Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
220 
dramatik obraz. U ijtimoiy munosabatlarda 
olchoq, ig‘vogar, tuban kimsalar bilan 
murosasiz. Toshqin paytida bir qizaloqni 
qutqarib qolaman deb halok bo‘ladi. 
Doston syujetida perepitiya alohida o‘rin 
tutadi.Asar voqealari Yigitning tarozibon 
huzuriga kelishidan boshlanadi. Yigitga 
ikki paysa savob etmagani uchun jannatga 
kirolmaydi.
Men do‘zaxdan cho‘chimasman, ustimdan 
kulma,
Men chidarman, ammo qayda haqiqat, imon
7
.
Yigit bir umr g‘alamislar, olchoqlar 
bilan kelisholmay yashagan. Demak, u 
vijdoniga xiyonat qilmagan. Hatto o‘limi 
ham savob amal bajarish chog‘ida yuz 
bergan. Lekin shoir nazdida bularning bari 
etarli emas. 
Sen shoirsan, senga Olloh yorug‘ nur berdi,
Otash berdi, zabon berdi ham ulug‘ yurak.
Timsolingda bechoralar o‘z dardinko‘rdi,
Baxtin ko‘rdi, shodliklarin ko‘rganlar beshak 
Ilohiy dil bergan edi senga xudoyim,
Quloq sol deb sho‘rliklarning ohi-vohiga,
Sen-chi samo shu’lasini kuylading doim,
SHe’rlar bitding yulduzlarga, gulga, ohuga
8
.
Ko‘rinib turibdiki, muallif o‘z badiiy 
konsepsiyasini qat’iy HUKM ko‘rinishida 
taqdim etyapti. Dostonda muallifning 
mavjud voqelik haqidagi fikrlarining 
tasdig‘i beriladi.SHoir toki o‘z oldiga 
qo‘ygan missiyasini ado etmas ekan, u 
buyuklikka(dostonda Jannat timsoli) 
da’vogar emas. E’tibor berilsa, insoniyat 
jamiyati tarixida shoirlarning, qalam ahlining 
o‘rni hamisha yuksaklikda belgilangan. 
Qadimgi yunon faylasufi Platon (Aflotun) 
7 Орипов А. Танланган асарлар. Тўрт жилдлик. Биринчи жилд. –Т.: Ғафур Ғулом, 2000. –Б.337
8 Орипов А. Танланган асарлар. Тўрт жилдлик. Биринчи жилд. –Т.: Ғафур Ғулом, 2000. –Б.339
“Ion” nomli dialogida shoirlarga xudolarning 
irodasini izohlovchilar deb ta’rif beradi. 
Sharq olimi Husayn Voiz Koshifiy esa 
shoirlarni havoga o‘xshatadi. Demak, 
alohida iste’dod sohibi bo‘lgan ijodkor 
shaxsning “Do‘zaxdan ming martaba 
dahshatli bo‘lgan” jamiyatda gunohni ko‘rib 
ko‘rmaslika olishiham gunohi azim. Doston 
yaratilgan davrda hukmron mafkura 
poydevori darz ketgan, nafaqat ziyolilar, 
balki ko‘pchilik odamlar ongiyu shuurida 
mavjud sistemaga nisbatan ishonchsizlik 
kayfiyati uyg‘ongan edi. Bu kayfiyatni shoir 
dostonda ko‘rsata oldi:
Boshim oqqan tomon endi ketarman giryon,
Men singari chorasizlar izg‘ib yuribdi.
G‘ovur ichra to‘ntarilib yotibdi jahon,
bizdaylarni esa, do‘zax kutib turibdi.
Abdulla Oripov dostonda chinakam 
ijodkorga xos SHAXSIYAT ni, ma’naviy 
O‘ZLIK ni anglab etish masalasini asar 
badiiy butunligiga singdirishga muvaffaq 
bo‘ladi.
.Ijodkor odam bu kabi ijtimoiy 
qo‘rquvlarni enga olishi uchun u, avvalo, 
Shaxs sifatida shakllangan bo‘lishi lozim. 
Shundagina u dogmatik fikrlardan ozod 
bo‘ladi. Shoir adolat va to‘g‘rilikka, vijdon 
va insofga, axloq-odob va yaxshilikka 
doir umuminsoniy qadriyatlarni, 
oliyjanobfazilatlarnitarg‘ib-tashviq etishda 
diniy tushunchalardan ham, ramziy 
obrazlardanham donolik bilan foydalana 
olgan.Ijodkor sifatida o‘z davri ehtiyojini 
anglab eta oldi. Abdulla Oripov o‘z adabiy-
estetik qarashlarini estetik hukm shaklida 
taqdim etdi. 
YOSH TADQIQOTCHILAR

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin