Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix12.10.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#154260
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy

Kurs ishining vazifalari: 
-
Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning 
rolini aniqlash; 
-
Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini 
aniqlash; 
-
Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish; 
-
Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Islom taraqqiyot bankining 
kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish. 
Kurs ishining obyekti: 
xalqaro tashkilotlar va Islom taraqqiyot banki kurs 
ishining obekti bo’lib hisoblanadi. 
Kurs ishining predmeti: 
xalqaro tashkilotlar, ular tarkibiga kiruvchi 
moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, alohida Islom taraqqiyot banki, ularning 
faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining 
predmetidir. 
Kurs ishining tuzilish tarkibi: 
Mazkur kurs ishi kirish,ikkita bob va uning 
tarkibiga kiruvchi to’rtta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
ro’yxatidan tarkib topgan.



I.BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA 
XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI 
1.1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari 
Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan 
milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, 
madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan 
uyushmasi, davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim 
shakllaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlarning soni 4 
mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar 
oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro 
tashkilotlarning 
tuzilmasi, 
asosiy 
maqsad 
va 
tashkilot 
faoliyatining 
yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi. Bunday 
tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi, koʻp tomonlama 
muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli 
hisoblanadi. Qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi va 
ular odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo xalqaro tashkilotlar 
va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy 
tashkilotlar farqlanadi.
2
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va 
va boshqa nomlar bilan ataladi. 
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va 
kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo 
maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini 
shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga 
bo’linadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin