119
asoslangan diagnostik test” asarining nashr qilinishi bilan bog‘langan. O‘zi
rassomlikdan
voz kechishiga qaramay, Germon Rorshax san’at va rassomlik
tarixi bilan ko‘proq qiziqardi. Unga ma’lum bo‘lishicha, buyuk Leonardo da
Vinchi o‘z xayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni uzoq vaqt
davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirar edi. Bu xususiyat,
ya’ni atrofimizdagi predmetli dunyoni “jonlantirish”
barchaga, ayniqsa
rassomlar va yosh bolalarga xos bo‘lgan xususiyatdir.
G.Rorshaxning taxminiga ko‘ra, siyoh dog‘lari, ya’ni ko‘rishga
yo‘naltirilgan siyoh dog‘lari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi.
G.Rorshaxdan avval siyoh dog‘lari bilan boshqa psixologlar, masalan
Rassiyada F.E.Ribakov, A.Bine va V.Anri – Fransiyada eksperimentlar
o‘tkazishgan. Biroq G.Rorshax birinchi bo‘lib fantaziya
obrazlarini shaxsning
asosiy sifat va xislatlari bilan aloqasini isbotlab berdi. Rorshax g‘oya va
tadqiqotlari hozirgi kunda ikki yirik yo‘nalishda – Amerika ( Vesk, Klopfer,
Daviolson) va Evropa (Bohm, doosli – listeri) yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi.
Rossiyada Rorshax testini qo‘llashga dastlabki urinishlar 20 – 30 yillarga
to‘g‘ri kelib, u asosan shaxs anomal xususiyatlarini aniqlash, nevroz va
psixopatlar diagnostikasi,
shuningdek, epilepsiya kasalligini tadqiq qilishda
fo‘ydalanildi. 60 yillardan boshlab Rorshax testi psixologlarning tadqiqotva
klinik diagnostik ishlarida keng tadbiq qilina boshlaydi. Dastlabki metodik
qo‘llanmalar yuzaga keladi. Bu testdan tashqari proyektiv metodikalar qatoriga
1935 yilda dastlab jurnalda nashr qilingan tematik appersepsion testini ham
(TAT) kiritish mumkin. Bu test fantaziyani eksperimental o‘rganish metodikasi
sifatida yuzaga keldi. Uning avtori G. Myurrey hisoblanadi.
Rorshax testi
singari bu testning ham o‘z tarixi mavjud. Psixolog va psixiatrlarga shu narsa
oldindan ma’lum ediki, tekshiriluvchilar uchun maxsus tanlab olingan syujetli
rasmlar asosida tuzilgan hikoyaga qarab, insonning qiziqishlari, mayllari haqida
xulosa chiqarish mumkin. Ba’zida esa psixikaning kasallik holatini ham aniqlash
mumkin. Bir qarashda TAT fikri, G.Rorshax g‘oyasiga
qaraganda ancha sodda
va aniq ko‘rinar edi. Ammo bunda “avtor” aynan qaysi shaxsiy tajribasi uning
120
“qahramonalar”i taqdiri va portretini to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi – yu va
qaysilari qarama – qarshi ma’noda aks etishini tushunish murakkab edi.
30-50 yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar Myurreyning TAT
hikoyalarida uyqudan qolish, bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsizliklar yoki omad aks
etishi haqidagi fikrini tasdiqladi.
Dostları ilə paylaş: