“Maqsadlar shajarasi”
– bu maqsadlar bilan ularga
erishish vositalari o‘rtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U
bo‘lajak voqealar o‘zaro aloqasining to‘la manzarasini
tasavvur qilish, konkret vazifalar ro‘yxatini olish va
ularning nisbatan muximligi to‘g‘risidagi axboratga ega
bo‘lishi imkonini beradi.
U tashkiliy struktura bilan
maqsadlar strukturasi o‘rtasida moslashuvni vujudga
keltirish yo‘li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita
ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi.
“Maqsadlar shajarasi” ierarxiyalar ko‘rinishidagi bir
necha darajalardan:
bosh maqsad;
I darajali kichik (asosiy) maqsadlar;
II darajali kichik maqsadlar va xokazolardan tashkil
topadi.
“Funksiya
” - bu lotincha so‘z bo‘lib biror
kimsa yoki
narsaning ish, faoliyat doirasi,
vazifasi degan ma
’nolarni bildiradi.
“
Vazifa
” - bu amalga oshirilishi, xal
qilinishi lozim bo
‘lgan masala, erishilishi
lozim bo
‘lgan, ko‘zda tutilgan maqsad. Yoki
biror bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat
lavozimi, mansab, amal.
G‘arb menejmentining
bugungi zamonaviy
nazariyasi boshqarish funksiyalarini
turkumlashda eng avvalo uning quyidagi
asosiy (umumiy) funksiyalariga ustuvorlik
berishadi:
rejalashtirish;
tashkil qilish;
tartibga solish va muvofiqlashtirish;
nazorat;
rag‘batlantirish (motivlashtirish).
Motivlashtirish
-
bu ruhiy omil bo‘lib, shaxs
faolligining manbaasi, sababi,
dalili va
harxil turli ehtimollaridir. U xodimlarni jonli
mehnat faoliyatiga rag‘batlantiruvchi
kuchli
vositadir.
Boshqacha qilib aytganda
motivlashtirish
-
bu kishilar faoliyatini ruhiy yo‘llar bilan
maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. U
mua’yan ehtiyojni qondirish bilan bog‘liq.
Ehtiyoj esa sabablarda namoyon bo‘ladi.