32
beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko‘tarilishi bilan birga ishsizlik ham
keskin o‘sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli tamoyillari
ham
ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi.
Inqirozlarning asosiy sababi -takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va
nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o‘zlashtirish
o‘rtasidagi nomutanosiblik bo‘lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy
tizimning har xil nushalarida turli shakllarida namoyon bo‘ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste‘mol, talab va taklif o‘rtasidagi vaqti-vaqti bilan
yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga
chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo‘jaligi paydo bo‘lgunga
qadar ishlab chiqarishning
keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg‘oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki
urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan. Yirik
mashinali ishlab chiqarishga o‘tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan
iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab
chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro‘y bersada,
ularni umumiy, o‘xshash tomonlarini nazarda tutib, guruxlarga ajratish mumkin.
1. Xo‘jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko‘ra inqirozlarni
umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo‘lish mumkin.
Umumiy inqirozlar butun milliy xo‘jalikni
qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya‘ni
ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro‘y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin: Pul-kredit
sohasidagi inqiroz - mamlakat pul-kredit tiziminish tang ahvolga tushishi bo‘lib,
bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli kog‘ozlar kursi, bank foizi
tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.Valyuta
inqirozi - bu milliy valyuta obro‘sining tushib ketishi, bankda valyuta zahirasining
tugab, milliy valyuta kursining keskin pasayishi holati hisoblanadi. Birja inqirozi -
birjada
qimmatli
kog‘ozlar
kursining
tezda
tushib
ketishi, ularni
emissiya qilishning
qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlik,
tanglik holati. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini
qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatni vujudga kelishida ifodalanuvchi
inqiroz ekologik inqiroz deyiladi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l
qo‘ymaydi.Tarmoqlar inqirozi - milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab,
ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi
tufayli yuz beruvchi inqiroz.Ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar
rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar
oqibatida kelib chiquvchi
inqirozlar tarkibiy inqirozlar deyiladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar
33
arafasidagi harid qilish, iste‘molchilik tovarlarining faollik sur‘atida, asosan
chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi,
avtomobilь sanoati, qurilish ham qandaydir darajada
mavsumiy tebranishlarga
duchor bo‘ladi.Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya‘ni
uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning
ortishi yoki pasayishiga bog‘liq . Bu yerda shuni ta‘kidlash lozimki, ayrim
mamlakatlarda (masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish
bilan tavsiflansa, boshqalari uchun iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi xos. Iqtisodiy
faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lishiga
qaramasdan ko‘pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarish va bandlik darajasini bevosita
aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiklaydi.
Qishloq xo‘jaligidagi
iqtisodiy inqirozlar
Dostları ilə paylaş: