BO‘LAJAK TEXNOLOGIK TA’LIM PEDAGOGLARINING KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH TIZIMI Abdulla Xaytaliyevich Kiyomov – Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti Annotatsiya: Maqolada texnologik ta’lim pedagoglarining oliy ta’lim muassasasida tahsil olish jarayonlarida, o‘quv amaliyotlari vaqtida texnologik kompetentlikni shakllantirish tizimini tashkil etish, dars jarayonlarida o‘tilgan mashg‘ulotlarni tahlil qilish, muassasadagi o‘quv-loyihalash faoliyatini tadqiq qilish, shaxsga va faoliyatga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va o‘qitish usullarini o‘rganish va amalga oshirish hamda kasb ta’limi muassasasidagi o‘quv-kasbiy, ijtimoiy-tarbiyaviy va o‘quv-ishlab chiqarish faoliyatlari sohalaridagi muammolarni aniqlashga doir fikr-mulohazalar yoritilgan. Аннотация: В статье рассматриваются вопросы организации системы формирования технологической компетентности преподавателей технологического образования в учебном процессе в высшей школе, во время прохождения практики, анализ извлеченных уроков в учебном процессе, исследование учебно-конструкторской деятельности в учреждении. взгляды на изучение и внедрение деятельностных образовательных технологий и методов обучения, а также выявление проблем в сфере учебно-профессиональной, социально-педагогической и учебно-производственной деятельности в учреждениях профессионального образования. Abstract: The article deals with the organization of a system of formation of technological competence of teachers of technological education in the educational process in higher education, during the internship, analysis of lessons learned in the teaching process, research of educational and design activities in the institution, views on the study and implementation of activity-oriented educational technologies and teaching methods, as well as the identification of problems in the field of educational-professional, socio-educational and educational-industrial activities in vocational education institutions. Kalit so‘zlar: texnologik kompetentlik, ta’lim texnologiyalari, kompetentlik, texnologik ta’lim pedagogi, o‘quv amaliyoti, kasbiy faoliyat, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash, loyihaviy faoliyat. Ключевые слова: технологическая компетентность, образовательные технологии, компетентность, педагог технологического обучения, учебная практика, профессиональная деятельность, проектирование учебных занятий, проектная деятельность. Keywords: technological competence, educational technologies, competence, teacher of technological training, educational practice, professional activity, design of training sessions, project activity. Hozirgi kunda inson hayoti va faoliyatining
barcha sohalarini qamrab olgan o‘zgarishlar
va jamiyatning tezkor rivojlanishi zamonaviy
mutaxassislar, xodimlar bilan bir qatorda
turli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan
talabalarga qo‘yiladigan talablarga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatmoqda, o‘z navbatida bu talablar
texnologik ta’lim pedagoglarini tayyorlash
jarayonlarini ham chetlab o‘tmagan. Bugungi
kunda mehnat bozorida o‘zlarida to‘plangan
tajribalarni, bilimlarni va ko‘nikmalarni yosh
avlodga yetkazib bera oladigan, o‘zgaruvchan
sharoitlarga og‘riqsiz moslasha oladigan
hamda kasb-hunar ta’lim muassasalarida
tahsil olayotgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislariga
ta’lim berish kasbiy faoliyatida innovatsion
texnologiyalar va yondashuvlarni qo‘llay
oladigan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj juda
yuqori bo‘lib qolmoqda. Ayni vaqtda ta’lim sifatini
oshirish maqsadida rivojlangan mamlakatlar
mavjud ta’lim tizimlarida ta’limdagi an’anaviy
va umumqabul qilingan texnologiyalar va
metodlardan voz kechib, ta’lim jarayonlariga
boshqacha nazar bilan qaramoqdalar va
ta’lim tizimini qaytadan shakllantirmoqdalar.
Bunda ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilgan
bilimlarga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim
jarayonlarini tashkillashtirishning odatiy
usullarini o‘zgartishga qaror qilingan. Hozirda
ta’limning asosiy elementi sifatida ta’lim
oluvchining biluv faoliyatiga alohida urg‘u
berilmoqda, chunki bu faoliyat davomida
ta’lim oluvchi zarur bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallaydi, faoliyati uchun kerakli
bo‘lgan ishonchli ma’lumotlarni izlab topish
bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi, buning
evaziga ta’lim oluvchi mustaqil ta’lim olish
ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Shunisi e’tiborliki,
ta’lim oluvchining biluv faoliyati doimiy ravishda
pedagoglar tomonidan nazorat qilinadi va
boshqarib turiladi. Yangi ta’lim standartlariga
o‘tish sharoitida o‘rta maxsus kasb-hunar
ta’limi muassasalarida ta’lim jarayonlari sifatini
yaxshilashga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan
yechimlardan biri, bu ta’lim jarayonlarida
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, jumladan,
innovatsion texnologiyalardan foydalanishdir.
Zamonaviy jamiyatning hozirgi kundagi tezkor
taraqqiyoti sharoitlarida texnologik ta’lim
pedagogining zamonaviy ta’lim texnologiyalari
sohasida yuqori darajadagi malakalarga ega
bo‘lishi uning kasbiy malakasining asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyotining yangi