80
7.3. Iqtisodiy monopolizm va uning salbiy oqibatlari
Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo‘lganidek, monopoliyaning
ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Monopoliyaning asosiy ijobiy va
salbiy tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Uning
ijobiy tomoni
asosan, quyidagi ikki
jihat orqali namoyon bo'ladi.
Birinchidan
, yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, u
ma'lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib
keladi.
Ikkinchidan
, monopolist bo'lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha
korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko'proq rag'bat va imkoniyat mavjud
bo'ladi. Chunki uncha yirik bo'lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda,
moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ular ishlab chiqarishga
yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko'ra, ko'proq
joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g'oyalar raqiblar
tomonidan juda tez o'zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g'oyalarni
amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha
foydanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo'lib,
innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.
Uchinchidan,
ba‘zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz
ishlashini ta‘minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning
vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta‘minlab beriladi.Raqobat bu sohalar
faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr
energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo‘l va avia
sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta
rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini
kuzatishimiz mumkin .
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jihatlarni ko‘rsatish mumkin:
1.
Dostları ilə paylaş: