“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
212
пожелала
перемерить золото и что он
сделал ошибку, послушавшись её, но
какой конь не спотыкается и какой
клинок когда ни будь не отскочит? Он
сообразил, что исправить оплошность
можно только сделав тайное явным,
и что
правильно будет ничего не
скрывать и осведомить брата о
случившемся. Во всяком случае раз
денег так много,
больше чем может
исчислить мысль и воображение, то его
доля не уменьшится, если он поделится
с братом и они станут владеть ими
сообща”.
Aynan shu asarning Abdulla Qahhor
qalamiga mansub o‘zbekcha versiyasidagi
o‘rinlarni kuzatsak:
“Ali bobo sirining oshkor bo‘lishiga
xotinining beaqlligi sabab bo‘lganini, uning
gapiga kirib, xato ish qilganini fahmladi,
lekin nachora,
har qanday ot ham qoqiladi,
qilich qo‘ldan chiqib ketadi. Ali bobo bu
xatoni tuzatmoq uchun birdan-bir chora
sirni yashirmaslik, bo‘lgan voqeani ro‘y-rost
aytish kerak, deb o‘yladi. Modomiki, pul bu
qadar behisob ekan, bir qismini ukasiga
bersa, bu boyligiga ukasini sherik qilsa,
ikkovi umr bo‘yi yeganda ham pul tamom
bo‘lmaydi.”
Ushbu asarning inglizcha tarjimasiga
e`tibor qarataylik:
“Ali baba recognized that, because of
his wife`s eagerness, their
secret had been
revealed. Since he trusted his brother, he
told him the whole story of the cave and
the robbers”.
Rus, o‘zbek va ingliz tillaridagi ushbu
tarjima matnlardan ko‘rinadiki, inglizcha
versiyada mazkur arab xalq maqolining
ekvivalenti yohud tarjimasi mutlaqo
qo‘llanmagan.
Mohir tarjimon Abdulla Qahhor ushbu
asar tarjimasi borasida o‘z uslubiy taktikasi
haqida so‘zlar ekan, M.Salye tarjimasining
“arab tilidan aynan o‘girilgan” deya e`tirof
etib, quyidagilarni bayon etadi:
1.Men ruscha
tarjimasi asl nusxaga
4 Sayramov T. Asliyat va tarjimada badiiy mahorat. // Filologiya masalalari, 2009 yil, 3-4 son, 65-bet
5 Abdulla Qahhor. “ Badiiy ocherk to’g’risida” maqolasidan 1944. 13-bet
yaqin deb tarjimada shunga qattiq rioya
qiladigan bo‘lsam, kitobda juda ko‘p
uchraydigan, mana bu xildagi satrlar
o‘zbekchada qanday chiqar ekan, degan
hayolga bordim, chunonchi:
“И
она когда возвращалась с
рынка, красный знак не укрылся от
неё, а наоборот, её взгляд упал на этот
значок и она хорошо его увидела”.
2.Kitobda bu xildagi qatma-qat
jumlalardan tashqari kitobxonni ortiqcha
ovora qiladigan yaxlit takrorlar ham
ko‘p uchraydi. Shu xildagi takrorlar olib
tashlansa, kitobning mazmuniga zarar
yetarmikan?
Men mana shularni e`tiborga olib
tarjimada ruscha nusxaga qattiq rioya
qilmadim, kitobxonga qulay bo‘lsin
uchun qatma-qat
jumlalarni siqishtirdim,
takrorlarni qisqartirdim, o‘quvchini
shunhaga soladigan joylarini olib tashladim.
Bu narsa afsonaning mazmuni va uslubiga
hech qancha ziyon yetkazmasa kerak, deb
o‘ylayman.
4
Bu kabi masalalarga keng to‘xtalgan
olimlar Abdulla Qahhor ijodini ham boshqa
tillarga tarjimasi xususida anchayin
izlanishlar olib borishmoqda.
Abdulla Qahhorning tarjimadagi
hissasi haqida ko‘plab olimlar o‘z
maqolalarida va ilmiy ishlarida batafsil
to‘xtalib o‘tgan. Tarjima borasida
yozuvchining ham o‘z qarashlari mavjud.
“ Buyuk Pushkin hozir tirik bo‘lsa, “Hayot
qo‘shig‘i” degan hikoyalar to‘plami
chiqargan Ma’ruf Hakimning qulog‘idan
cho‘zib, yuziga bir tarsaki urar va: “
Pushti gullagan o‘riklar o‘z gullarini to‘kib,
dovuchcha tugar edi”, “Otning jilovini siltab,
tezlashini qistadi” (Uchrashuv) dema, “O‘rik
gulini to‘kkan edi”, “Otni jadallatdi” degin,
der edi. Pushkinning o‘zi shunday yozgan.
Bunga uning hamma proza asarlari dalil.
Shunday yozgangina emas, zamondosh
bo‘lgan adiblardan ham
shuni talab qilgan
edi”
5
-deb yozadi yozuvchi.
Dostları ilə paylaş: