O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

X.Shmishekning 
aktcentuatsiya 
tiplarini 
diagnostika 
qilishga 
mo`ljallangan 
metodika. 
Ushbu 
metodika
 
K.Leongardning 
xarakter 
aktsentuatsiyasi kontceptciyasi asosida yaratilgan. Bunda 10 ta tip ajratib 
ko`rsatiladi: 
1.Namoyishkorona tip -boshqalarning diqqat markazida bo`lish;
2.Pedantik tip - haddan ortiq tartiblilik, qat`iyatsizlik, ehtiyotkorlik, 
o`zgarishlarga noqobillik;
3.
Qotib qoluvchi tip (rigidlik) - kuchli barqaror affekt, emotsional 
kechinmalarni uzoq saqlanishi;

4.
Qo`zg`aluvchan tip – impulsivlik;

5.
Gipertim tip - doimo ko`tarinki kayfiyatning ustuvorligi;

6.
Distim tip - gipertimning aksi, hayotning achchiq, qora tomonlariga 
etiborlilik, passivlik;

7.
Xavotirli tip - omadsizliklardan cho`chish,kuchli xavotirlanish, 
tortinchoalik, o`z kuchlariga ishonmaslik;

8.
Tsiklotim tip - gipertim va distim holatlarni doimiy almashinib turishi;

9.
Ekzaltir tip - quvonchli holatlarga va qayg`uga kuchli reaktsiya 
ko`rsatish, haddan ortiq ta`sirchanlik;

10.
Emotiv tip - yumshoq ko`ngillilik, dilkashlik,yuqori empatiya, 
yig`loqilik.
 
 


106 
Proyektiv texnikalar: 
 
Psixoanalizning asosiy tushunchasi ongsizlikdir. Dastavval, bu tushuncha 
shaxsning yashirin harakatlantiruvchi kuchi , organizmning yashirin tubidan 
harakat qiluvchi motiv deb qaralgan. Aql ongsizlikka nisbatan yashirin 
mexanizm bo`lib xizmat qiladi.
Ongsizlik sohasiga kirish, undagi yasharin tendentciyalarni tushunish 
uchun eksperiment davomida ongni o`ziga xos topshiriqlarni hal qilishga 
qaratish lozim bo`lgan. Bu esa shaxsda ongsizlikni ihtiyorsiz tarzda namoyon 
qilish imkonini yaratgan. Aynan mana shunday topshiriqlar proyektiv 
metodikalarga kiritilgan. 
Shaxsning yetukligi darajasini belgilovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biri –
mas’uliyatdir. Shaxsning muhim xususiyati birovlarga bog‘liq bo‘lmasligi, 
mustaqillik va o‘z maqsadlariga erishishda insonning faolligi, bo‘layotgan 
voqealarga nisbatan shaxsiy javobgarlik hissining rivojlanishidir. 
Ushbu xususiyatni o‘rganish metodlari dastlab XX asrning 60 yillarida 
AQSH da ishlab chiqilgan. Nazorat lokusi nazariyasi yaratilib, uning asoschisi 
amerikalik olim Dj.Rotter hisoblanadi. Unga ko‘ra har bir insonda ikki turdagi 
mas’uliyat kuzatiladi. Bular: 
1.
Internal nazorat lokusi. 
2.
Eksternal nazorat lokusi. 


107 
Birinchi turdagi mas’uliyatda shaxs o‘zining hayotida ro‘y beradigan 
barcha hodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida o‘zini tan oladi. Bunday 
kishilarda internal nazorat lokusi ustunlik qiladi. 
Mas’uliyatlilikning ikkinchi turida undan farqli barcha ro‘y bergan va 
beradigan voqea va hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar 
hisoblanadi. Nazorat lokusining bu turi eksternal nazorat deb ataladi. 
Eksternallar mas’uliyatni boshqalar zimmasiga yuklashga moyildirlar. 
Internallar o‘z hayotlaridagi barcha yaxshi narsalarga o‘z kuchlari bilan 
erishadilar va kelajakda ham o‘z maqsadlariga muvaffaqiyat bilan erishishga 
qobil bo‘ladilar. Biroq shu bilan birga ular barcha salbiy hodisalar javobgarligini 
ham o‘z bo‘ynilariga oladilar, omadsizlik, azoblanishlarda o‘zlarini ayblaydilar. 
Bunday kishilar o‘z ishlarini tashkil qilishda o‘z harakatlarini muhim omil deb 
hisoblaydilar, jamoadagi munosabatlar, lavozimda ko‘tarilish faqat o‘zlariga 
bog‘liq bo‘ladi. 
Internallar oilaviy hayotdagi voqea va hodisalarga o‘zlarini mas’ul deb 
biladilar, oilaviy muammolar yuzaga kelsa, bunda turmush o‘rtoqlarini emas, 
avvalom bor o‘zlarini aybdor his qiladilar va o‘zlarini o‘zgartirishga harakat 
qiladilar. Bunday odamlar o‘zlarini boshqalar bilan norasmiy munosabatlarini 
nazorat qilishga qobil deb biladilar, o‘zlariga nisbatan hurmat, simpatiyani, 
muloqot doirasini faol qura oladilar. 
Internal ko‘p jihatdan salomatligiga ham o‘zi mas’ul ekanligini his qiladi. 
Agar betob bo‘lib qolsa, o‘zini ayblaydi va davolanish ham vrachga emas, 
o‘ziga bog‘liq deb hisoblaydi. 
Shunday qilib, internal uchun faol hayotiy pozitsiya, mustaqillik, o‘ziga 
nisbatan mas’uliyat hissi xosdir. 
Eksternallar esa aksincha, ko‘pincha passiv bo‘ladilar, ular uchun 
pessimizm xos bo‘lib, o‘zlariga hech narsa bog‘liq emas, hamma narsa tashqi 
sharoitlarga bog‘liq deb hisoblaydilar. Ular o‘zlarining muvaffaqiyati, yutuq va 
quvonchlarining ham sababchisi omad, taqdir yoki odamlarning yordami deb 
biladilar. 


108 
“Internal” tipidagi odamlar ko‘pincha hayotda “g‘olib”, eksternallar esa
“mag‘lub” bo‘lib, ularning hayotiy ssenariylari ham, o‘zlari va boshqa 
odamlarga bo‘lgan munosabatlari ham turlicha bo‘ladi (ssenariy – hayotiy reja). 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin