B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

monopoliyaga qarshi siyosat 
deb ataladi . 
Davlat 
monopoliyaga 
qarshi 
siyosat 
yurgizishda 
avvalo, 
qonun 
tashabbuskorligi va qonun chiqaruvchi huquqlaridan foydalanadi va monopoliya 
qarshi qonunlar ishlab chiqadi. Bu jarayon 
antimonopol qonunchilik
deb ataladi . 
Tarixdan ma‘lumki, antimonopol siyosat yurgizgan birinchi mamlakat AQSH 
hisoblanadi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti rivojlangan bir davrda esa deyarli barcha 
mamlakatlar monopoliyaga qarshi jiddiy kurash olib bormoqda(ba‘zi davlatlar 
bundan mustasno) . 
Monopoliyagaqarshiqonunfirmalardajamiyatuchunxavflibo‘lganmonopolisti
khokimiyatnito‘planishinicheklashgaqaratilgan.Monopolistik hokimiyat yuqorida 
aytganimizdek, monopolistning bozor narxiga ta‘sir qilish kuchini bildiradi.Qaysi 
firma bozor narxiga ko‘proq ta‘sir qila olsa, u ko‘proq monopolistik hokimiyatga 


83 
ega bo‘ladi. Davlatning antimonopol siyosati esa shunga o‘xshash nohush 
holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi . 
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat 
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhititini vududga keltirishda davlat ham 
qatnashadi .Bu esa yuqorida ta‘kidlaganimizdek, davlatning monopoliyalarga 
qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni 
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu 
siyosat erkin raqobat mihitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda 
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi . 
Davlat monopolizmga йarshi siyosat yurgizishida, umuman olganda, 
bozorning "bir maromda" faoliyat ko‘rsatishidagi to‘siqlarni bartaraf etishdan 
jamiyat manfaatdorligining oshirilishi tushuniladi. Davlatning monopolizmga 
qarshi siyosati raqobat munosabatlarini takomillashtirishda g‘oyatda muhim 
vositadir. U, birinchidan ayrim firmalar tomonidan bozorning egallab olinishiga 
qarshi kurashni, ikkinchidan, firmalar o‘rtasidagi bozor mexanizmlari harakatini 
cheklashi mumkin bo‘lgan yashirin kelishuvlarni bartaraf etishni, uchuinchidan, 
zaxiralarning iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga erkin o‘tishi yo‘lidagi 
g‘ovlarni o‘qotishni taqozo etadi. Yetarli bo‘lmagan yoki buzib ko‘rsatilgan 
axborotlar muayyan an'analar, qonunlar, mayda tadbirkorlar uchun kredit yo‘lining 
berkligi va hokazolar ana shunday g‘ovlar jumlasiga kiritilishi mumkin . 
Monopolizmga qarshi siyosat shart qilib qo‘yilgan choralar, ko‘pincha, erkin 
bozor iqtisodiyoti prinsiplariga zid keladi. Lekin, qanday g‘ayritabiiy tuyulmasin, 
ular bozor stixiyasining o‘z- o‘zidan yemirilishidan (monopoliya bozor kuchlari 
harakatining qonuniy natijasi bo‘lgan holda) va bozorni tashqaridan yemiruvchi 
omillar (raqobatning nomukammalligini tabiiy resurslarning cheklanganligi, 
xo‘jalik faoliyati va qonunchilikning xususiyati, hukumat muassasalari, an'analar 
va hokazolarning harakatlari keltirib chiqargan holda)dan himoya qilishga yordam 
beradi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin