O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

“Maktab aqliy taraqqiyot testi”.
“Maktab aqliy taraqqiyot testi” 
o`smirlik va o`spirinlik davridagi o`quvchilar aqliy taraqqiyoti diagnostikasi 
uchun, maktabdagi ta`lim jarayonida aqliy rivojlanishni nazorat qilish uchun 
mo`ljallangan. 
Metodika 
M.K.Akimova, 
E.M.Borisova, 
K.M.Gurevich, 
V.T.Kozlova, G.P.Loginova, V.G.Zarxin tomonidan taklif qilingan.
“Maktab 
aqliy taraqqiyot testi”psixologik maslahat, ta`lim nazorati, o`quvchi aqliy 
taraqqiyotini tuzatish bo`yica umumiy va individual tavsiyalar ishlab chiqish 
sohalarida qo`llanilishi mumkin. 
 
“Maktab aqliy taraqqiyot testi” 6ta subtestdan tuzilgan bo`lib, ularning 
mazmuni quidagilardan iborat: 

Umumiy bilimdonlik; 

Umumiy bilimdonlik; 

Analogiya; 

Tasniflash; 

Umumlashtirish; 

Sonlar qatori. 
Test bir-biriga o`xshash 2 ta shakl – A va B shakllariga ega. 
Testni to`g`ri o`tkazish uchun ko`rsatmaga qat`iy amal qilish, sekundomer 
yordamida subtestlar bajarilish vaqtini nazorat qilish, topshiriqlarni bajarishda 
sinaluvchilarga ko`mak bermaslik juda muhimdir. Butun test bo`yicha 


98 
sinaluvchilarga umumiy ko`rsatma tadqiqotchi tomonidan og`zaki ko`rinishda 
beriladi. 
Subtestlarni bajarish uchun sinaluvchiga muayyan vaqt belgilab beriladi. 
Quidagi jadvalda topshiriqlar va ularga ajratilgan vaqt ko`rsatilgan. 
t.r. 
Subtestlar nomi 
Subtestdagi 
topshiriqlar soni 
Bajarilish vaqti 
(m) 
1. 
Umumiy bilimdonlik -1 
20 

2. 
Umumiy bilimdonlik -2 
20 

3. 
O`xshashlik 
25 
10 
4. 
Tasniflash 
20 

5. 
Umumlashtirish 
19 

6. 
Sonlar qatori 
15 

Ko`rsatma: “Siz tirli topshiriqlar to`plamini bajarishingiz lozim.Har bir 
topshiriq taklif qilinishidan oldin, ular yaxshilab tushuntiriladi hamda ularni 
echish yo`llari misollar bilan keltiriladi. Har bir topshiriqlar to`plamini bajarish 
uchun muayyan vaqt belgilangan. Topshiriqni ko`rsatma asosida boshlaysiz va 
tugatasiz. Har bir topshiriqni qat`iy tartib boicha echishingiz, bunda tez va 
xatosiz ishlashga harakat qilishingiz zarur”. 
Sinaluvchilarga ko`rsatma o`qib eshittirilganidan so`ng tadqiqotchi javob 
varaqasini tarqatib chiqadi. So`ngra o`quvchining familiya, ismi, sharifi, 
tadqiqot o`tkazilish vaqti, o`quvchi o`qiydigan maktab va sinf haqidagi 
ma`lumotlarni to`ldirish bo`yicha ko`rsatma beriladi.
Tadqiqot natijalari barcha subtest lar bo`yicha to`plangan ballar yig`idisi 
asosida hisoblanadi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin