173
qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib
borildi.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti
— ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarni
bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi, yaʼni mehnat faoliyati turlarining
alohidalashuvi. Umuman jamiyatda mehnat taqsimoti asosida faoliyatni
ayirboshlash yotadi va har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bir
qismini yaratishga ixtisoslashadi. Faoliyat turlari boʻyicha mehnat taqsimotining
umumiy, xususiy va yakka koʻrinishlari bor.
Ijtimoiy to‟lovlar
– kam ta‗minlanganlarga pul yoki natural yordam
ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda
qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi.
Ijtimoiy to‟lovlarning maqsadi
jamiyatdagi
munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish
hisoblanadi.
Ish haqi -
turli kasb egalari o'zlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishda ko'rsatadigan mehnat xizmatlari narxidir. Nominal ish haqi - Bu xodim
tomonidan ma'lum vaqt (hafta, oy va hk) davomida olgan pul miqdori.
Kapitalning to‟planishi –
bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish
(kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Ya‗ni, korxonadagi
ishchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom
ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi .
Kapitalning markazlashuvi
– bu bir kapital tomonidan boshqa birining
qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati
shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir.
Liberalizm
(fransuzcha:
libéralisme
)—
odamlarning
oʻzini,
xatti-
harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan.
Dostları ilə paylaş: