Flegmatik
- barcha temperament xususiyatlari bo‘yicha past ko‘rsatkichlar.
Melanxolik
- kuch-quvvat (energichnost), egiluvchanlik bo‘yicha past,
tezlik (temp) bo‘yicha o‘rtacha yoki emotsionallik bo‘yicha yuqori
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlar.
Har bir sinaluvchi uchun uning temperamentining ikki tipi belgilanadi, biri
ish jarayonida ko‘rinsa, ikkinchisi kishilar bilan munosabatda namoyon bo‘ladi.
171
FRAYBURG SAVOLNOMASI YORDAMIDA SHAXS
XUSUSIYATLARINI O`RGANISH
Frayburgning shaxs savolnomasi (FRI) 1963 yili Y.Farenberg, X.Zarg,
R.Gampel kabi tadqiqotchilar tomonidan amalda qo’llanildi. Test birinchi marta
1970 yili, ikkinchi marta 1973 yili nashr qilindi, uchinchi nashri esa 1978 yilda
chiqdi.
Bu metodika inson shaxsining ba’zi bir xususiyatlarini tashhis qilish
uchun
yaroqli bo’lgan ko’p omilli testdir. Bu amaliy va ilmiy tadqiqot maqsadlari
uchun muhim manbadir. Savolnoma shaxs to`g’risida har tomonlama
ma’lumotlar beradi.
Test tadqiq qilinuvchilarning keng ommasiga mo’ljallangan. Ushbu
metodikaning qisqartirilgan varianti ham bor.
Testni yakka holda yoki guruhiy shaklda qo’llash mumkin. Bajarish uchun
vaqt savolnomaning shakliga bog’liq, bo`lib, u 20 daqiqadan 50 daqiqagacha
davom etishi mumkin. Tadqiqot uchun yo`riqnoma, savolnoma va javoblar
varaqasi zarur. FPI savolnomasi 12 shkaladan iborat.
Savolnomadagi savollar soni 114 ta. Faqat birinchi savol hech bir
o’lchamga (shkalaga) xos emas, chunki u tekshirish xarakteriga ega. I-XII
shkalalar asosiy shkalalar hisoblanadi.
I – shkala
Asabiylashganlik.
II -shkala
Spontan tajovuzkorlik.
III -shkala
Ruhiy siqilganlik.
IV-shkala
Jizzakilik.
V-shkala
Dilkashlik.
VI
shkala
Og’ir, vazminlik.
VII-shkala
Reaktiv tajovuzkorlik
VII-shkala
Uyaluvchanlik, tortinchoqlik.
IX-shkala
Oshkoralik,samimiylik
172
X-shkala
Ekstravertlik va introvertlik.
XI-shkala
Emotsional labillik, o’zgaruvchanlik
XII-shkala
Maskulinizm-feminizm
I-shkala shaxsni asabiylashganlik darajasini belgilaydi. YUqori baholar
psixosomatik buzilishlar bilan jismoniy zaif kishilarning asabiylashganlik
holatiga mos keladi. Bu omilni, psixologik terminlardan foydalanib, uni
quyidagicha yanada aniqroq tavsiflash mumkin: asabiylashganlik, asabiy,
kasalmand, biror bir holatdan chiqib ketolmaydigan, o‘z xissiyotlariga berilgan.
II-shkala (spontan tajovuzkorlik) introtensiv turdagi psixopatik holatni
aniqlash va baholashga imkon beradi. YUqori baholar g‘ayri-ihtiyoriy xulqqa
ega bo‘lgan kishilarga xos xususiyatlarni bildiradi. O‘z-o‘zidan paydo
bo‘ladigan (spontan) tajovuzkorlik — bu tajovuzkor, beixtiyor, soddadil,
chiqisha olmaydigan, murosasiz deganidir.
III -shkala (ruhiy siqilganlik) - psixopatologik ruhiy siqilganlik holatlari
uchun xos bo‘lgan belgilarga tashhis qo‘yish uchun imkon beradi. YUqori
baholar mana shu belgilarning emotsional holatda, o‘ziga va ijtimoiy muhitga
bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lishini bildiradi. Depressivlik - bu
ta’bixiralik, ishonchsiz, g‘amgin, ichki azoblanish xususiyatlari yig‘indisidir.
IV-shkala
Jizzakilik va turg‘unligidan darak beradi. Jizzakilik — bu
chidamsiz, beixtiyor asabiylashgan, jiddiy tarang, soddadil, injiqlik demakdir.
V- shkala
(Dilashlik) ijtimoiy faollikning imkoniyatlarini va bu
xususiyatlarning haqiqiy ko‘rinishini ifodalaydi. YUqori baholar ehtiyojni
ta’minlashda doimiy tayyorlikni va muomala ehtiyojining borligidan dalolat
beradi. Do‘stonalik - xushmuomalalik, dilkashlik, uddaburonlik xususiyatlaridir.
VI-shkala (Og‘ir, vazminlik)-ruhiy zarbaga chidamlilikni anglatadi.
