Tabiiy monopoliya – korxonaning texnologik xususiyatlari sababli
mahsulotga bo‘lgan talbni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda
samaradorlik amalga oshiruvchi tovar bozorining holatidir. Bunda ishlab chiqarish
hajmi ko‘payadi, tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik xarajatlari kamayib
boradi.
Legal (qonuniy) monopoliya – bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopo-
listik holatdan iborat. Ular tarkibiga himoya qiluvchi qo‘yidagi monopoliya
shakllarini kiritish mumkin:
Patent tizimi – bu ixtirochi yoki mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi maxsus guvohnomalar –
patentlar orqali amalga oshiriladi.
Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar,
subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar
orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori
foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Masalan, sanoat,
qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida raqobatda qaysi tarmoqda foyda ko‘p
bo‘lsa, kapital shu tarmoqda ko‘chiriladi, keyin esa boshqasiga qaytadi, chunki shu
tarmoq mahsulotlariga talab ko‘payadi. Bu kurash teng kapital uchun teng foyda
olishiga intilishini ta‗minlaydi.
Tovar belgilari – bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari nomi va
haqozo.
Sun„iy monopoliya – monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarining shartli nomi. Sun‗iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest,
konsortsium, kontsern kabi aniq shakllarda namoyon bo‘ladi.
Kartel – bitta sanoat tarmoqdagi bir necha korxonalarning uyushmasi bo‘lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy
egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya‗ni maxsulot
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari,
bozorlarning bo‘lib olinishi va h.q. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.