Iqtisodiy xavfsizlik taminlash – davlat siyosatining muhim tarkibiy
qismi hisoblanadi. Buning uchun, avvalombor uning siyosiy-tashkiliy va huquqiy
asoslari yaratiladi. Ushbu maqsadda konsepsiya ishlab chiqiladi.
Ijtimoiy (sotsial) degan tushunchada odamlar hayotiy faoliyatining jami
umumiy, jamoa harakteri ifodalangan. Unda turli birliklar-sinflar, ijtimoiy
qatlamlar, tabaqalar, millatlar, xalqlar oʼrtasidagi birlashuvga qaratilgan intilishlar
namoyon boʼladi. Kishining u yoki bu sinfga, ijtimoiy qatlamga boʼlgan aloqasi
uning jamiyatga tutgan oʼrniga berilgan baxo hisoblanadi.
Ijtimoiy soha sinflar va ijtimoiy guruhlar, millatlar va elatlarning manfaat-
larini, jamiyat bilan shaxsning munosabatlarini mehnat va turmush sharoitlarini,
kishilarning sixat – salomatligi va bush vaktini oʼz ichiga oladi. Faqatgina ana shu
sohada iqtisodiy faoliyatning natijalari roʼyobga chikadi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf
qilishag yo‘naltirilgan siyosatdir.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‟nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga ortib
borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam
oshirib borish hisoblanadi.
Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‟nalishi – ichki iste‗mol
bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari
asosiy turlari iste‗molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishida
muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori
boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‗yorlangan tarzda sotishni
tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo‘ladi.