Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə213/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


217 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
bo‘lmasligini oldindan bashorat qiladi. 
Bir vaqtning o‘zida muallif jamiyatning 
baxtsizlik, qoloqlik tomon ketishini 
ko‘rsatish bilan birga, 1900 yillarda tuzilgan 
Markaziy Osiyo musulmonlari jamiyatining 
faol a'zolari parokanda bo‘lib ketganligiga 
ishora qiladi»
8

Asarning oxirgi ko‘rinishidagi so‘nggi 
daqiqalarida Ziyoli tomoshabinlarga 
qarata shunday xitob qiladi: «Agarda 
bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va 
padarkushlik alardan sodir bo‘lmas edi. Oh, 
haqiqatda boyni o‘ldirgan va bu yigitlarni 
azobi abadiyg‘a giriftor qilgan beilmlikdir”. 
Nodonlik, beilmlik, bema'nilik, jaholat 
so‘zlari muallif fikrni ifodalashda asosiy 
kalit vazifasini bajaradi.
Behbudiy ijtimoiy va siyosiy 
maqsadlarini asarga singdirish uchun 
azaldan qo‘llangan adabiy o‘yinlar, kinoya va 
qochiriqlar ko‘p ma'noli so‘zlardan mahorat 
bilan foydalanadi. O‘z yurtdoshlarini 
chinakam qotil kim va u nima uchun bu 
jinoyatga qo‘l urgani haqida jiddiy o‘ylab 
ko‘rishga majbur qiladi.
Mahmudxo‘ja Behbudiy ijod qilgan 
davrdagi adiblar o‘z asarlari tilida o‘zbek 
tilining lug‘aviy boyligidan oqilona 
foydalanganlari holda arab tili so‘zlaridan 
ham keng istifoda etishgan. Buning sababi 
shunda ediki, islom dini tili – arab tili 
bo‘lib, madrasa va maktablarda shu tilda 
ta'lim berilar edi. Ko‘plab ilmiy, ijtimoiy-
siyosiy, madaniy-ma'rifiy, diniy, falsafiy 
va boshqa tushunchalar arabcha so‘z va 
terminlar bilan ifodalangan. «Padarkush» 
dramasidagi farz, namoz, firoq, sabr, 
tahqiq, mavquf, mudarris, muallim, ummati 
islomiya, hukmi shariat, amri ma'ruf, faqru 
zarurat kabi so‘z va birikmalarning uchrashi 
fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Shu davr adabiy muhitini kuzatggan 
kishi asarlarda fors-tojik tilidagi so‘zlarning 
ko‘plab ishlatilganligining guvohi bo‘ladi. 
8 Mirzayeva Z. XX asr adabiyotining Amerikada o‘rganilishi.-Toshkent: Fan, 2011.
Asarda ta'lim- tarbiya, ma'rifat, oila, odob-
axloqqa doir fors-tojik tilidan olingan 
quyidagi so‘zlardan foydalanilgan. 
Padarkush, badbinon, boyvachcha, libos, 
podshoh, chahorshanba, hodisa, rafiq, 
bachagiryon, peshaki talab qilmoq, kamoli 
nodonlik, tabdil qilmoq kabi so‘zlar nutqiy 
ehtiyoj sabab asarga kiritilgan. Albatta, 
o‘zbek adabiy tilining leksik boyligiga 
xizmat qilgan. 
Davr taqozosi bilan rus tilining adabiy 
tilimizga kirib kelishi natijasida adib 
asarlarida rus tili va rus tili orqali kirib kelgan 
o‘zga tillardan foydalanish hollari ko‘p 
uchraydi.. Izvoshchik, dyujina, interesniy, 
papirus, chilen, isprizdim, ispasiba, priexal, 
mersi, dobriy vechrim va boshqalar. 
Professor A.K.Vorovkovning 
kuzatishlaricha, rus tilidagi so‘zlar o‘zbek 
tiliga 1905-yillarda boshlab kirib kela 
boshlagan va u asosan nutqning og‘zaki 
shakli orqali adabiyotlarga ham ko‘chgan. 
Bu davrda rus tilidan o‘zlashgan 
so‘zlar og‘zaki nutq orqali kirib kelgan, 
chunki ular mahalliy xalq nutqida qanday 
talaffuz qilinsa, xuddi shu holatda 
yozilganiga guvoh bo‘lish mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatilgan so‘zlarning ba'zilari 
lug‘at tarkibida mustahkam o‘rin egallab, 
hozirgi kunga qadar ishlatilib kelinmoqa. 
Jadid adabiyoti namunalarini tadqiq 
qilar ekansiz, o‘zbek adabiy tili leksikasining
boyib borishida turli yo‘ldan borilganligining 
guvohi bo‘lasiz. O‘zbek tilining ichki 
imkoniyatlari – sheva va lahjalardan keng 
foydanlanilgan bo‘lsada, ruscha va rus tili 
orqali o‘zlashgan so‘zlarga ham e’tibor 
kuchli bo‘lgan. 
Xalqimizni ma’rifatli va madaniyatli 
ko‘rish orzusida zahmat chekkan jadid 
bobolarimiz adabiy merosini o‘rganish 
tilshunos, adabiyotshunos olimlarimiz 
oldiga katta vazifalarni yuklaydi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin