Glossariy Shaxs - o`zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy bo`lgan, o`z e`tiqodi,
qarash, munosabatlari, baholariga ega bo`lgan sub`ekt.
Inson tushunchasi barcha odamlarga xos bo`lgan insoniy xususiyatlar
majmuyini o`z ichiga oladi. Bunda konkret insonda ushbu xususiyatlar bor yoki
yoqligi ahamiyatga ega emas.
Individ – biologik, jismoniy, ijtimoiy, psixologik xususiyatlarga ega
bo`lgan alohida olingan inson.
Individ tushunchasiga insonni boshqalardan ajratib turuvchi xususiyatlar
bilan bir qatorda barcha insonlarga xos bo`lgan sifatlarni ham kiritish mumkin.
Individuallik – insonni boshqalardan ajratib turuvchi individlik va
shaxslilik sifatlarini o`z ichiga oladi.
Shaxs so`rovnomalari – bu shaxsning alohida xususiyatlarini aniqlash
va baholash uchun qo`llaniladigan metodik vositalar majmuidir.
Internal nazorat – shaxs o`zining hayotida ro`y beradigan barcha
hodisalarning sababchisi, ma`suli sifatida o`zini tan olishi.
Eksternal nazorat – bu nazorat turining asosiy jihati shu bilan
xarakterlanadiki, bunda barcha ro` berayotgan voqea va hodisalarning ma`suli,
sababchisi sifatida tashqi omillar, boshqa odimlar hisoblanadi.
Adabiyotlar :
1.
Z.T.Nishonova va boshqalar. Psixodiagnostika. O’quv qo’llanma. T.:
2008 .
2.
Z.T.Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdieva. Psixodiagnostika va
eksperimental psixologiya. O’quv qo’llanma. T.: “Tafakkur bo’stoni” – 2011..
3.
R.Y.Toshimov,
E.G`.G`oziev.
Psixodiagnostika
va
amaliy
psixologiya. O’quv qo’llanma. T.: TDPU – 2004.
4.
Rasulov A. Psixodiagnostika. T.: 2010.
5.
E.G’oziyev. Umumiy psixologiya. T.:2012.
6.
Бодалев А.А., Столин В.В. Общая психодиагностика. М.: 2001