B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Mintaqaviy siyosat – 
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining davlat 
tomonidan tartibga solinishidir. Uning asosiy vazifasi mavjud imkoniyatlardan 
oqilona foydalanish hisobiga mamlakatdagi barcha hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish darajasini imkon qadar bir-biriga yaqinlashtirish, aholining turli 
qatlamlari o`rtasida moddiy nе'matlar taqsimotidagi hududiy tafovutlarni eng kam 
darajaga kеltirish, hukumatning boshqaruv vazifalarini kamaytirib, mahalliy 
hokimiyat va o`z-o`zini boshqarish organlari vakolatini oshirishga qaratilishi 
lozim. 
Mualliflik huquqi 
– ilmiy, badiiy va san‗at asarlari, ijro san‗ati 
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilari 
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish 
shakli. 
Mutlaq qashshoqlik
-
daromadning umuman yo‘qligi yoki shaxs (oila)ning 
minimal turmush ehtiyojlarini qondirish uchun zarur daromadining yo‘qligi. 
Mutlaq qashshoqlik ko‘proq daydilar, boshpanasizlar va shu kabilar orasida 
uchraydi. 
Narxsiz raqobat
shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashning asosiy 
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab 
chiqaruvchi firmaning obru-e‗tibori hisoblanadi
.
Narxsiz raqobat usullari ichida 
marketing
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar tizimidan iborat . 
Nisbiy qashshoqlik
yashash minimummidan kam bo‘lgan daromad miqdori 
bilan aniqlanadi. Jahon amaliyotida esa bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha o‘rtacha 
daromadning 40-60 foizidan kam bo‘lgan daromadlarga nisbatan qo‘llaniladi. 
Raqobat 
– bozor sub‗ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat 
bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun 
kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali 
yanada kengroq namoyon bo‘ladi . 
Sof monopoliya 
– tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining 
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakka hukmronlik holati 
hisoblanadi. Masalan, O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida ―O‘zbekiston havo 
yo‘llari‖ DAK, ―O‘zbekiston temir yo‘llari‖DAK, toshkent aviatsiya ishlab 
chiqarish birlashmasi shular jumlasidandir. 


175 
Oligopoliya 
– tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati 
hisoblanadi. Oligopolist–ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda tsement (asosan, 
Bekobod, Kuvasay, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren 
shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (SHargun) va Boysun (To‘la) 
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin