Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
214 
bolidning zarari bayonida», «Istimno'i 
bolidg‘a giriftor bo‘lgan bir odam kulfati» 
kabi maqolalar «Oyna» jurnalining 1914 
yildagi 30 avgustidan 6 noyabriga qadar 
e'lon qilingan. O‘sha zamonda nozik 
masalalardan biri hisoblangan bu kabi 
mavzularni yoritar ekan, Mahmudxo‘ja 
Behbudiy asar boshida ushbu maqolni 
keltiradi. «Dar talab kardani haqiqat az 
xudo sharm dor va sharm mador», ya'ni 
«Ishning haqiqatini bilmoq uchun Ollohdan 
uyal, ammo xalqdan uyalma (Shariatda 
sharm yo‘q)», deb ta'kidlaydi. «Badani sog‘ 
emas kishi namoz, ro‘za, haj va barcha diniy 
va dunyaviy ishlarni qilolmay, oxiri xorlik ila 
yo‘q bo‘lar. Din va dunyo ishi faqat sihhati 
badan ila bo‘lur»,
2
deb hisoblaydi va sog‘lom 
kishigina sog‘lom fikr yuritishi mumkinligini 
ta'kidlaydi. Umuman olganda, Behbudiy 
aksar maqolalarida ilgari surilayotgan 
fikrlarni Qur'ondan olingan oyatlar va 
Hadisi Sharifdan iqtiboslar keltirish bilan 
isbotlaydi. «Payg‘ambar alayhissalom 
aytadilarki: «Ilm ikkidur: biri badanlarni ilmi
digari ilmi din». Ilmi tibdan foydalanmoq 
va kasallarg‘a doru qilmoq va illatlardan 
hazar qilmoq va o‘zni yomon kasallardan 
saqlamoq to‘g‘risinda necha-necha amri 
payg‘ambar hadis kitoblarinda bordur». 
Behbudiy har bir kishi o‘z salomatligini 
asrashda, shuningdek diniy va dunyoviy 
amallarini bajarishda mukammal bo‘lishi 
kerak, deb hisoblaydi. Tabib Husayn 
Ramziy qalamiga mansub «Hifzu sihhati 
mutaahhilin» asaridan olingan misollar 
bilan maqolalarini boyitib boradi.
HEMIS olimasi Ingeborg Baldaufning 
ta'kidiga ko‘ra, o‘qish-o‘rganish faqat 
maktablarda kechadigan jarayon bo‘lmay, 
balki butun hayot davomidagi jarayondir. 
Shu bois «millat muallimlari» kattalarni 
savodli va ma'rifatli qilish ishiga alohida 
e'tibor berganlar va bu jarayonni yo‘lga 
qo‘yish uchun, asosan, mahalliy matbuot 
nashrlariga tayanganlar. Behbudiyning 
bu boradagi minbari «Oyina» bo‘lib, unda 
kattalar uchun meteriologiya, arxeologiya, 
2 Behbudiy M. Tanlangan asarlar. 2 jild. –Toshkent:Akademnashr,2018.
3 Baldauf I. XX asr o‘zbek adabiyotiga chizgilar.-Toshkent: Ma'naviyat,2001.
4 Tatar jadid adabiyoti namoyandasi Abdurashid Ibrohimov 1909 yilda Samarqandga kelib, jadid maktablari faoliyati bilan qiziqadi. Yaponiyada chop etilgan maqolasida Behbudiyni «o‘zbeklar 
qahramoni» deb ataydi.
5 Amerikalik jadidshunos olim Edvard Olvord «Birinchi o‘zbek dramasi» maqolasida ushbu faktni ilgari suradi. Edvard Olvord «Narodniy dom» rus teatri deb, Samarqand shahridagi hozirgi 
Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasida joylashgan «Bolalar kutubxonasi» binosini nazarda tutgan. Kutubxona, qiroatxona, keyinchalik muzey va teatr qurilishi mo‘ljallangan bu majmuaviy bino 
loyihasini general-gubernator S.M. Duxovskiy 1910 yil 22 iyulda tasdiqlagan. 1911 yilda kutubxona va qiroatxona faoliyatini boshlagan va parallel ravishda qurilish ishlari davom etgan. 
Aynan ana shu bino xalq orasida «Narodniy dom» nomi bilan tanilgan. Yana bir ma'lumot. «Zarafshon» gazetasining 1923 yil 25 martdagi №32 sonida Abdulhamid Azamatning «Behbudiy 
geografiya, gigienadan tortib, to tarix, bank 
ishidan ta'lim berar edi. Olimaning fikricha
bu maqolalar ma'lum sohadagi xabarlardan 
iborat bo‘lib, ilmiy asoslanmagan. Xuddi 
shu asosdagi tartibsiz, lekin foydali 
maqolalar o‘sha zamonda Abuqayum 
Nosiriyning «Birinchi muallim», Mahmud 
Tarziyning «Siroj ul-axbor», Adham 
Midhatning «Dag‘arjik», shuningdek, «Qirq 
anbar» jurnallarida berib borilgan. «Bu 
jurnallarning jurnalistika talablariga javob 
bera olish yoki bera olmasliklaridan qat'iy 
nazar, agar bu nashrlar o‘z o‘quvchisining 
qo‘liga borib tekkan bo‘lsa, ularga zarur 
bo‘lgan ma'lumot va ta'limni bera olgan, 
deb aytishimiz mumkin»
3
, deb hisoblaydi 
Ingeborg Baldauf.
Mahmudxo‘ja 
Behbudiyning
harakatlari, ya'ni eng nozik masalalardan 
tortib, fan-texnika taraqqiyotigacha 
bo‘lgan mavzularni o‘zida qamragan 
«Oyina» jurnalining bir yarim yildan 
so‘ng yopilishini inobatga olsak, zoye 
ketganligini tushunish mumkin. Adibning 
o‘zi bu haqda «mushtariysiz bir matoh», 
deb jurnalni yopadi. Lekin, yuqorida sanab 
o‘tilgan maqolalar savodsizlikni tugatish 
maktablarida kattalar uchun qo‘llanma 
sifatida foydalaniladi. Bu maqolalar hozir 
ham ahamiyatini yo‘qotgan emas. 
«O‘zbeklar qahramoni»
4
sifatida 
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zbek 
dramaturgiyasi poydevoriga asos soldi. 
Uning «Padarkush» dramasi qadim 
Turkistonda yaratilgan ilk drama va 
sahnaga qo‘yilgan asardir. To‘g‘ri, bundan 
oldin masxarabozlik, askiyabozlik, ayiq 
o‘yini, dorbozlik, polvonlar kurashi, tosh 
ko‘tarish kabi asosan o‘yin-kulgu va 
musobaqalarga yo‘g‘rilgan tomoshalar 
bo‘lgan. Lekin haqiqiy teatr qonun-qoidalari 
va tartiblariga rioya etilgan birinchi sahna 
asari «Padarkush» dramasi edi.
«Padarkush» dramasi 1913-yilda 
nashr qilinib, bir yil davomida 
Samarqanddagi «Narodniy dom» rus 
teatrida namoyish etildi
5
. Vaholanki, asar 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin