
’
yicha tashkilot a
’
zolarini
o
’
qitishda xizmatlar ko
’
rsatish.
25
Islom Taraqqiyot bankining yana muhim amalga oshiradigan vazifalaridan
biri bu foizsiz kreditlar ajratishdir. Bunga sabab shuki, bank faoliyati sha’riyat
qonunlari bilan tartibga solinadi. Islom dinida esa sudxo’rlik katta gunoh
hisoblanadi.
Islom Taraqqiyot Banki a’zo davlatlarga nafaqat moliyaviy tomondan,
balki texnik jihatdan ham yordam beradi. Masalan, bank Mavritaniya, Maldiva,
Tojikiston, Turkiya va Jibuti larga bunday yordamlarni ko’rsatadi.
Bank kelgusidagi faoliyati doirasida o’z qarashlarini ishlab chiqqan bo’lib,
u “IDB Vision 1440H” deb nomlanadi. Bunda hijriy 1440 yil, ya’ni 2019 yilga
kelib bank jahondagi musulmon xalqlarining turmush tarzini yaxshilanishi,
rivojlanishiga butunlay ko’mak beruvchi, islom qonuniyatlari asosida
boshqariluvchi dunyodagi eng rivojlangan taraqqiyot banki bo’ladi deb bashorat
qiladi.
26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1.
Dostları ilə paylaş: |