Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   216
2021 4-son

19 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
pedagogik jarayonlarni o‘zgartirishga 
qaratilgan bilimlar, ko‘nikmalar va usullar 
majmuasi bo‘lgan texnologik kompetentlik 
tushunchasini kiritish zarurligini ko‘rsatib 
o‘tgan
8
. E.Bachivanning fikriga ko‘ra, ta’lim 
faoliyatini amalga oshirishda qo‘llaniladigan 
ko‘nikmalarning eng samarali va ijobiylari 
pedagogning texnologik kompetentligiga oid 
bo‘lgan ko‘nikma va malakalar hisoblanadi
9
.
Ilmiy adabiyotlar tahlili natijasida 
olingan ma’lumotlarga asoslanib texnologik 
kompetentlikning quyidagi ta’rifini keltirish 
mumkin: -texnologik kompetentlik bu – 
pedagogning ta’lim oluvchilarni tayyorlashda 
eng mahsuldor natijalarga erishishni 
ta’minlash uchun o‘z kasbiy faoliyatida amalga 
oshiradigan ma’lum bir ta’lim texnologiyalari 
majmuini o‘zlashtirish darajasi demakdir. 
Texnologik kompetentlikni shakllantirish 
bo‘yicha olib borilgan ishlarning metodologik 
asosi sifatida shaxsning kasbiy shakllanishi 
konsepsiyasidan foydalaniladi, unga ko‘ra 
shaxs kasbiy shakllanishining negizi – uning 
ta’lim olish jarayonida rivojlanishi, o‘z kasbini 
puxta o‘zlashtirishi va o‘z kasbiy faoliyatini 
samarali amalga oshirishga tayyorligi 
tushuniladi. Texnologik ta’lim pedagogi 
texnologik kompetentligining shakllanish 
tizimini yaratishning asosi sifatida tizimli, 
shaxsga yo‘naltirilgan va faoliyatiy kabi 
nazariy-metodologik yondashuvlar xizmat 
qiladi. Texnologik ta’lim pedagogining 
o‘zining bo‘lg‘usi o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini 
tayyorlashdagi faoliyatini tashkil etish 
va amalga oshirishida ko‘maklashuvchi 
fazilatlarining shakllanishi asosan talabalar 
tomonidan muayyan vazifalarni amalga 
oshirish jarayonidagi faoliyatda sodir bo‘ladi, 
uning texnologik kompetentligi faqatgina 
faoliyati davomida shakllanadi. 
Texnologik kompetentlikning 
shakllanishi tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan 
va faoliyatiy yondashuvlar asosida amalga 
oshadi. Tizimli yondashuv talabalarga 
yaxlit ishlab chiqilgan tuzilma va yaratilgan 
tizim doirasida kompetentlikni bosqichma-
bosqich o‘zlashtirish imkonini beradi. 
Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv har bir 
talaba shaxsining salohiyatini ochib berishga 
qaratilgan ta’lim jarayonini tashkil etishga 
va ta’lim jarayonini individuallashtirishga 
imkon beradi. Texnologik kompetentlikning 
8 Манько Н.Н. Когнитивная визуализация – базовый психолого-педагогический механизм дидактического дизайна // Вестник Учебно-методического объединения по 
профессионально-педагогическому образованию: специализированный выпуск. – Екатеринбург, 2007. – Вып. 2(41).
9 Bahcivan E., Gurger M.D., Yavuzalp N. et fl. J Sci Educ Technol. – 2019. – 28. – P. 579. – URL: https://doi.org/10.1007/s10956-019-09788-6.
10 Mishra P. & Koehler M. J. (Technological pedagogical content knowledge: a framework for integrating technology in teacher knowledge // Teachers College Record. – 2006. – 108(6). – P. 
1017-1054.
11 Pometun O.I. & Gupan N. M. Studying history as an educational spase of students’ critical thinking development // Humanitarian Balkan Research. – 2018. №1. – P. 60-63.
12 Rees Lewis D.G., Gerber E. M., Carlson S. E. et al. Education Tech Reseaech Dev. -2019. – 67. – P. 953. – URL: https://doi.org/10.1007/s11423-019-09673-4.
faqat faoliyat davomida shakllanishidan 
kelib chiqib, shuni aytishimiz mumkinki, 
texnologik ta’lim pedagogini tayyorlashda 
eng muhim element amaliyot hisoblanadi. 
Faoliyatiy yondashuvning amalga oshishini biz 
talabalarning amaliyotlarni o‘tash jarayonlarida 
kuzatishimiz mumkin. 
P.Mishraning fikriga ko‘ra, 
ta’lim texnologiyalarining mohiyatini 
nazariy o‘rganish, ularning toifasiga 
ko‘ra yondashuvlarni tanlash, ayrim 
texnologiyalarning didaktik imkoniyatlarini 
o‘zlashtirish ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar 
davomida amalga oshirilsa, talabaning taqdim 
etilgan ma’lum bir texnologiyalarni o‘zlashtirish 
darajasini o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi 
muassasalarida pedagogik amaliyotni o‘tash 
orqali aniqlash eng to‘g‘ri va maqsadga 
muvofiq hisoblanadi
10
. Chunki bu turdagi 
amaliyotni o‘tash davomida talabalarning 
o‘zlari o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar va 
pedagogik jarayonni tashkil etadilar
11
. Ishlab-
chiqarish texnologik va psixologik nuqtayi 
nazardan yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lgan 
talabalar ishlab-chiqarish, o‘quv va pedagogik 
amaliyotlarni o‘tash vaqtida bo‘lg‘usi kasbiy 
vazifalarini samarali amalga oshirish, o‘quv 
mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishlariga to‘sqinlik 
qilishi mumkin bo‘lgan turli ta’lim texnologiyalari 
va yondashuvlardan foydalanishda ayrim 
muammolar va qiyinchiliklarga duch kelishlari 
mumkin. Amaliyot davomida talabalar ta’lim 
jarayonida egallangan bilim va ko‘nikmalarni 
namoyon etish bilan birga, egallangan 
ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llaydilar, zero 
hozirgi vaqtda texnologik va boshqa har 
qanday kompetentlikning shakllanganligini 
tekshirish talaba tomonidan egallangan 
bilim va ko‘nikmalarning o‘zaro bog‘liqlikda 
va integratsiyalashuvini ta’minlash orqali 
amalga oshirish mumkin
12
. Pedagogik 
amaliyot doirasida talabalarning o‘zlari nazariy 
va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etadilar
shuningdek auditoriyadan tashqari ish o‘yinlari, 
debatlar boshqa mashg‘ulotlarni o‘tkazadilar. 
Darhaqiqat, texnologik kompetentlikni 
shakllantirish va o‘zlashtirish, asosan, 
talabalar tomonidan turli amaliyotlarni o‘tash 
davrida sodir bo‘lishi aniqlangan va davlat 
ta’lim standartlarida va o‘quv rejasida bo‘lajak 
texnologik ta’lim pedagoglarini tayyorlashda 
ular tomonidan o‘tashlari lozim bo‘lgan 
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA 
INNOVATSION TA’LIM


“TAFAKKUR ZIYOSI”

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin