ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son 94 aqliy-hissiy bilish o‘rtasida joylashgan.
Hissiy bilish to‘liq bilish emas, beqarordir.
Kattalashadigan va kichrayadigan ashyolar
yolg‘on, soxta bilim hosil qiladi. Haqiqiy
idrok Haq birligiga singib ketgan. Haqiqiy
bilish shuki, o‘z holida qoyim va g‘olibdir.
Buni anglash uchun bilishning “takroriy”,
“tasdiqiy” va “tahqiqiy” xossalarini bilish
lozim.
Haqiqatga olib boruvchi bilishning
“takroriy” xossasi sifatiy va miqdoriy bilish
bo‘lib, so‘z va fikr orqali ifodalanadi. Bunda
inson narsa-hodisalar mohiyatini tafakkur
orqali biladi: “rasmiy” ma’rifat xuddi yozgi
yomg‘irga o‘xshaydi, na bemorga shifo
beradi, na chanqoqni qondiradi, ya’ni rasmiy
bilim, quruq yodlash, qalbga muhrlanmagan
bilim, tafakkursiz ibodat ilohiy haqiqatga
olib bormaydi. Inson o‘sish (aql)ning
real dinamikasini yo‘qotmagunicha turli
mantiqiy asoslar to‘planmasi bo‘lgan
ma’nosiz e’tiqod va marosimga amal qiladi.
Haqiqat ko‘ngil (sir) bilan amal qilish,
ya’ni haqiqat qalb ko‘zi, “nurlanish”, ma’naviy
tafakkur orqali topilsa, qalb asosiy bilish
quroli bo‘ladi. Qalb birlik (ruh) va ko‘plik
(nafs) mamlakati o‘rtasidagi chegarani
belgilaydi. Nafs “men”lik, har qanday
yovuzlik manbai bo‘lsa, qalb ruh va nafs
o‘rtasidagi nur ko‘rinishidagi substansiya
bo‘lib, “nafsi komila” holatidagi qalbga
aylanadi. Qalb ruhning barcha tushunchalari
va mukammalliklarini qamrab oladi. Qalb
haqidagi bilimlar qalb bilan anglanadi. Bu
bilimlar qidirib topilmaydi, aksincha, oliy
dargohdan tuhfa etiladi
6
.
Mahmud Shabustariyning “Gulshani
roz” sharhida keltirilishicha, irfon va
Haqni tanish ikki yo‘l orqali muyassar
bo‘ladi: birinchisi, asardan muassir
(ta’sir o‘tkazuvchi)ga, fe’ldan sifatga va
sifatlardan Zotga (Haq zotiga) istidlol qilish
orqali. Bu yo‘l olimlarga xosdir. Ikkinchisi,
ko‘ngilni poklab tafakkurni (aqlni, fikrni)
va shuningdek, ruhni, haqdan boshqa
barcha narsalardan ajratish orqali. Bu yo‘l
6 Шейх Хаким Муиниддин Чишти. Суфийское целительство. – Москва-Санкт-Петербург.: Диля, 2001. 178-стр. 7 Шайх ал-Калободий. Тасаввуф сарчашмаси / Арабчадан Отақул Мавлонқул ўғли ва Мавлуда Отақул қизи таржимаси. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 2002. 112-бет. 8 Али ибн Усман аль-Джуллаби аль-Худжвири. Раскрытие скрытого за завесой для сведущих в тайнах сердец. (Кашф аль-махжуб ли арбаб аль-кулуб) / Пер. с английского А.Орлова. Издание первое. – М.: Единство, 2004. 12, 187-бет. 9 Шайх Саййид Абдулқодир Гийлоний. Сиррул-асрор. Мактубот / Таржимон, нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоҳлар муаллифи: О. Жўрабоев. Масъул муҳ: С.Ҳасанов, С.Рафиддинов. – Т.: Мовароуннаҳр, 2005. 75-бет. 10 Сержило тафаккур дурдоналари. Тузувчи ва таржимон А.Жалолов. – Т.: Наврўз, 2003. 84-бет. payg‘ambarlar, nabiylar, avliyolar va oriflarga
xos yo‘l: “Barcha oshkoru nihon U (Alloh)
durkim, Haq ahlidan bo‘lsang, hammasini
faqat “Bir” deb bil”.
Haqiqatning ikki darajasi bo‘lib, birinchi
darajasi, Haqni bilish (Allohni ko‘ringan
sifatlar orqali bilish), ikkinchi darajasi Haqni
anglash (Allohning yagonaligini anglash)
7
dirki, unda insonning Haq taologa yaqinlik
manzili (daraja, holi)ga kelishi, qalbining
barcha nosozliklardan poklanishi (tanzih)
8
ro‘y beradi, orifning “hikmatli so‘zlari bilan
o‘lik qalblarni tiriltiradi”
9
.
Haqiqatni anglashning usullaridan biri
“hayrat” bo‘lib, Haqiqatni izlash mushkul,
hech kim unga to‘liq erisha olmaydi, o‘z
o‘rnida hech kim uni umuman payqamasligi
ham mumkin emas. Ammo har bir
inson haqiqatni anglash uchun oz bo‘lsa
ham o‘z hissasini qo‘shadi, bu xissalar
assotsiatsiyasi natijasida ulug‘vor manzara
paydo bo‘ladi
10
.
Har bir narsaning ichki xususiyati
(immanentligi) va tashqi aloqadorligi
negizida har safar yangi va betakror
muqobil yo‘lni tanlash mujassam. Ratsional
turmush tarzida yashaydigan bugungi
kun kishisi hayotining har bir jarayonini
nazorat qilishni hamda kelajakni oldindan
ko‘rishni istaydi. Mantiqiylik, aniqlik,
avtomatlashtirish, oldindan rejalashtirishga
odatlangan zamonaviy inson uchun barcha
narsa-hodisa tushunarli va xavfdan xoli
bo‘lib ko‘rinadi. Xavfdan holilik inson
imkoniyatining cheklanishiga olib keladi.
Haqiqatan ham, hamma narsani nazorat
qiladigan, har bir tiyinini hisob-kitob
qiladigan, oldindan kerakli choralarni ko‘rib,
kelajakka zamin yaratib qo‘yadigan inson
Allohning uning har bir xatti-harakatini
kuzatib turgani va uning ertasi uchun
qanday reja tuzib qo‘yganini bilmaydi, Inson
haqiqatni anglashi uchun ratsional tuzilgan
reja ish bermaydi, insonning xudbinligi,
kibri, o‘z-o‘ziga mahliyoligi uning haqiqat
yo‘lidan ancha tubanda ekanini ko‘rishga
IJTIMOIY FANLAR