YUqori baholar kelajakka ishonch va faollikni, o‘ziga ishonchi odatdagi hayotiy
holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganlikni anglatadi.
Mo‘‘tadillik - bu yaxshi kayfiyat-barqarorlik, matonatlilik, xotirjamlilik, o‘z
kuchiga ishonch, ishonuvchanlik, faollik demakdir.
173
VII -shkala (Reaktiv tajovuzkorlik) - ekstratensiv tipdagi psixopatik
belgilarni namoyon bo‘lishini aniqlaydi. YUqori baholar ..likka intilishni va
ijtimoiy muhitga tajovuzkorona munosabatni ifodalaydi. Reaktiv tajovuzkorlik -
bu tajovuzkorona o‘z qarashlarini himoya qilish, o‘z fikrini himoya qilish,
xudbinlik, manmanlik, obro‘ga, yuqori mavqega, ustunlikka intilish demakdir.
VIII -shkala (Uyaluvchanlik, tortinchoklik) insonning hayotiy vaziyatlarda
o‘zini passiv himoya qilish xususiyatiga moyillikni aniqlaydi. Bu kuchsiz
himoyalangan turda o‘tadi. YUqori baholar shkalada xavotirlilik, ishonchsizlik,
tortinchoqlik xususiyatlarini mavjudligini ifodalab, bular esa o‘z navbatida
ijtimoiy munosabatlarga kirishishni qiyinlashtiradi. Tortinchoqlik - vazmin,
ishonchsiz, uyatchan, hayajonlanuvchi, tahlikaga tushuvchi.
IX-shkala (Oshkoralik) o‘z-o‘zini tanqid darajasini, ijtimoiy muhitga
munosabatini tavsiflashga imkon yaratadi. YUqori baholar o‘z-o‘ziga tanqidning
yuqori darajasidan, atrofdagi kishilar bilan ishonarli oshkora birgalikda
harakatga intilishdan darak beradi. Ushbu shkala buyicha baxolar sinalayotgan
kishining berilgan savolnoma bilan ishlayotganda u yoki bu darajada
javoblarning samimiyligini tahlil kilishga imkon yaratadi, bu esa boshqa
savolnomalarning yolg‘on shkalalariga tug‘ri keladi. Samimiylik xususiyati o‘z-
o‘zini tanqid, oshkoralik, shaxsiy kamchiliklarni va xatolarni tan olishni
bildiradi.
X-shkala (Ekstravertlik va introvertlik) yuqori baholar shaxsning
ekstravertlik, quyi baholar esa introvertlik xususiyatlariga mos keladi.
XI-shkala (Emotsional labillik, o‘zgaruvchanlik) yuqori baholar etarli
o‘zini idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo‘zgaluvchanlik, kayfiyatning tez-tez
o‘zgaruvchanligida ko‘rinadigan emotsional holatning noto‘g‘riligini ko‘rsatadi.
Quyi
baholar
faqatgina
emotsional
holatning
yuqori
barqarorligini
tavsiflamasdan,
balki
o‘z-o‘zini
idrok
qila
olishni ham ko‘rsatadi. Emotsional o‘zgaruvchanlik-barqarorlik, emotsional
turg‘unlik yoki noturg‘unlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, serjahllik,
jushqinlik, g‘am yoki kelajakka ishonch, xursandchilikni bildiradi.
174
XI-shkala (Maskulinizm-feminizm) - yuqori baholar ruhiy faoliyatning,
xususan, erkaklarga- xosligidan guvohlik bersa, quyi baholar ayollarga
xosligidan darak beradi. Mardlik-nazokatlilik-faollik, hammadan bilimdon,
fahmlash, topqirlikdir.
Sinov yakka holda yoki sinaluvchilar guruhi bilan o‘tkazilishi mumkin.
Sinalayotganlar bir-biriga halaqit bermaydigan holatda joylashtirilishi lozim.
Tadqiqotchi tadqiqot maqsadini va savolnoma bilan ishlash qoidasini qisqacha
bayon qiladi. Sinalayotganlarning topshiriqlarni bajarishiga ijobiy va qiziqish
bilan munosabatda bo‘lishlariga erishish muhimdir. Ularning e’tibori ish paytida
javoblar bo‘yicha maslahatlashishning va o‘zaro har qanday muhokamaning
mumkin emasligiga qaratilmog‘i darkor. SHundan keyin psixolog
sinaluvchilarga diqqat bilan yo‘riqnomani o‘rganib chiqishni tavsiya qiladi,
so‘ng savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, ularga javob beradi, savolnoma bilan
mustaqil ishlashni taklif etadi.
Natijalar tahlilini tekshiruvchilar to‘ldirgan barcha javob varaqalarini
birinchi savolga qanday javob berganligini aniqlagan holda qarab chiqishdan
boshlash kerak.
Tekshirilayotgan kishi qo‘yilgan savollarga ochiqchasiga javob berishni
istamasa, tadqiqot amalga oshmagan deb hisoblanish kerak. Birinchi savolga
ijobiy javob olingan taqdirda tadqiqotning natijalari ishlab chiqilgandan keyin
yuqori va quyi baholar ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: |